165
paytda esa daromad olish uchun bankka qo’yishadi. Ular buning uchun ssuda
foizlarini oladilar.
2.Kredit muomalalari bankning asosiy muomalasi hisoblanadi. Shuning uchun
ham bankni kredit muassasasi deb ataladi. Bank o’z daromadlarining asosiy
qismini kredit berish evaziga oladi. Ammo xozir iqtisodiyot barqaror
bo’lmaganligi uchun banklar ko’proq daromad keltiradigan va unchalik xavfli
bo’lmagan muomalalar bilan shugullanishni afzal ko’rishadi. (Masalan, valyuta
operatsiyalari)
3.Hisob-kitob muomalalari naqd pul bilan va naqd pulsiz shakllarda amalga
oshiriladi. Mijozlarning topshirig’iga muvofiq bank ularga har xil schotlar
ochishi mumkin va ular orqali oldi-sotdi va to’lov muomalalarini amalga
oshiradi. Hisob- kitoblarda bank vositachi vazifasini bajaradi.
Yuqorida ko’rsatilgan uchta xizmat turini ba’zan traditsion bank operatsiyasi
deb ham atashadi va uchalasini bir vaqtda bajarmagan bankni, bank deb atash
mumkin emas. Chunki uchta xizmat turining birini boshqa kredit muassasalari
ham bajarishi mumkin. Masalan, pochta (pulni o’tkazish mumkin), har qanday
tashkilot bo’sh pul mablag’lari evaziga kredit berishi mumkin, har xil fondlar
omonatlarini olish evaziga foiz to’lash mumkin.
Banklar ko’rsatadigan depozit, kredit va hisob-kitob muomalalaridan tashqari
banklar kassa muomalalarini ham amalga oshiradi. Ammo hozirgi qonunchilik
hujjatlarida bu maxsus ko’rsatib o’tilmaydi.
O’z faoliyatiga mos bo’lmagan yoki noananaviy xizmat turlariga qo’shimcha
operatsiyalarni, ya’ni quyidagi muomalalarni kiritish mumkin: valyuta,
qimmatli qog’ozlar, oltin, qimmatbaho metallar va qo’yilmalar bo’yicha
oshiriladigan
muomalalar.Bank
xizmatlaridan
huquqiy
va
jismoniy
shaxslarning barchasi birday foydalanish huquqiga ega.
Banklar ko’rsatayotgan xizmatlarning to’lanishiga qarab pulli va bepul xizmat
turlariga bo’linadi. Ammo bu bankdagi xizmat turlarining ba’zilari bepul yoki
pulli degan ma’noni bildirmaydi. Bank o’zi ba’zi tomonlarni hisobga olib
hisob-kitob, depozit va kredit operatsiyalarining tarkibidagi ba’zi xizmat
turlariga xaq to’lashni belgilamasligi mumkin.