|
O‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning nazariy asoslari
|
bet | 10/34 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 2,97 Mb. | | #239477 |
Bog'liq uymakorlik2Pustloq. Tashqi, ichki qatlamdan iborat bulib, tana xajmining 6—25% cha qismini (miqdorini) tashkil etadi. Pustloqning tashqi qismi puk qatlam deb ataladigan qattiq qatlamdan iborat. U yog’ochni turli tashqi ta’sirlardan, issiqsovuqdan, mexanik ta’sirlardan, turli zararkunanda hasharotlardan saqlaydi.
Daraxt pustlog‘ining ichki qismi lub qatlami deyiladi. Lub qatlam kuzga kurinmaydigan mayda tolalar (kapillyarlar) dan iborat.
Daraxt po‘stlog‘i hozirgi vaqtda xalk xo‘jaligining turli sohalarida ishlatilmoqda. Qrim, Kavkaz, Uzoq SHarq va Saxalin zonalarida o‘sadigan probkali eman daraxtining po‘stlog‘i qalin bo‘lib, ulardan probkalar, issiklikizolyasion materiallar (plita-lar) va shu kabilar tayyorlanadi.
Kambiy. Bu lub bilan yogoch orasida joylashgan shirali katlam bulib, u tirik xujayralardan iboratdir. Kambiyni oddiy kuz bilan ko‘rish juda qiyin, uni kurish uchun kuzni qisman «qurollantirish» kerak bo‘ladi. Uni baxorda tanadan pustlok, shilib olingan paytida ko‘rish mumkin. Bu vaktda kambiy xujayralarining buzilishi natijasida shirali, shillik, parda — suyuqlik oqib chiqadi.
Kambiy lub orqali shoxdan keluvchi ozuqa bilan oziqlanadi.
Kambiy o‘sayotgan daraxt uchun hayotiy manba hisoblanadi. Kambiy xujayralarining bo‘linishi daraxtning butun yashash davrida ro‘y berib turadi. Faqat qishda kambiyning rivojlanishi to‘xtab, baxorda yana boshlanadi. Baxorda kambiyning rivojlanishi shoxlardan, tananing uchki qismidan boshlanib, u asta-sekin tana va ildizga o‘ta boradi. Agar daraxt tanasining po‘stlogi halqa shaklida qirqib olinsa, daraxt o‘sishdan to‘xtab, quriy boshlaydi.
Yog’och materiallar tayerlash. Yog’och materiallarga quyiladigan talablar tegishli GOST bilan belgilanadi. GOSTda yog’och materiallarning o‘lchamlariga, ruxsat etiladigan nuqsonlarga, ishlov berish sifatiga, o‘lchash usuliga, sortlarga ajratish, markalash va hisoblashga nisbatan quyiladigan talablar kursatiladi.
Xalq xo‘jaligining turli sohalarida asosiy yog’och materiallari-turli xodalar, taxta materiallari, bruslar, fanerlar (randalangan, tilingan, yunilgan, elimlangan fanerlar va hokazolar), yogʻoch oʻymakorligi plitalari, yog’och payraxali plitalar keng ishlatiladi. Bunday yog’och materiallarining ba’zilari sanoat miqyosida qanday ishlab chiqarilishi va ishlatilishi hamda ba’zi xususiyatlari bilan qisqacha tanishtirishni maqsadga muvofiq deb topdik.
Xoda—shox-shabbalari kesilgan, po‘stlogi tozalangan daraxt tanasining bir qismidir. Xodalar 3 gruppaga bulinadi, ya’ni ingichka xodalar (kichik diametrli)—diametri 8—13 sm gacha; o‘rtacha xodalar (urta diametrli)— diametri 14—24 sm gacha; yo‘g‘on xodalar (katta diametrli)—diametri 25 sm va undan yo‘g‘onroq buladi.
Xodalarning asosiy uzunligi 6,5 m bulib, qurilishlarda ishlatiladigan xodalar ko‘pincha 4—7 m uzunlikda tayyorlanadi.
jadval
Yog`ochlarning asosiy mexanik xossalari
Yogoch turlari
|
Namligi
%
|
My stahkamlik chegarali, MPa
|
K
|
atglklnklari MPa
|
|
|
tolalar
yunalishi buyicha sikilish
|
Tolalar yo‘nalishi buyicha chuzilish
|
Statik egilish dagi
|
Kunda lang qirqim dagi
|
radial qirqimdagi
|
Tangental qirqimdagi
|
Qarag‘ay
|
12, 30 va ort.
|
48,5
21,2
|
103,5
79,2
|
86,0
49,5
|
28,5
13,5
|
24,0
11,2
|
25,0
11,5
|
Archa
|
|
44,5
19,6
|
103,0
78,8
|
79,5
43,9
|
26,0
12,2
|
18,0
8,5
|
18,0
8,6
|
Tilog‘och
|
— « —
» —
|
64,5
25,3
|
125,0
96,4
|
111,5
61,7
|
43,5
20,4
|
29,0
13,7
|
29,0
13,8
|
Oq qarag‘ay
|
— « —
» —
|
39, 0
17,5
|
67,0
51.5
|
68,5
40,4
|
28,5
13,5
|
17,0
8,0
|
-
|
Kedr
|
— « —
» —
|
42,0
18,5
|
90,5
69,4
|
73,5
42,3
|
22,0
10,4
|
-
|
-
|
Zirk
|
— « —
» —
|
44,0
23,6
|
101,0
75,8
|
80,5
49,4
|
40,0
24,0
|
27,5
16,2
|
28,0
17,2
|
Arg‘uvon
|
— « —
» —
|
45,5
24,2
|
121,0
91,2
|
88,0
54,2
|
26,0
15,3
|
17,0
10,2
|
18,0
10,6
|
Oq qayin
|
— « —
» —
|
55,0
22,4
|
168,0
126,7
|
109,5
59,7
|
46,5
27,6
|
37,0
21,9
|
33,0
19,6
|
Qora qayin
|
— « —
» —
|
55,5
25,9
|
123,0
92,6
|
108,5
64,6
|
61.0 36,3
|
43,5
25,7
|
44,5
26,3
|
Taxta materiallar. Yo‘g‘on xodalar piloramalar, lenta arrali, disk arrali stanoklar yordamida tilinib, ulardan har xil taxta materiallar hosil qilinadi. Bunday taxtalarning qalinligi: 7, 10, 13, 16, 19, 22, 25, 32, 40, 45, 50, 60, 70, 75, 100 mm va eni 80 dan 250 mm gacha (10 mm dan oralatib) tayyorlanadi. Sanoat miqyosida tayyorlanadigan taxta materiallarining qalinligi odatda, uch son bilan yoziladi. Masalan: 6,5x18X40 bulib, bundagi 6,5—taxtaning uzunligi metrda, 18—eni sm hisobida, 40— qalinligi mm hisobida ifoda etiladi.
Faner—g‘o‘lalarni tilish, randalash, yo‘nish yo‘li bilan olinadigan yupqa yog’och-taxta material. Tayyorlash usuliga qarab tilingan, randalangan, yo‘nilgan, elimlangan fanerlar bo‘ladi. Tilib, randalab olinadigan fanerlar eman, shumtol, yong‘oq, qayrag‘och, zarang, nok va boshqa qimmatbaxo yog’ochlardan tayyorlanadi. Fanerlar har xil yogʻoch oʻymakorligi ishlarida, mebelsozlikda qoplama material sifatida ishlatiladi.
Randalangan fanerlar—faner randalovchi maxsus stanoklarda yog’ochlarni randalash yo‘li bilan hosil qilinadi. Bunday fanerlarning qalinligi 0,8—1,5 mm, eni 80 mm va undan ortiq uzunligi 100 mm va undan ortiq bo‘ladi.
Tilingan fanerlar—burang yoki yashma bug‘lash natijasida mo‘rt bo‘lib qoladigan ba’zi yog’och gulalarini tilish yuli bilan hosil qilinadi. Yo‘g‘on g‘o‘lalarni radial yunalish buyicha tilish yuli bilan olinadigan fanerlar boshqa yo‘nalish buyicha tilib olingan fanerlarga qaraganda yuqori baholanadi. CHunki radial yo‘nalish buyicha tilingan fanerlarda o‘zak nurlari juda chiroyli tekstura hosil qiladi. Bu holda, fanerlar kimmatbaho mebellar tayyorlash va qoplash maqsadida ishlatiladi. Tilingan fanerlarning qalinligi 0,8—2 mm gacha buladi. Fanerning namlik darajasi 10 % bulishiga ruxsat etiladi.
Yunilgan fanerlar (shpon) lar esa yunuvchi stanoklarda tayyorlanadi. Yunilgan fanerning qalinligi 0,3 : 3,5 mm gacha, eni esa g‘o‘laniig tegishli uzunligiga teng buladi.
Butun g‘o‘lani yo‘nish vaqtida spiralsimon shpon chiqariladi. SHu yul (usul) bilan zarang, Kareliya qayinidan «qush ko‘zi» deb ataluvchi chiroyli gulli shpon olinadi.
Elimlangan fanerlar yunilgan shponlarni bir-biriga elimlash yuli bilan tayyorlanadi. Bundan faner 3—15 tagacha bulgan toq sondagi shpon varaqalaridan tayyorlanadi.
Elimlangan fanerlar taxta materiallarga qaraganda bir qator afzalliklarga ega:
1. Hamma yo‘nalishi buyicha puxtaligi bir xil.
2.Taxta materialga nisbatan kam tob tashlaydi. Ruy bergan tob tashlash elimlash yuli bilan oson bartaraf etiladi.
Kam yoriladi. yoriklarning bir tomondan ikkinchi tomonga utishi mutlako ruy bermaydi.
Faner taxtalarining ulchami katta bulganligi uchun taxta materiallarpi yigib, yirma tayyorlash ishidan xoli qiladi, ishni qisqartirishga, soddalashtirishga yordam beradi.
Oson egiladi (xususan, buklangandan sung).
Teshish uchun qulay va xokazo.
|
| |