1.Mavzu: Kirish .Zаmоnаviy tаdbirkоrlik fаоliyatining mаzmun vа
mоhiyati.
Reja:
1.Tаdbirkоrlik vа biznеs tushunchаlаri mаzmuni.
2.Iqtisоdiy tаrаqqiyot vа fаrоvоnlikni tа’minlаshdа tаdbirkоrlik fаоliyatining rоli.
3.Tаdbirkоrlik vа biznеsning аsоsiy bеlgilаri.
4. Tаdbirkоrlik vа biznеsni аmаlgа оshirish shаrtlаri.
Tadbirkorlikning mazmuni va ahamiyati. Tadbirkorlik deganda kishilarning
foyda olish maqsadida tavakkalchilik asosida o‘z mablag‘lari, mulki, bilimi va
imkoniyatlarini ishga solib, tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati
tushuniladi.
Tadbirkor ishlab chiqarishning boshqa asosiy omillari – yer (tabiiy
resurslar), kapital (ishlab chiqarish vositalari) va mehnat resurslarini o‘zaro
biriktirib, ularning bir-biriga muvofiq harakatini ta’minlab, yangi mahsulotlarni
ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradi.
Tadbirkor – tadbirkorlik layoqatiga, ya’ni qandaydir turdagi tovar ishlab
chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonini tashkil eta olish borasida bilim,
ko‘nikma va tajribaga ega shaxs.
Tadbirkor bo‘lishni istagan shaxslar o‘zilarida tadbirkorlikning asosiy
jihatlarini shakllantirislari zarur bo‘ladi.Ular quyidagilar: