|
Kurs ishining maqsadi va vazifasi
|
bet | 2/34 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 2,97 Mb. | | #239477 |
Bog'liq uymakorlik2Kurs ishining maqsadi va vazifasi: Dars jarayonida o`quvchilarga ma’qul shart-sharoitlarini yaratish zamonaviy texnik-texnologik vositalarni kasb-xunar kolleji ustaxonalari moslashtirishni ilmiy metodik asoslarini yaratish. Yog’ochlarga ishlov berish yo`nalishidagi darslarni olib borish metodikasini yangi pedagogik texnologiya asosida ishlab chiqish.
“Yogʻoch oʻymakorligi”faniga oid adabiyotlarni o‘rganish va fanning mazmunini aniqlab , fanning tanlab olingan mavzularini chuqur o‘rganish.
Fanning tanlab olingan mavzularini o‘qitishda interfaol usularni qo‘llash.
Mavzularni o‘qitishda B.Blum taksonomiyasi asosida o‘quv maqsadlarini aniqlash.
“Yogʻoch oʻymakorligi” fanidan tanlab olingan mavzularning o‘qitish bo‘yicha texnologik xaritasini yaratish.
Bitiruv malakaviy ishining mavzusi bo‘yicha qo‘yilgan maqsad yo‘lidagi izlanishlar , olingan natijalar yuzasidan tegishli xulosalar chiqarish.
Fanning tanlab olingan mavzulari xozirga qadar ananaviy usulda o‘rganilib kelingan va bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida Interfaol ta’lim usularidan foydalangan xolda o‘qitish tavsiya etilayapti. Tanlangan mavzular bo‘yicha o‘quv maqsadlari, ishlanmalar va o‘qitish metodikasi birinchi marta amalga oshirilayalti. Talabalar bilim, ko‘nikmasini aniqlash uchun “Assisment” texnologiyasi namunasi ishlab chiqiladi. 2
I-BOB. “Yogʻoch oʻymakorligi” fani o‘qitishda o‘qitishda
innovatsion ta’lim texnologiyalaridan
foydalanishning nazariy asoslari.
1.1. “Yogʻoch oʻymakorligi” fanning maqsad va vazifalari
Fanning maqsadi, mohiyati, vazifalari va ta’lim berishda hamda malakali kadrlar tayyorlashda tutgan o‘rni.
Yogʻoch oʻymakorligi materiallari, konstruksiyalar va buyumlar ishlab chiqarish sohasidagi fan va texnika yutuqlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot.
Yogʻoch oʻymakorligi buyumlari va detallarni standartlashtirish to‘g‘risida tushuncha. Mamlakatimizda yog’och materiallari va yog’och buyumlar ishlab chiqarish tarixi va istiqbollari. YAngi texnika, texnologiyalar va dastgohlar bilan ta’minlash borasida Respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar.
Yogʻoch oʻymakorligi fanining maqsadi, vazifalari va turlari. Yog’och o‘ymakorlik o‘quv ustaxonalarida o‘quvchilar mehnatini ilmiy tashkil qilish. Xavfsizlik texnikasi va shaxsiy gigena qoidalariga rioya qilish.Amaliyotni shakllantirishda yogʻoch oʻymakorligi fanining o‘rni beqiyosdir. O‘quvchilarni madaniy darajasini yuksaltirishda yog’och o‘ymakorligi san’ati sir-asrorlarini bosqichga ko‘tarilishiga erishish vazifasi hamda ushbu maqsadlar yo‘lida yoshlarning badiiy ta’lim olishlari, zarur bilim, va axloqiy tarbiya, hamda mehnat ko‘nikmasiga ega bo‘lishi, malakalarini rivojlantirish vazifalari e’tiborda turadi. yogʻoch oʻymakorligi fanining asosiy maqsadi tahsil olayotgan talabalarga har bir ishlatiladigan xom-ashyolar bo‘yicha miqdor, texnika vositalari, asbob-uskunalarni mukammal bilish, o‘quvchilarga badiiy shakllarni yaratishi, ashyolardan to‘g‘ri foydalanish, ularni texnologiyasi va ishlab chiqarish uslublarini yuqori saviyada bilishni vazifa qilib qo‘yadi.
|
| |