Buxgalteriya hisobotining mohiyati va ahamiyati




Download 13,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/195
Sana04.12.2023
Hajmi13,3 Mb.
#110935
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   195
Bog'liq
Biznes asoslari fanidan OMT F. Xakkulova[1]

Buxgalteriya hisobotining mohiyati va ahamiyati. Buxgalteriya hisobida 
xo‘jalik faoliyati natijasida sodir bo‘layotgan barcha operatsiyalar hujjatlar asosida 
qayd qilinib boriladi. Xo‘jalikda operativ rahbarlik va mablag‘lar harakatini 
nazorat qilish uchun shu ma'lumotlardan foydalaniladi. Lekin tuman, viloyat va 
respublikamiz taraqqiyotini belgilash uchun har bir xo‘jalikning joriy hisob 
ma'lumotlari hali yetarli emas. Chunki har bir xo‘jalik buxgalteriya hisobi 
ma'lumotlari, faqat shu xo‘jalik mulki bo‘lgan mablag‘lar holati va ularning 
manbalarini ifodalaydi. Misol “asosiy vositalar” schyoti shu xo‘jalikda qancha 
so‘mga qanday turdagi asosiy vositalar borligini, ularning operatsiyalari natijasida 
qanday o‘zgarganligini, “Materiallar” schyoti esa shu xo‘jalikda qancha so‘mlik va 
qanday turdagi, qancha xom-ashyo materiallar borligini va ularning harakatini 
bildiradi. Xo‘jalikka yaxshi rahbarlik qilish uchun, bu yil xom-ashyo 
materiallarimiz zahirasi o‘tgan yildagidan ko‘pmi yoki kammi, shuningdek ishlab 
chqarish xarajatlari va uning oy, yilda qancha va o‘tgan oy, yilda qancha edi, 
ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘paydimi, qaysi turlari ko‘paydi, tayyor 
mahsulotlar qanday sotilayapti, ulardan qaysi turlarini ishlab chqarish foydaliroq 
va hokazolar. Bu savollarga biror hudud bo‘yicha javob olish uchun buxgalteriya 
hisobotlarini umumlashtirish zarur. Chunki shu kabi savollarga o‘xshash xalq 
xo‘jaligiga rahbarlik qilish uchun kerakli bo‘ladigan ko‘pgina ma'lumotlarni 
beradi. Korxona rahbarlari hisobot ma’lumotlari asosida faoliyat natijalarini, 
mablag‘larning joylanishi, debitor qarzlarning o‘zgarishini va shu kabi 
ko‘rsatkichlarni o‘rganadi. Korxona xodimlari uchun mehnat haqi va iqtisodiy 
ragbatlantirishni yaxshilash uchun daromadlilik holati va uning o‘zgarishi 
qiziqarli. Mol yetkazib beruvchilar, kreditorlar, banklar buxgalteriya hisobotlari 
ma'lumotlari asosida korxonaning to‘lovga layoqatliligini, moliyaviy barqaror 
rivojlanayotganligini tahlil qiladi. Shuning uchun ham buxgalteriya hisoboti 
ma'lumotlari , real voqeani (summani) aks ettirishi, daromad va xarajatlar hisobot 
davriga mos bo‘lishi, hisobot ma'lumotlari o‘zaro taqqoslama bo‘lishi, hamda o‘z 
muddatida tuzilgan bo‘lishi lozim. Hisobot ma’lumotlarining haqqoniyligini 
ta’minlash maqsadida yillik hisobot tuzishgacha korxona mablag‘lari va ularni 
tashkil etuvchi manbalarning asosiy qismi inventarizatsiyadan o‘tkaziladi. Asosiy 
vositalar va nomoddiy aktivlar buxgalteriya balansida eskirish summalari ayrilib, 
qoldiq baholarida aks ettiriladi. Tovar moddiy boyliklar esa haqiqiy tannarxda aks 
ettiriladi. Buxgalteriya hisobotini tuzish tartibi, uning tarkibi.hisobot shakllarining 
mazmuni, hisobotni taqdim etish masalalari BXMS-1 “Hisob yuritish siyosati va 
moliyaviy hisobot”da ko‘rsatilgan. Korxonalar buxgalteriya hisobotlarining 
hisobot davrlari bo‘lib joriy yil, ya'ni kalendar yil 1-yanvaridan 31-dekabrgacha 
hisoblanadi. Shunday qilib buxgalteriya hisobotlari xo‘jalik yurituvchi 
sub'yekglarning mulkiy va moliyaviy holatini hamda faoliyat natijalari 
to‘q’risidagi ma'lumotlarni muddatga umumlashtirish usulidir. Buxgalteriya 
hisobotlarining namunaviy shakllarini Respublika Moliya Vazirligi tasdiqlaydi va 
ularni tuzish bo‘yicha yuriqnomalar qabul qiladi. Boshqa vazirliklar, uyushmalar, 


muassasalar, quyi tashkilot, korxonalar uchun o‘ziga xos hisobot shakllarini, 
moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, qabul qilishlari mumkin. Hisobot 
buxgalteriyaning sintetik va analitik hisob ma'lumotlari asosida tuzilib,unga 
qo‘shib yozish, ongli ravishda ma'lumotlarni buzib ko‘rsatganlik uchun, xo‘jalik 
rahbarlari va bosh buxgalterlar javob beradilar. Buxgalteriya hisobotlari o‘z 
vaqtida tuzilib, tegishli organlarga topshirilishi zarur. Yuqori tashkilotlar o‘zlariga 
qarashli korxona. xo‘jaliklar hisobotlari asosida yig‘ma (jamlama) hisobot 
tuzadilar.

Download 13,3 Mb.
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   195




Download 13,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxgalteriya hisobotining mohiyati va ahamiyati

Download 13,3 Mb.
Pdf ko'rish