105
kutilsa aksincha ushbu valyutadagi to’lovlarni amalga oshirishni kechiktirilishi
kuzatiladi.
Jahon bozoridagi bunday taktika “lidz end legz”nomini olgan va u mamlakat
to’lov balansi hamda valyuta kursiga ta’sir etadi.
Jahon va ichki bozorlarda mamlakat milliy valyutasiga ishonch darajasi. Ushbu
ishonch mamlakat iqtisodiyotining ahvoli va siyosiy holat hamda yuqorida ko’rib
chiqilgan valyuta kursiga ta’sir eta oladigan omillar bilan belgilanadi. Shu bilan
birgalikda dilerlar iqtisodiy o’sish va inflyatsiyaning mazkur sur’atlaridan, valyutani
sotib olish qobiliyatining o’sishidan, talab hamda taklifning o’zaro nisbatidan
tashqari ularning dinamikasi istiqbolini ham hisobga oladilar.
Ba’zida, mamlakatning savdo va to’lov balanslari holati yoki saylovlar natijalari
to’g’risidagi ma’lumotlarni matbuotda chop etilishini kutish talab hamda taklifning
o’zaro nisbatiga va valyuta kursiga o’z ta’sirini o’tkazadi. Ayrim holatlarda valyuta
bozorida imtiyozli yo’nalishlar vazirlar iste’fosi haqidagi mish-mishlar singari va
boshqa shu kabi siyosiy Yangiliklar foydasiga o’zgaradi.
Agarda mamlakatning iqtisodiy holati jahonda yuqori baholanayotgan bo’lsa,
unda uning valyutasi kuchli hisoblanadi va iqtisodiy jihatdan kuchsizroq hisoblangan
davlat valyutasiga nisbatan yuqoriroq bahoda sotilishi mumkin.