• Kichik korxona.
  • Xususiy korxona.
  • dunyoda keng qo‘llaniladigan mezonlar qatoriga quyidagilarni kiritish




    Download 13,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet104/195
    Sana04.12.2023
    Hajmi13,3 Mb.
    #110935
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   195
    Bog'liq
    Biznes asoslari fanidan OMT F. Xakkulova[1]

    dunyoda keng qo‘llaniladigan mezonlar qatoriga quyidagilarni kiritish 
    mumkin:
    – ishlovchilarning o‘rtacha yillik soni; 
    – asosiy va aylanma mablag‘lar hajmi;
    – foyda (daromad) hajmi;
    – mahsulot sotishdan yalpi tushum va boshqalar.
    O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik sub’yektlari faoliyat turi va ushbu sohada 
    ishlovchilar soniga qarab belgilanadi.
    Mikrofirma. O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik sub’yektlarining bir 
    ko‘rinishini mikrofirmalar tashkil etadi. Mikrofirmadagi ishlovchilarning o‘rtacha 
    yillik soni quyidagi chegaradan oshmasligi lozim. • 
    Ishlab chiqarish sohasida 20 nafar; •
    Xizmat ko‘rsatish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida 5 nafar; •
    Ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 10 nafar.
    Bundan ko‘rinadiki, agar siz kitob do‘koni ochsangiz va unda 3 nafar sotuvchi 
    ishlasa, u holda sizning korxonangiz mikrofirma deb yuritiladi.
    Kichik korxona. Ishlovchilar soni jihatidan mikrofirmadan kattaroq 
    bo‘lgan kichik tadbirkorlik sub’yekti kichik korxonadir.
    Kichik korxonadagi ishlovchilarning o‘rtacha yillik soni quyidagi chegaraga qadar 
    bo‘lishi belgilangan: 
    • Yengil, oziq-ovqat hamda qurilish materiallari sanoatida 200 kishigacha; •
    Metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik hamda mebel 
    sanoatida 100 kishigacha;
    • Mashinasozlik, metallurgiya, yonilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq 
    xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, qurilish va boshqa ishlab 
    chiqarish sohalarida 50 kishigacha;
    •Ilm-fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari 
    (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa 
    noishlab chiqarish sohalarida 25 kishigacha.


    Xususiy korxona. Ayrim tadbirkorlar o‘z faoliyatining miqyosiga emas, 
    balki uning mustaqil ekanligiga katta e’tibor qaratadilar. Chunki boshqarish
    xo‘jalik qarorlari chiqarish va daromadni taqsimlashdagi mustaqillik tadbirkorning 
    manfaatlariga to‘liq mos kelishi mumkin. Bunday holatda tadbirkorlikning xususiy 
    korxona shakli har tomonlama muvofiqdir. Xususiy korxona yagona mulkdor 
    tomonidan tuziladi. Mulkdor xususiy korxonaga tegishli mol-mulk beradi va uning 
    ustavini tasdiqlaydi.

    Download 13,3 Mb.
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   195




    Download 13,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    dunyoda keng qo‘llaniladigan mezonlar qatoriga quyidagilarni kiritish

    Download 13,3 Mb.
    Pdf ko'rish