• Tadbirkorlik shakllari.
  • Kichik tadbirkorlik sub’yektlari
  • Kichik tadbirkorlik sub’yektlarini ajratishda
  • O‘qitish materiallari to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallari to‘plami




    Download 13,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet103/195
    Sana04.12.2023
    Hajmi13,3 Mb.
    #110935
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   195
    Bog'liq
    Biznes asoslari fanidan OMT F. Xakkulova[1]

    Mas’uliyati 
    cheklangan 
    jamiyatning 
    kamchiliklari. 
    Mas’uliyati 
    cheklangan jamiyat ishtirokchilari sonining qonunan cheklab qo‘yilishi uning ustav 
    fondini yangi a’zolar hisobiga kengaytirishga to‘sqinlik qiladi. Mas’uliyati 
    cheklangan jamiyat ishtirokchilari o‘z ulushini erkin sota olmaydi yoki 
    boshqalarga taqdim eta olmaydi. Natijada jamiyat tarkibidan chiqishda ulushning 
    bir qismini yo‘qotishga to‘g‘ri keladi. Bu esa ularning qiziqishlariga salbiy ta’sir 
    ko‘rsatishi mumkin. Muhim boshqaruv qarorlarini qabul qilishda barcha 
    ishtirokchilarning roziligini olish sharti mazkur jarayonning cho‘zilib ketishiga 
    olib kelishi mumkin. Shuningdek, bu boradagi fikrlarning mos kelmasligi noto‘g‘ri 
    qarorlar qabul qilinishi riskini vujudga keltiradi. 


    Tadbirkorlik shakllari. Tadbirkorlik turlari bilan bir qatorda, tadbirkorlik 
    shakllarini ham to‘g‘ri tanlash muhim hisoblanadi. Tadbirkorlik shakli – faoliyat 
    yuzasidan hamkorlar, boshqa tadbirkorlar va davlat idoralari bilan munosabati 
    jihatidan farqlanuvchi belgilar tizimidir. Tadbirkorlikning muayyan shakli 
    bozorning holati va tadbirkor ixtiyorida kapitalning mavjudligi orqali belgilanadi. 
    Tadbirkorlikning asosiy shakl-lariga yakka tartibdagi tadbirkorlik, jamoa 
    tadbirkorligi, korporativ tadbirkorlik kiradi. Tadbirkorlik har bir shaklining o‘ziga 
    xos xususiyatlarini keyingi mavzularda ko‘rib chiqamiz. 
    Kichik tadbirkorlik sub’yektlari. Jahon amaliyotida o‘zining faoliyat ko‘lami 
    bo‘yicha xo‘jalik yuritish imkoniyatlari cheklangan tadbirkorlik sub’yektlarini 
    ajratib olish tajribasi mavjud. Chunki ushbu tadbirkorlik sub’yektlari davlat 
    tomonidan qo‘llab quvvatlanmasa, zarur shart-sharoitlar yaratib berilmasa, ular 
    boshqa yirik korxonalar oldida raqobatdoshligini yo‘qotib, o‘z faoliyatini 
    to‘xtatishga majbur bo‘ladi. Ular kichik tadbirkorlik yoki kichik biznes 
    sub’yektlari deb yuritiladi. Kichik tadbirkorlik sub’yektlarini ajratishda 

    Download 13,3 Mb.
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   195




    Download 13,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘qitish materiallari to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallari to‘plami

    Download 13,3 Mb.
    Pdf ko'rish