5-ilova
Hamkorlikda o’qiyotganlar uchun asosiy qoidalar:
➢ topshiriqni birgalikda oddiy bajarish emas, balki birgalikda
o’qish;
➢ musobaqalashish emas, balki hamkorlashish;
➢ birgalikda ishlashga o’rganish, o’qish va ijod;
➢ har doim bir-biriga yordam qilishga, muvaffaqiyat quvonchi yoki
muvaffaqiyatsizlik achchig’ini birga tortishga tayyor bo’lish
Mavzu: Web forumlar. Web – dasturlashning dasturiy ta’minoti.
Reja:
1.Web forumlar.
2. Web – dasturlashning dasturiy ta’minoti
Kalit so‘zlar: Web-sahifa, Web-sayt, Web-server, HTML, XML, XHTML, WML,
klient-server texnologiyasi.Ishdan maqsad: Web-ilovalarni yaratish fani bo‘yicha
ishlash jarayonida talabalarda bilim, ishlash ko‘nikmasi va malakalarini
shakllantirish va bu jarayonni amalga oshirishda talabalarga ma’lumot berishni
tashkil qilish.
KIRISH.Bugungi kunda Internetning ommaviyligi haqida gapirish o‘rinsiz.
Internet hayotimizning bir bo‘lagiga aylandi, biz uning xizmatlaridan har kuni
foydalanishga odatlandik. Hozirda ixtiyoriy inson Web-texnologiyalarning inson
hayotining talim, kommersiya, siyosat, ko‘ngil ochar, … bo‘laklariga kirib
borganligini tasavvur eta oladi va uning guvohi va foydalanuvchisiga aylanmoqda.
Internet turli xil insonlarni yagona maqsad bilan birlashishiga sabab bo‘lmoqda.
Hamma Internet tarmog‘idan biror turdagi axborot olishga harakat qiladi. SHunday
vaqtlar keladiki, hujjatni Internetda chop etish malakasi yozuv mashinasidan
foydalanish kabi har bir, hatto o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan insonning qo‘lidan
keladi. Mazkur qo‘llanma Web-hujjatlarni yaratish, ularni Internetda chop etish,
Web-hujjatni ko‘rkamlashtirish, qiziqarli va o‘ziga tortuvchi qilib yaratish, vaqti
kelsa
ma’lumotlarmi
yangilash
kabi
vazifalarni
o‘rgatishga
mo‘ljallangan.Dastlabki Web-sahifalar juda sodda tuzilishga ega bo‘lib, ular
matnni formatlash va giperko‘rsatkichlardan tarkib topgan edi. Web texnologiyalar
rivojlanishi natijasida Web sahifalar tarkibida Plug-in dasturlar 1-ma’ruza. Web
ilovalarni yaratish faniga kirish. 4 joylashtirila boshlandi, natijada Web sahifalarga
inter faol xususiyati berildi. Web texnologiyalarning rivojlanishining oxirgi
natijalaridan biri bu ckript tillaridir (Script Languages). Ularni ishlatishdan maqsad
Web serverining ishini engillashtirish, xar-xil ishlar uchun Web serverini bezovta
qilmasdan, bunday masalalarni foydalanuvchi kompyuterining o‘zida yaratishdir.
Web texnologiyasining oxirgi erishgan yutuqlaridan biri dinamik Web sahifalardir.
Dinamik Web sahifalar SGI dasturlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, SGI dasturlar
serverda joylashgan va server imkoniyatlarini ishlatuvchi dasturlardir. Ular
serverga kelgan so‘rovlarni qayta ishlaydi va qayta ishlash natijasida yangi Web
sahifa hosil bo‘ladi. Web sahifa Internet tarmoqlarida joylashgan fayllar to‘plami
bo‘lib, ularni soni soat sayin ko‘payib bormoqda. Bu fayllarda ma’lumotlarni turli
xillarini: matn, grafik, tasvir, video, audio ma’lumotlarni uchratish mumkin.
Bugungi kunda Web Internet resurslari ichida eng ommaviysi hisoblanadi.
CHunki, avvaldan tayyorlangan Web sahifa orqali tegishli ma’lumotlarni to‘ldirish
foydalanuvchining qanchadan-qancha vaqtini tejash imkonini beradi. SHu bois
matematika va informatika yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarga Web
texnologiyalarni alohida kurs sifatida o‘qitila boshlandi. Ushbu qo‘llanma
kamchiliklardan xoli emas. Bundan tashqari turli o‘quv muassasalarida o‘quv
ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish bo‘yicha turli xil tajribalar to‘plangan. Biz
quyida Web-tehnologiyaning asosiy tushunchalari bilan tanishib chiqamiz. 1. Web-
sahifa,
Web-sayt,
Web-server
Web-texnologiyani
(Internet-texnologiya)
o‘rganishni Web-dizaynning quyidagi uchta tushunchasini o‘rganishdan
boshlaymiz: 1. Web-sahifa; 2. Web-sayt; 3. Web-server. Texnologiya grek tilidan
(techne) tarjima qilganda san’at, maxorat, bilish ma’nolarini anglatadi, bular esa
o‘z navbatida jarayonlardir. Jarayonlar - bu qo‘yilgan maqsadga erishish uchun
ma’lum xarakatlar majmuasidir. Web-sahifa - o‘zining unikal adresiga ega bo‘lgan
va maxsus ko‘rish dasturi yordamida (brauzer) ko‘riluvchi hujjatdir. Unga matn,
grafika, ovoz, video yoki animatsiya ma’lumotlar birlashmasi - multimediyali
hujjatlar, boshqa hujjatlarga gipermurojaatlar kirishi mumkin. Web-sayt - bir
qancha Web-sahifalarning mantiqiy birlashmasi. 5 Web-server - tarmoqqa ulangan
kompyuter yoki undagi dastur hisoblanib, umumiy resurslarni klientga taqdim etish
yoki ularni boshqarish vazifalarini bajaradi. Internet tarmog‘ini foydalanuvchilarga
tarmoq resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatini beradigan Web- serverlarsiz
tasavvur etib bo‘lmaydi. Bunday serverlarda Internetda taqdim etilgan axborotning
katta qismi jamlangan. Web-serverlar ma’lumotlar bazalari va multimediyali
ma’lumotlarni bir biriga moslashtiradi. Web-serverda Web-sahifa va Web-saytlar
saqlanadi. Web-serverda mijoz kompyuteri tizimini tashkil qilishning umumiy
tamoyillari nuqtai nazaridan mijoz-server tehnologiyalari ishlatiladi. Hozirgi kunda
oddiy Web-serverni yaratish tehnologiyasini ancha oddiy vazifa deb hisoblasa
bo‘ladi. Asosiy qiyinchilik server sahifasini badiiy bezashdan iborat. 2. Internet
tehnologiyasi haqida Internet tarmog‘ining ishlash prinsIPi TSP/IP (Transmission
Control Protocol/Internet Protocol - ma’lumotlarni uzatish qaydnomasi/ Internet
qaydnomasi) kompyuter tarmog‘ida ma’lumotlarni uzatish qaydnomalari
majmuining nomidir. TSP/IP jumlasi o‘z ichiga Transmission Control
Protocol(TSP) va Internet Protocol(IP) qaydnomalar nomlarini birlashtirib olgan
qaydnoma bo‘lib, u shunday qoidalar majmuiki, TSP/IP barcha kompyuter ishlab
chiqaruvchi kompaniyalarning moslamaviy va dasturiy ta’minot xamkorligini
ta’minlaydi. Bu qoida jumladan, TSP/IP paketi bilan ishlovchi Digital Equipment
firmasi kompyuterlaridan PC kompyuterlariga murojat qilishni kafolatlaydi.
TSP/IP ochiq qaydnoma, bu shuni bildiradiki, qaydnoma xaqidagi barcha
ma’lumotlar chop etilgan va undan barcha ochiq foydalanadi. Ko‘pchilik
foydalanuvchilar TSP/IP ni bitta dastur deb o‘ylashadi. Aksincha, u tarmoqning bir
vaqtning o‘zida ma’lumot uzatish uchun ishlab chiqilgan, o‘zaro bog‘langan
qaydnomalarning butun bir dasturlar oilasidir. TSP/IP tarmoqning dasturlar qismi
bo‘lib, u TSP/IP oilasidagi xar bitta qism ma’lum bir aniq maqsadga qaratilgan:
elektron pochtalarini yuborish, sistemaga olis 6 masofalardan kirishni ta’minlash,
fayllarni manzillarga jo‘natish, xabarlarga yo‘l ko‘rsatish yoki tarmoqlardagi
buzilishlarni talqin qilish. TSP/IP Internet global tarmog‘ida keng foydalanuvchi
qaydnomalardir. U xam yirik korporativ tarmoqlarda, shuningdek, kompyuterlar
soni oz bo‘lgan lokal tarmoqlarda xam qo‘llaniladi. TSP (Transmission Control
Protocol). Qabul qiluvchi va uzatuvchi kompyuterlarning mantiqiy bog‘lanishga
asoslangan ma’lumotlar uzatishini qo‘llab - quvvatlovchi qaydnoma. IP (Internet
Protocol)- Ma’lumotlar uzatishni ta’minlaydi Internetning paydo bo‘lishi tarixi 60-
yillarning oxirida Amerika hukumati tomonidan asos solingan ARPANet
(Advanced Research Projects Agency tashkiloti) hisoblash tarmog‘iga borib
taqaladi. Tarmoq harbiy tashkilotlarga xizmat qilgan. 1980 yillar boshlarida
ma’lumotlarni uzatishni boshqarish protokoli TSP/IP (Transmission Control
Protocol/ Internet Protocol) ga asos solindi. Taxminan shu vaqtda ma’lum bo‘ldiki,
TSP/IP dan turli milliy va xalqaro darajadagi kompyuter tarmoqlarini bog‘lashda
foydalanish mumkin. 1989 yilning oxirida ARPANet mukammal holga etib keldi,
lekin bu vaqtga kelib ko‘pgina univetsitetlar va ilmiy muassasalar Internetga
ulangan edilar. 1990 yillar boshlarida korporatsiyalar ham Internetdan elektron
pochta orqali ma’lumotlar almashishda aktiv ishtirok etardilar. U vaqtlarda Milliy
Ilmiy fond tijorat maqsadida Internetdan foydalanishni ta’qiqlagan edi. 1991 yilda
bu cheklash bekor qilinadi va Internetdan tashkilot, muassasa, nohukumat
tashkilotlarining foydalanish darajasi ortdi, shuningdek, tijorat maqsadida
Internetdan keng foydalanila boshlandi (Internet magazinlar, Internet reklamalar va
h.k.). 1993 yilda birinchi Web-brauzer Mosaic paydo bo‘ldi. Biz Internet
tarmog‘idagi Web-sahifalarni ko‘rishimiz uchun WWW (World Wide Web) deb
ataluvchi servisdan foydalanamiz. World Wide Web (WWW, Butun dunyo
o‘rgimchak to‘ri) - bu klient-server texnologiyasi asosida tashkil etilgan, keng
tarqalgan Internet xizmatidir. WWW (World Wide Web) - bu qanaqadir
Internetdan ajratilgan ma’lum bir joy emas, kompyuter aloqa o‘rnatadigan biror
nima ham emas. Butunjahon o‘rgimchak to‘rini Internet doirasidagi xizmat deyish
to‘g‘riroq. Web-serverlar deb ataluvchi ma’lum protokollardan, kompyuterlardan
foydalanish orqali (chunki ular tarmoqqa ulangan va server dasturiy ta’minotiga
ega) Internet xizmati yo‘lga qo‘yiladi. 7 Kompyuter Web-server bo‘lishi uchun
Internetga ulangan va server dasturiy ta’minoti (DT) ga ega bo‘lishi etarli. Bu DT
bilan Windows, Mac OS, UNIX kabi operatsion sistemalar ta’minlay oladi. Web-
server har doim Internetda “o‘tiradi” va talab qilingan tomonga kerakli
informatsiyani jo‘natadi. Webda hujjatlar bilan ishlash mumkin. Quyida ulardan
ba’zi birlari bilan tanishib chiqamiz.
|