154
kvartirasi (qarorgoxi) Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida joylashgan. Uning
boshqaruv organi tarkibiga Yevropa ittifoqiga a’zo bo’lgan barcha davlatlarning
vakillari kiradi. Bank Yevropa ittifoqining boshqa organlaridan butunlay mustaqil.
Kapital tashkil etish shakliga ko’ra markaziy banklar quyidagilarga bo’linadi:
davlat, aksioner, aralash.
Davlat markaziy banklarida kapital davlat hisobidan shakllantirilgan (masalan, bank
tashkil etilgan paytida, Germaniya federal banki kabi, yoki Buyuk Britaniya va
Fransiya Markaziy banki kabi, davlat, mavjud bo’lgan tijorat bankni
milliylashtirganidan keyin).