• Nazorat savollari
  • 3. Url manzili.
  • HTML- hujjat
  • HTML (Hyper Text Markup Language




    Download 8,44 Mb.
    bet87/127
    Sana12.01.2024
    Hajmi8,44 Mb.
    #135555
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   127
    Bog'liq
    toplam 2 kurs

    HTML (Hyper Text Markup Languagegipermatn belgilash tili) WWW tizimi uchun hujjat tayyorlashda ishlatiladi. HTML buyruqlari orqali matnlarning shaklini ishtagancha o‘zgartirish, ya’ni matnning ma’lum bir qismini ajratib olib, boshqa faylga yozish, rangli tasvirlarni qo‘yish mumkin. U boshqa hujjatlar bilan bog‘laydigan gipermatnli aloqalarga ega.
    WWW - «Jahon o‘rgimchak to‘ri» aloqa tarmog‘i (qisqacha Web) tizimida ma’lumotlar gipermatnli hujjatlar shaklida olinadi. Gipermatn boshqa matnli hujjatlarga yo‘l ko‘rsatuvchi matndir. Bu esa boshqa matnlarga (matnlar qaysi mamlakatning serverida turishidan qat’iy nazar) tezda o‘tish imkoniyatini beradi. Matnlar bilan bir qatorda WWW hujjatlarida multimedia ma’lumotlarni ham ko‘rish mumkin. Matndan tashqari boshqa shakldagi ma’lumotlarni ham beruvchi hujjatlar gipermedia hujjatlari deyiladi.
    Multimediakompyuterda axborotning turli xil ko‘rinishlari: rangli grafika, matn va grafikda dinamik effektlar, ovozlarning chiqishi va sintezlangan musiqalar, annimatsiya, shuningdek to‘laqonli videokliplar, hatto videofilmlar bilan ishlashdir.
    Sayt grafika va multimedia elementlari joylashtirilgan gipermedia hujjatlari ko‘rinishidagi mantiqan butun axborot hajmidir.
    Nazorat savollari:

    1. Internet qachon paydo bo’lgan?

    2. Multimedia nima?

    3. Sayt nima?

    4. WWW- nima?

    5. HTML-nima?

    6. Protokol nima?


    9-ma’ruza
    Web manzillar. URL manzili


    Reja:
    1. WEB-sahifalar haqida tushuncha.
    2. Web manzillar.
    3. Url manzili.
    Hozirgi paytda ko’pgina tashkilotlar to’liq tushunib yetdilarki, internetda o’z Web-saytlarini tashkil etmaslik u bu kiberfazoda mavjud bo’lmaslikka olib keladi va demak, bunday tashkilot rivojlanishdan ancha orqada qoladi. Shuning uchun ham turli xil mamlakatlarning ilgor intelligensiya vakillari internetni insoniyat jamiyatining yangi informasion yashash muxiti deb tushunadilar va bu bilan unchalik katta xatoga yo’l qo’ymaydilar, albatta.
    Kerakli ma'lumotlarni ko’rishning gipermurojaat deb ataluvchi usul bilan kompyuter tarmoqlarida joylashtirish WWW-World Wide Web-Jahon axborot tarmog’i (butun dunyo o’rgimchak to’ri-vsemirnaya pautina) deb atalgan. 1989 yili CERN (Evropa elektron zarralar fizikasi labaratoriyasi) tadqiqotchilari tomonidan turli ilmiy guruhlar orasida o’zaro aloqani tashkil qilish maqsadida ish boshladilar. 1993 yildan boshlab WWW Internet ning eng ommaviy resurslaridan biriga aylandi.
    WWW da turli yo’llar orqali tegishli ma'lumotga yetib borish va uni ko’rish imkoniyati bor. WEB sahifalar HTTM - "gipermatnlarni belgilash tili"da yozilgan hujjat sifatida tayyorlanadi. Kalit so’zlar deb nomlangan so’zlar orqali boshqa ma'lumotlarga murojaat qilish-gipermurojaat deyiladi.
    Bunday giperalohalar faqat so’zlar emas, balki tasvirlar, grafiklar va ularning qismlari orqali amalga oshirilishi mumkin. Gipermatnli hujjatlarni qidirish, topish va ekranda tasvirlash uchun sharxlovchi-brouzerlardan foydalaniladi.
    HTML formatida tayyorlangan elektron hujjat HTML- hujjat deb ataladi. Agar bu hujjat Internet orqali tarqatilsa WEB-hujjat, undan foydalanish haqida gap borsa WEB-sahifa deb ataladi.Bitta muallif yoki WWW ga tegishli bo’lgan bir gurux o‘zaro "giperbog’lanishlar" bilan aloqador bo’lgan WEB-sahifalar majmuasi WEB uzel (tugun) yoki sayt deb ataladi.
    Web - Internet tarmoqlarida joylashgai fayllar to’plami bo’lib, ularning soni soat sayin ko’payib bormoqda. Bu fayllarda ma'lumotlarning turli xillarini: matn, grafik, tasvirlar, video, audio ma'lumotlarini uchratish mumkin.
    Gipermatnlarni belgilash dasturiy tili (yoki HTML tili)da bir qancha maxsus nomlar va yangi terminlar bo’lib, ularni qisqacha tushuntirib o’tish maqsadga muvofiqdir.
    Element (element) HTML tilining tuzilmasi bo’lib, har qanday Web- sahifa shunday elementlar to’plamidan iboratdir. Gipermatn tashkil qilishning asosiy g’oyasi elementlarning bir biriga
    bog’liqligini ta'minlab berishdir.

    Download 8,44 Mb.
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   127




    Download 8,44 Mb.