• Xususiy firma
  • Shirkat firmalarining ikki turi mavjud: - mas’uliyati cheklanmagan jamiyatlar; - mas’uliyati cheklangan jamiyatlar. Mas’uliyati cheklanmagan jamiyatlar
  • O‘qitish materiallari to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallari to‘plami




    Download 13,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet101/195
    Sana04.12.2023
    Hajmi13,3 Mb.
    #110935
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   195
    Bog'liq
    Biznes asoslari fanidan OMT F. Xakkulova[1]

    Jamoa tadbirkorligi – bu bir guruh fuqarolarning o‘zlariga ma’qul bo‘lgan 
    mulkchilik shakllarida jamoalarga birlashib, jamoa korxonalarini tashkil qilishlari 
    va shu asosda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlaridir. Jamoa tadbirkorligi 
    faoliyati firmalar faoliyatida o‘z ifodasini topadi.
    Firma – muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarishga va xizmat ko‘rsatishga 
    ixtisoslashgan, bozordagi talab va taklifga qarab ish tutadigan, iqtisodiy jihatdan 
    erkin va mustaqil korxonadir. Firmalarning turlari juda ko‘p, ularni chizmada 
    quyidagicha tasvirlash mumkin (2-chizma) 
    Xususiy firma deganda ayrim shaxs yoki oilaga tegishli bo‘lgan, yakka 
    xususiy mulkka asoslanib faoliyat ko‘rsatadigan korxona tushuniladi.
    Shirkat firma bir necha sohibning mulkini birlashtirish va tadbirkorlikdan 
    olinadigan foydani baham ko‘rishga asoslangan sherikchilik korxonasidir.
    Shirkat firmalarining ikki turi mavjud: 
    - mas’uliyati cheklanmagan jamiyatlar;
    - mas’uliyati cheklangan jamiyatlar. 
    Mas’uliyati cheklanmagan jamiyatlar. Ikki yoki undan ko‘proq kishilarning 
    mulki asosida yuzaga keladi. Sheriklarning dastlabki mulki firmaning ustav 
    kapitali deyiladi. Bu kapitalga har bir sherik o‘z hissasini qo‘shadi. Ular ustav 
    fondiga qancha pul qo‘ysa, shu hissaga binoan foyda olishadi. Bordiyu firma sinsa, 
    sheriklar zararni hamjihatlikda ko‘taradi, ya’ni bir sherik boshqasining 
    javobgarligini ham zimmasiga oladi. 
    Shirkat a’zolari o‘rtasida tuzilgan bitim(shаrtnоmа) shirkatning huquqiy asosi 
    hisoblanadi. Bu bitim quyidagi bandlarni o‘z ichiga oladi:
    - har bir hamkorning vakolatlari;
    - bitimning muddati; 
    - har bir vakilning umumiy ishga qo‘shgan ulushi;
    - daromadlar va yuz berishi mumkin bo‘lgan zararlarni o‘zaro bo‘lish 
    yo‘lyo‘riqlari;
    - uyushma mablag‘laridan har bir hamkorning olishi mumkin bo‘lgan aniq va 
    belgilangan pul hajmi; 
    - uyushmada amalga oshirish zarur bo‘ladigan moliyaviy ishlar tartibi;
    - yangi hamkorni qabul qilish tartibi; 
    - shirkatni tarqatib yuborish tartibi.


    Shirkatga davlat, kooperativ, jamoa va boshqa tashkilotlar, shuningdek, 
    xorijiy tashkilotlar va fuqarolar ham qonun yo‘l qo‘ygan hollarda a’zo bo‘lishi 
    mumkin. 

    Download 13,3 Mb.
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   195




    Download 13,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘qitish materiallari to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallari to‘plami

    Download 13,3 Mb.
    Pdf ko'rish