-ma’ruza Matnni to’liq tahrirlash




Download 8,44 Mb.
bet84/127
Sana12.01.2024
Hajmi8,44 Mb.
#135555
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   127
Bog'liq
toplam 2 kurs

7-ma’ruza
Matnni to’liq tahrirlash


Reja:
1. Photo Shop dasturida matnlar bilan ishlash.
2. Maxsus tahrirlovchining vazifalari.
Tasvirga ko'pincha matn qo'shishga to'g'ri keladi. Photo shop matn bi­lan ishlashda ham katta imkoniyatlarga ega. matn bilan ishlash uskunalari uskunalar panelining uchinchi bo'limida ikkinchi bo'lib joylashgan. Ulardan keraklisini matn uskunalari tugmasi ustiga sichqonchani olib kelib, chap tug­masini bosish va ro'yxatdan zarurini tanlash bilan ishga tushirish mumkin. Boshqa uskunalar kabi ularni ham klaviatura orqali ishga tushirish mumkin. Buning uchun unga mos qo'yilgan lotin alifbosining bosh harfi T ni bir yoki bir necha marta bosish kerak bo'ladi:

Matn bilan ishlash uchun to'rtta uskuna mavjud bo'lib, ulardan birin­chisi gorizontal matn, ikkinchisi vertikal matn, uchinchi va to'rtinchilari go­rizontal va vertikal niqob matn deb ataladi. Bu uskunalar yuqoridagi rasmda ko'rsatilgan.
Ulardan birinchisi gorizontal matn uskunasini ishga tushiramiz. Para­metrlar panelida uning parametrlari paydo bo'ladi:

Matn kiritishni tugatish uchun Ctrl+Enter qo'shtugmasidan foydalanish
yoki uskunalar panelida boshqa uskunani tanlash yetarli.
Kiritiladigan matn ikki xil bo'lishi mumkin: oddiy (qisqa) matn va matn bloki. Oddiy matn tasvirga qisqa yozuvlar, masalan, uning nomi, muallifi ka- bilarni kiritish uchun xizmat qilsa, blokli matn katta hajmdagi matnni kiritish va ularni bezatish uchun ishlatiladi.
Oddiy matn kiritish uchun matn uskunasini tanlab, matn kiritiladigan so­haning chap quyi burchagini tanlash yetarli. Matn blokini kiritish uchun bu blok egallaydigan soha ajratib olinishi kerak. Sohani ajratish to'g'ri to'rt- burchak chizish kabi amalga oshiriladi: blokning bir burchagiga sichqon­cha ko'rsatkichi olib kelinadi va uning chap tugmasini bosib turib, sichqon­cha ko'rsatkichi blokning qarama-qarshi uchiga olib kelinib, tugma qo'yib yuboriladi.
Bu ikki turdagi matnni bir turdan ikkinchisiga o'tkazish mumkin. Bu­ning uchun sichqonchani matn ustiga olib kelib, o'ng tugmasi bosiladi. Pay- do bo'lgan mavzubop menyudan Преобразовать в блочный текст (Matn blokiga aylantirish) yoki Преобразовать в простой текст (Oddiy matnga aylantirish) bandi tanlanadi.
Matn bilan ishlashda Символы (Belgilar) va Абзац (Abzats) palitralari yanada ko'proq imkoniyatlarga ega. Bu palitralarning ko'rinishi quyida keltirilgan:

Tasvirga kiritilgan matn ustida bir qator shakl almashtirish amalla- rini bajarish mumkin. Bunda kiritil­gan matn grafik tasvir sifatida qara- ladi va undagi harflarning ko'rinishi o'zgartiriladi. Bu amallarni bajarish uchun awal matn kiritiladi, so'ng parametrlar panelidagi I uskuna (60-sahifadagi ikkinchi rasm) tanlanadi

Natijada ekranda bu uskunaning muloqot oynasi paydo bo'ladi. Undagi birinchi may- doncha Стиль (Uslub) deb ataladi. Unda shakl almashtirishning turi tanlanadi. Ularning soni o'n beshta bo'lib, to'rtta guruhga ajratilgan. Bu uslublarning nomlari ro'yxati chapdagi rasmda ko'rsatilgan:
Ularning nomlari oldida kichik rasmda matn qanday ko'rinishga o'tishi sxematik tarz- da ko'rsatilgan. Bu maydonchaning pastida tanlangan uslubning bir nechta parametrlari keltiriladi. Ularni o'zgartirib, shakl almashti- rishni o'zimiz xohlagan ko'rinishga keltirishi- miz mumkin.
Oynaning o'ng tomonidagi OK tugmasi shakl almashtirishni bajarishga buyruq beradi. Отмена tugmasi esa shakl almashtirishni be­kor qiladi.

Quyidagi rasmda bu shakl almashtirishlardan ba'zilariga misollar keltirilgan. Ularda shakl almashtirish turi tanlangan bo'lib, parametrlarning qiymatlari o'zgartirilmagan:



Matnga uslub qo'llashda Стили (Uslublar) palitrasidan foydalanish mumkin. Bu palitrani chaqirish uchun asosiy menyuning Окно (oyna) bo'li- midagi Стили (Uslublar) bandini tanlash kerak bo'ladi. Bu palitra matndan boshqa obyektlar uchun ham uslubni aniqlashda ishlatiladi. Buning uchun awal uning yashirin menyusidan (o'ng yuqori burchakdagi tugma) Эффекты для текста (Matn uchun effektlar) yoki Эффекты для текста 2 (Matn uchun effektlar 2) ni tanlash kerak bo'ladi. Ulardan birinchisini tanlaganimizda pa­litra quyidagi ko'rinishga o'tadi:

Undagi har bir tugma alohida uslubga tegishli va bu tugmalardan biri bo- silishi bilan ajratilgan matnga shu uslub qo'llaniladi. Quyida ulardan ba'zilari namuna sifatida keltirilgan:


Download 8,44 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   127




Download 8,44 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-ma’ruza Matnni to’liq tahrirlash

Download 8,44 Mb.