168
Tijorat banklar faoliyatining asosiy tamoyil
1.Resurslarini tashkil etishda chetdan jalb qilingan resurslarga tayanishi.
2.Mavjud mablag‘lar chegarasida xizmat ko’rsatish. Bu bankning
nafaqat o’z resurs va kredit quyilmalarining mutonosibligi, balki
bankning aktivlari bilan uning jalb qilingan mablag‘lari o’rtasidagi
mutonosibligini ta‘minlashini bildiradi.
3.Bank faoliyatining to’la iqtisodiy mustaqilligi.
4.Banklar faoliyatini tijoratlashuvi. Bu tamoyil banklarni kamroq xarajat qilib
ko’proq foyda bilan faoliyat ko’rsatishga asoslanadi.
5.Mijozlar manfaatini himoyalash. Bank o’zining kapitali, daromadi bilan risk
qilishi mumkin, lekin u mijozning daromadi yoki kapitali bilan risk qilishi mumkin
emas.
6.Banklar faoliyatining universallashuvi va diversifikasiyasi
(lotincha deilersiteatro - o’zgarish, xilma - xillik) banklar
faoliyatini turli tarmoq va sohalarni qamrab olishini bildiradi.
7.O’zaro manfaatdorlik. Bankning va mijozning bir - biriga bo’lgan ishonchi
o’zaro hamkorlikni mustaxkamlaydi. Mijoz bankga nafaqat pul yoki kredit uchun
emas, balki moliyaviy malakaviy yordam, malakali xizmat, maslahat olish uchun
boradi.