|
O‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning nazariy asoslari
|
bet | 11/34 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 2,97 Mb. | | #239477 |
Bog'liq uymakorlik2Yogʻoch oʻymakorligi plitalari. Bir-biriga elimlab yopishtirilgan yoki yopishtirilmagan reykalardan yigilgan va ikki tomoniga bir yoki ikki qavat shpon yopishtirilgan yog’och shpon yogʻoch oʻymakorligi plitasi deb ataladi. Yogʻoch oʻymakorligi piitalari chiroyli gulli, randalangan fanerlar bilan ham qoplanadi. Bular bir tomonlama yoki ikki tomonlama qoplanadi.
Yogʻoch oʻymakorligi plitalarining qalinligi 16 dan 50 mm gacha, eni 1220 dan 1525 mm gacha, uzunligi 1800 dan 2500 mm gacha qilib tayyorlanadi.
Plitalardan shchitli mebellar, eshik, tusiq, polkalar, divan va boshqalar tayyorlanadi.
Yog’och payraxali plitalar. Yog’ochni qayta ishlash korxonalarida xoda va g‘o‘lalarni tilish, randalash vaqtida, faner va shchit tayyorlashda ko‘plab qipiq, payraxa, taxta, reyka va fanerlarning chikindilari hosil buladi. Ulardan plitalar tayyorlashda foydalanish mumkin. Plita tayyorlash texnologiyasi kuyidagichadir.
Yog’och ishlash stanoklarida hosil bulgan payraxa, qipiq va yog’och chikindilar-plita tayyorlash sexiga yuboriladi. Bu erda katta o‘lchamdagi yog’och chiqindilar maydalanadi va vibratsion elaklarda elanib, changdan tozalanadi. Tozalangan tarasha maydalanib, payraxalar bilan birgalikda quritgichga yuboriladi. Bu erda payraxa namligi 4—6% ga tushguncha quritilib, aralashtirgichga yuboriladi va sintetik smola bilan aralashtiriladi. Sintetik smolaning mikdori quruq payraxa ogirligining 6—8% ini tashkil etadi.
Natijada, hosil qilingan aralashma tayyorlanadigan buyum va mebel qismlarining shakl hamda o‘lchamlariga ega bulgan maxsus qoliplarga to‘kib yoyiladi va tekislanadi. Yoyilgan payraxaning qalinligi tayyorlanadigan buyum qalinligi va zichligiga qarab har xil buladi. Qolip sovuq pressga utkazilib, unda payraxani 40—45 mm qalinlikkacha presslanadi. So‘ngra issik, pressga o‘tkaziladi. Issiq pressda presslash Q140° gacha temperaturada olib boriladi. Tegishli korxonalarda yog’och payraxali plitalar tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan texnologik protsess yarim avtomat va avtomat liniyalar yordamida olib boriladi.
Yog’och payraxali plitalar qalinligi 5—100 mm gacha, eni 1200—2400 mm gacha, uzunligi 5400 mm gacha qilib tayyorlanadi.
SHuni aytib utish kerakki, bunday plitalarning hohlagan uzunlikdagisini uzluksiz presslash orqali hosil qilish mumkin.
Bunday plitalarning puxtaligi va tuzilishi hamma yunalishda bir xildir.
Ularga randalangan faner, pardoz shponi qoplash yo‘li bilan sifatini oshirish va turli maqsadlarda foydalanish mumkin. Ular mix, burama mix yordamida tirnok,li birikmalar xosil qilish yuli bilan oson biriktiriladi.
Yog’och payraxali plitalar mebel korxonalarida ishlatiladigan barcha yog’ochning 85% gacha qismini tashkil etadi. Plitalar pol tayyorlash, devor va shiplarni qoplash, eshik qanotlari tayyorlashda ishlatiladi.
|
| |