180
Nazorat turlari va baholash mezonlari
1. Professional ta’lim muassasalarida oʻquvchilar bilimini baholash va nazorat
qilish: joriy baholash, oraliq va yakuniy nazoratlarni oʻtkazish orqali amalga
oshiriladi.
Joriy baholash
– oʻqituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan
oʻtkazilayotgan mashgʻulotlar davomida oʻquvchilar bilimini nazorat qilishda turli
usullardan (yozma ish, ogʻzaki soʻrov, test, munozaralar, amaliy topshiriqlar,
mustaqil vazifalarni bajarish va b.) foydalanish orqali baholash hisoblanadi.
Oʻquvchilar bilimini joriy baholashda oʻquvchilarning topshiriqlarni bajarishi,
ularning faolligi hamda davomati inobatga olinadi.
Oraliq nazorat
− tegishli fan dasturlarining xususiyatidan kelib chiqib,
dasturning muayyan bir boʻlimi (qismi) tugallangandan keyin semestr davomida
oʻquvchilar bilimini baholash shakli hisoblanadi.
Yakuniy nazorat
− tegishli fan dasturlarida belgilangan oʻquv soatlaridagi
mavzular toʻliq oʻzlashtirib boʻlinganda, oʻquvchilar bilimini savollar, test
variantlari va amaliy topshiriqlar orqali baholash shakli hisoblanadi.
2
. Fanlardan oʻquvchilarning bilimlari quyidagi mezonlar asosida:
➢
oʻquvchi mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi,
mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qoʻllay oladi, fan (mavzu)ning
mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu)
boʻyicha tasavvurga ega deb topilganda –
5 ball
;
➢
oʻquvchi mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qoʻllay
oladi, fan (mavzu)ning mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi
hamda fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega deb topilganda