|
O’qitish materiallari
|
bet | 99/127 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 8,44 Mb. | | #135555 |
Bog'liq toplam 2 kursNazorat savollari
getURL operatori yordamida web-sahifalar bilan bog'lanish o'rna- ting.
Maktabingiz web-saytini tayyorlang.
Web-sahifa tayyorlang va ularni getURL operatori yordamida biror-bir web-sayt bilan bog'lang.
O'zingiz haqingizda ma'lumot beruvchi web-sayt tayyorlang.
16-ma’ruza
Amaliy mashg’ulot. Hodisalar
Reja:
1. Web-sahifalar orasida aloqalarni o’rnatish.
2. Web-sahifalarda gipermurojat.
Macromedia Flash 8 dasturida bir vaqtninig o'zida bir nechta animatsiya effektlarini hosil qilish imkoniyati ham mavjud bo'lib, buning uchun har bir Layer qatlamida alohida harakatli tasvirlar chiziladi yoki tayyor rasmlar,chizmalar joylashtirilib harakatlantiriladi.
1-mashq. Sharni trayektoriya bo'ylab harakatlantirish.
Bajarish:
Oval Tool (O) jihozi belgilanib va Fill Color bandi tanlanib, shar chizib olinadi.
Timeline bo'limidan Add Motion Guide qatlami hosil qilinadi;
Hosil qilingan qatlamga Pencil Tool (Y) jihozi yordamida shar harakatlanadigan trayektoriya chiziladi;
Layer 1 qatlamida F5 tugma tanlanib, kerakli masofa belgilanadi.
Add Motion Guide qatlamida F5 tugma tanlanib, kerakli masofa belgilanadi.
Layer 1 qatlamining Frameda sichqoncha o'ng tugmasi bosilib, Create Motion Tween qatori tanlanadi.
Shar belgilanib, chizilgan trayektoriya oxiriga o'tkaziladi (sichqoncha yordamida sudrab tortiladi):
2-mashq. Idishdagi suvning bug'lanishini tasvirlovchi animatsiya effektini hosil qilish.
Bajarish:
Layerl qatlamida, Rectangle Tool (R) jihozi yordamida idish chiziladi va unga kerakli rang beriladi.
Layer2 qatlami hosil qilinadi va unda Oval Tool (O) jihozi yordamida suvning bug'lanish belgilari chiziladi.
Layerl, Layer2 qatlamlari belgilanadi va F5 tugma yordamida kerakli masofa belgilanadi.
Layer 2 qatlamining Frameda sichqoncha o'ng tugmasi belgilanib, Create Motion Tween qatori tanlanadi.
Layer 2 qatlamidagi suvning bug'lanish belgilari yuqoriga siljitiladi.
|
| |