153
masalasini nazorat qilish muayyan banklar bo’ynida bo’lishni qonunlashtirgan.
Markaziy bank birinchi marta qayerda va qachon paydo bo’lganini aytish qiyin.
Ayrim iqtisodchilar markaziy bankning vazifalarini birinchi bo’lib bajargan
bankning tashkil topgan sanasi deb hisoblaydilar. Bu mezonga Riksbank
(Shvetsiya banki bo’lib, 1668-yilda tashkil etilgan) mos keladi. Angliya banki
1694-yilda tashkil topgan. Fransiya banki esa 1800-yilda.
Markaziy banklar asosan quyidagi to’rtta funksiyani bajaradi:
1.
banknotalar emissiyasi;
2.
pul - kredit munosabatlarini tartibga solish;
3.
banklarning banki;
4.
hukumat banki.
Banknotalarni emissiya qilish
Markaziy bankning eng asosiy va dastlabki
funksiyalaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, muomaladagi pul massasi hajmini
oshirish yoki kamaytirish aynan Markaziy bankning banknotlarni emissiya qilish
funksiyasi bilan bog’liq bo’lib, uning hajmi iqtisodiyotdagi pul massasining hajmi
bilan belgilanadi. Ya’ni, iqtisodiyotdagi pul massasi va tovar massasi o’rtasidagi
o’zaro bog’liklikni ta’minlanishi milliy valyutaning barqarorligi va to’lov
qobiliyatining mustahkamligiga bevosita va bilvosita ta’sir qiladi.