• Standart kreditlar
  • Substandart kreditlar
  • Shubhali kreditlar
  • O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar




    Download 4,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet146/153
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,02 Mb.
    #252922
    1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   153
    Bog'liq
    Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

    Standart kreditlar
    . Bunday kreditlar bo’yicha vaqti-vaqti bilan kreditni o’z 
    vaqtida qaytara olmaslik sharoiti yuzaga keladi. Lekin kreditni belgilangan 
    muddatda to’lay olmaganda to’lov muddati bir marta uzaytirilishi va kredit bo’yicha 
    foizlarni to’lay olmaslik davri 30 kundan 60 kungacha, to’liq ta’minlanmagan 
    kreditlar uchun 30 kundan oshmasligi lozim. Olgan krediti standart kredit deb 
    topilgan mijozlarning moliyaviy ahvoli, odatda, barqa-ror bo’ladi, lekin sabablar 
    tufayli uning faoliyatida salbiy moliyaviy xolat yuzaga kelgan bo’lishi mumkin. 
    Bunday kreditlar qatoriga Yaxshi rasmiylashtirilmagan kreditlar, garov, 
    ta’minlanganligi bo’yicha to’g’ri hujjatlashtirilmagan yoki hujjatlar yetarli 
    bo’lmagan kreditlar ham kirishi mumkin. Bu kreditlar bo’yicha 10 foiz miqdorida 
    zaxira tashkil qilinishi zarur. 
    Substandart kreditlar
    . Bu guruhga kiruvchi kreditlar ularning sifati yetarli 
    darajada emasligini bildiruvchi aniq belgilarga ega bo’ladi. Bu, asosan, kreditlarning 
    bankka qaytib to’lanishida ma’luì kamchiliklar mavjudligini va qarzni to’lash 
    uchun qo’shimcha manbalarni topish zarurligini ko’rsatadi. Substandart kreditlar 
    qarz oluvchining ishonchli moliyaviy ahvoli va to’lov qobiliyatining yuqori darajasi 
    bilan himoyalanmagan. Bu kredit kreditning ta’minlanganligini tashkil qiluvchi 
    manbalar ma’lum tavakkalchiliklar bilan bog’liqligini, kreditning joriy holati 
    bo’yicha yetarli axborotning mavjud emasligi, garov hujjatlarida ma’lum 
    kamchiliklar mavjudligi bilan xarakterlanadi. Bu kredit bo’yicha 60 kundan 90 
    kungacha to’lanmagan qarzlar mavjud bo’lishi mumkin. Bu kreditlar moliyaviy 
    ahvoli barqaror bo’lmagan, korxonaning to’lovga layoqatliligida kamchiliklar 
    bo’lgan hollarda yuzaga keladi. Substandart kreditlar bo’yicha to’lanmagan 
    qarzlarni qoplash uchun 25 foiz miqdorida zaxira tashkil qilinadi. 
    Shubhali kreditlar
    . Bu kreditlarga yuqorida keltirilgan guruhlardagi kreditlarning 
    barcha salbiy tomonlarini o’zida ifoda qilgan, to’liq ta’minlanmagan, to’lanish 
    ehtimoli kam bo’lgan kreditlar kiradi. Bu kreditlar bo’yicha olingan kredit yaxshi 
    ta’minlangan bo’lganida asosiy qarz bo’yicha foizlarni to’lash muddati 120 kundan 
    ortiq muddatga kechiktirilgan bo’lsa, zarar ko’rish imkoniyati yuqori, biroq ushbu 
    kreditlarning sifatiga ijobiy ta’sir ko’rsatish mumkin bo’lgan omillar mavjudligi 
    sababli ularni yo’qotilgan, deb tasniflanishi vaqtincha to’xtatiladi. Bu guruhga 
    kiruvchi kreditlar bo’yicha 50 foizgacha zaxira tashkil qilinishi lozim. 

    Download 4,02 Mb.
    1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   153




    Download 4,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar

    Download 4,02 Mb.
    Pdf ko'rish