22.Mavzu: Buхgаltеriya hisоbi
Reja:
1.Hisоb turlаri vа undа qo‘llаnilаdigаn o‘lchоv birliklаri.
2.Оpеrаtiv hisоb, stаtistik hisоb, buхgаltеriya hisоbi.
3.Mоddiy, mеhnаt vа qiymаt o‘lchоv birliklаri.
4. Buхgаltеriya hisоbining mоhiyati vа аhаmiyati.
5.Buxgalteriya hisobotining turlari va ularning mazmuni
Hisob turlari va unda qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari. Amalga
oshirilayotgan xo‘jalik jarayonlarini kuzatish, ularni tartibga solish, o‘rganish va
umumlashtirish maqsadida operativ, statistik, buxgateriya hisobi turlaridan
foydalaniladi. Hisob turining qiysi biridan foydalanish tartibi kuzatish oldinga
qo‘yiladigan maqsad bilan olib boriladi. Хo‘jalik uchyotining turlarini quyidagi
sxemada ko‘rishimiz mumkun.
Operativ hisob: Bu hisob yordamida amalga oshiriladigan muomalalarni
ma’lum bir belgilangan vaqt davomida kuzatish ishlari amalga oshiriladi. Bu
hisobni o‘ziga xos xususiyati shundaki, birinchidan uni o‘tkazish muddati korxona
rahbari tomonidan belgilanishi mumkun. Ikkinchidan mu’lumotlarni bevosita aloqa
vositalari yordamida olish, uchinchidan ularni rasmiylashtirishda tasdiqlangan
hujjatlar tizimidan foydalanmaslik mumkun. Bundan tashqari operativ hisob
ma’lumotlariga asoslanib balans tuzish imkoniyati yo‘q. Operativ hisob
ma’lumotlardan ko‘proq boshqarish bo‘g‘inida, ishlab chiqarishni tashkil qilishda,
reja topshiriqlarini bir me’yorda bajarilishini nazorat qilishda foydalaniladi.
Operativ hisob ma’lumotlarining yana bir xususiyati shundaki, ular tegishli hisobot
shakllarida ifoda qilinmaydi, boshqa hisob ishlariga asos qilib olinmaydi. Operativ
hisobni boshqa hisob turlaridan farqi shundaki, maxsus tanlab olingan va
maqsadga yo‘naltirilgan xo‘jalik muomalalarini boshqarishda, holatini o‘rganishda
ishlatiladi.