• Tijorat tadbirkorligi.
  • Moliyaviy tadbirkorlik.
  • O‘qitish materiallari to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallari to‘plami




    Download 13,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet100/195
    Sana04.12.2023
    Hajmi13,3 Mb.
    #110935
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   195
    Bog'liq
    Biznes asoslari fanidan OMT F. Xakkulova[1]

    Ishlab chiqarish tadbirkorligi. Siz tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni 
    boshlashdan avval uning o‘zingizga mos turini tanlashingiz lozim. Aytaylik, siz 
    kichik qandolatchilik sexi ochmoqchisiz. Buning uchun sizda bino, zarur 
    asbobuskuna va jihozlar hamda yetarlicha moliyaviy mablag‘lar bo‘lishi talab 
    etiladi. Sizning qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatingiz ishlab 
    chiqarish tadbirkorligi deyiladi. Ishlab chiqarish tadbirkorligi o‘z ichiga xizmat 
    ko‘rsatishni ham oladi. Masalan, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, 
    kiyimlarni kimyoviy tozalash, turli masalalarda maslahat berish, ta’lim xizmati va 
    boshqalar shular jumlasidandir. Ishlab chiqarish tadbirkorligi faoliyat sohasini 
    tanlash tadbirkorning moliyaviy resurslari va shaxsiy moyilligi orqali belgilanadi. 
    Dastlab marketing tadqiqotlari o‘tkaziladi, bozor o‘rganiladi, taklif etiladigan 
    tovarning qay darajada iste’molchiga zarurligi, talabning darajasi va o‘zgarishi, 
    talab darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, taxminiy xarajatlar va sotish hajmlari 
    aniqlanadi. 
    Tijorat tadbirkorligi. Aytaylik, sizda ishlab chiqarish tadbirkorligi uchun 
    yetarli resurs bo‘lmasligi mumkin. U holda siz ishlab chiqarish resurslari kabi katta 
    ehtiyoj talab etmaydigan, ko‘proq aylanma mablag‘lar yetakchi o‘rin tutadigan 
    tijorat tadbirkorligi bilan shug‘ullanishingiz mumkin. Chakana va ulgurji savdo


    turli mol-mulklar, shu jumladan ko‘chmas mulklar savdosida vositachilik qilish 
    tijorat tadbirkorligiga misol bo‘la oladi. Tijorat tadbirkorligida tovarni sotish narxi 
    uning xarid narxidan yuqori bo‘lishi asosiy qoida hisoblanadi. Shunga ko‘ra, tijorat 
    tadbirkorligini amalga oshirishdan avval bozor holati puxta tahlil qilinadi. 
    Moliyaviy tadbirkorlik. Siz, shuningdek, maxsus bilim va ko‘nikmalar talab 
    qiluvchi moliyaviy tadbirkorlik turi bilan ham shug‘ullanishingiz mumkin. 
    Moliyaviy tadbirkorlikda qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va 
    boshqalar), valyuta qimmatliklari va milliy pullar oldi-sotdi qilinishi uning o‘ziga 
    xos xususiyati hisoblanadi. Shuningdek, moliyaviy tadbirkorlikni tashkil etish 
    uchun tijorat banklari, moliya-kredit kompaniyalari, fond, valyuta birjalari va 
    boshqa shu kabi maxsus muassasalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish talab qilinadi. 
    Jamoa tadbirkorligi. 

    Download 13,3 Mb.
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   195




    Download 13,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘qitish materiallari to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallari to‘plami

    Download 13,3 Mb.
    Pdf ko'rish