179
-
birinchi darajada ta’minlangan;
-
boshqa ta’minotga ega bo’lgan;
-
to’liq ta’minlanmagan;
-
ta’minlanmagan ssudalarga bo’linadi.
Birinchi darajada ta’minlangan kreditlar guruhiga to’liq ta’minlangan kreditlar kiradi.
Ular quyidagilar bilan ta’minlanadi:
-
O’zbekiston Respublikasi hukumati kafolati;
-
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki kafolati;
-
O’zbekiston Markaziy banki roziligi bilan birinchi sinf xorijiy banklari
kafolati;
-
Erkin ayirboshlanadigan valyutadagi garov;
-
O’zbekiston Respublikasi davlat qimmatli qog’ozlari ko’rinishidagi garov;
-
standartlashtirilgan qimmatbaho metallar qo’yilmalari ko’rinishidagi
garov;
Boshqa ta’minotga ega bo’lgan ssudalar guruhiga quyidagilar bilan ta’minlangan
kreditlar kiradi:
-
mol-mulk garovi;
-
qimmatli qog’ozlar ko’rinishidagi garov;
-
boshqa huquqiy va jismoniy shaxslarning kafolat xati va boshqalar kiradi.
Tijorat banklari tomonidan kredit operatsiyalarini to’la-to’kis olib borish ular
tomonidan kredit siyosatining qay darajada tuzilganligiga bog’liq.
Shuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda MDHga kiruvchi davlatlar tijorat
banklarining kredit siyosati mamlakat iqtisodiyotini tezroq rivojlantirishga
yo’naltirilgan. Hozirgi vaqtda bu mustaqil davlatlarning banklari aksariyat hollarda
vositachilik operatsiyalarini o’tkazish uchun ko’proq qisqa muddatli kreditlar
bermoqdalar. Shu bilan birga, kreditni uzoq muddatga investitsiya qilish banklarga va
Jamiyat larga katta foyda berishi mumkin.