• 3. Mas’uliyat
  • Tadbirkorlikning ahamiyati
  • O‘qitish materiallari to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallari to‘plami




    Download 13,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet95/195
    Sana04.12.2023
    Hajmi13,3 Mb.
    #110935
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   195
    Bog'liq
    Biznes asoslari fanidan OMT F. Xakkulova[1]

    1. Tashabbuskorlik. Aynan tadbirkor o‘z g‘oyasini amalga oshirib, foyda 
    olish maqsadida iqtisodiy resurslarni o‘zaro biriktirish orqali yangi mahsulot va 
    xizmatlar yaratish tashabbusini ilgari suradi.
    2. 
    Tavakkalchilik
    Tadbirkor 
    o‘z faoliyatini qanchalik puxta 
    rejalashtirishidan 
    qat’iy nazar, uning muvaffaqiyatli amalga oshishi 
    kafolatlanmagan. Faoliyat davomida uning natijasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi 
    juda ko‘p xavf-xatar (risk)lar paydo bo‘lishi mumkin.
    Tadbirkor – bu turli xavf - xatar, muammo va to‘siqlardan cho‘chimasdan, o‘z 
    maqsadiga erishishda tavakkalchilikka bora oluvchi shaxs hisoblanadi. 
    3. Mas’uliyat. Tadbirkorning tashabbusi va tavakkalchiligi ortida uning 
    mas’uliyati, ya’ni o‘zining hatti-harakati uchun mol-mulki va resurslari bilan 
    javobgar bo‘lishga tayyorligi turadi.
    4. Yangilikka intilish. Tadbirkorlikning mazmunida yangilikka intilish
    ya’ni o‘z faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishda yanada yuqori natijalarga 
    erishish uchun muayyan yangilik va o‘zgarishlar kiritib borish muhim o‘rin tutadi.
    Tadbirkorlikning ahamiyati. Siz o‘z oila a’zolaringiz turmush sharoitining 
    yuqori darajada bo‘lishini xohlaysizmi? 
    Bu sharoit va imkoniyatlarning aksariyat qismi tadbirkorlik faoliyati orqali 
    yaratilishini hech o‘ylab ko‘rganmisiz? 
    Tadbirkorlik har bir insonni muayyan daromad bilan ta’minlab, uning o‘z 
    ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, turmush darajasini oshirishga imkon yaratadi. Agar 
    jamiyatda tadbirkor insonlar ko‘p bo‘lsa, unda tinchlik va osoyishtalik, 
    barqarorlikka intilish shunchalik kuchli bo‘ladi. Tadbirkorlik yaxshi rivojlangan 
    jamiyatda yaratuvchanlik, ilm-ma’rifat va saxovat yetakchi o‘rin tutadi. 


    Tadbirkorlik o‘z faoliyatidan to‘lanadigan soliq va ajratmalar orqali davlat byudjeti 
    daromadlarini ham ta’minlaydi. Byudjet mablag‘lari qanchalik ko‘p bo‘lsa, jamiyat 
    a’zolariga xizmat qiluvchi shart-sharoitlar (uy-joylar, yo‘llar, tibbiyot 
    muassasalari, o‘quv maskanlari va boshqalar)ni yanada yaxshilash imkoni paydo 
    bo‘ladi. Demak, tadbirkorlikning ahamiyati uning har bir shaxs, jamiyat va 
    davlatning imkoniyatlarini kengaytirishi orqali namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra, 
    mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati davlat tomonidan muhofaza qilinadi va 
    qo‘llab-quvvatlanadi. 
    Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni xohlagan barcha fuqarolar 
    tadbirkor bo‘lishi mumkin. Biroq buning uchun fuqaro muomala layoqatiga ega 
    bo‘lishi, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan bo‘lishi lozim.

    Download 13,3 Mb.
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   195




    Download 13,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘qitish materiallari to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallari to‘plami

    Download 13,3 Mb.
    Pdf ko'rish