|
O‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning nazariy asoslari
|
bet | 3/34 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 2,97 Mb. | | #239477 |
Bog'liq uymakorlik2Yog’ochlik. Daraxtdagi tapaning yog’ochlik qismi (po‘stloq) ost, mag‘iz va o‘zakdan iborat. Kambiy hujayralarining rivojlanishi (kuzda susayib, yozda tezlashadi) natijasida, yillik halqalar hosil bo‘ladi. Chunki kambiy hujayralarining rivojlanishi va bo‘linishidan hosil bo‘lgan yangi hujayralarning tananing yog’ochlik qismiga o‘tadigan miqdori ko‘p bo‘lib, ular yirik va yupqa po‘stloqli bo‘ladi. Natijada, yog’ochlikning bahor faslida hosil bo‘lgan qismidagi rovak to‘qimaning zichligi kam va yumshoq bo‘ladi. Yog’ochda, xususan, kuzda 3kambiyning aktivligi susayadi, hujayralar maydalanib, qalin po‘stloqli bo‘la boradi va zichligi ortadi. Oqibatda, yoz faslida hosil bo‘lgan yog’ochning qattiqligi yuqori bo‘ladi. Yog’ochlikka o‘tgan kambiy xujayralarning zichligi kam bo‘lgan qismi oqishroq tusga ega bo‘lib, zichligi ortiq bo‘lgan qismining rangi qoramtir bo‘ladi. Bu hol daraxtning o‘sish davrida har yili takrorlanib, o‘z navbatida, yillik halqalarning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun daraxt yoshini aniqlash maqsadida kesilgan g‘o‘lalarning ko‘ndalang qirqimidagi yillik halqalar hisoblanadi. Yillik halqalarning ortishi natijasida tana yo‘g‘onlasha boradi.
Yog’ochning kundalang qirqimi buyicha qaraganda, halqalar aylana shaklda, radial qirqimi buyicha, to‘g‘ri chiziqlar ko‘rinishida va tangental qirqimi buyicha qaraganda, uchi shox tomonga qaragan burchaklar shaklida namoyon buladi. Daraxtning yoshiga qarab, halqalarning zichligi va qattiqligi orta boradi. Pustloqda yaqin joylashgan yillik halqalarning zichligi kam, g‘ovak bulib, u orqali ildizdan olingan ozuqa moddalar pastdan yuqoriga qarab ko‘tariladi.
Yog’och turlari. Yog’ochning qarag‘ay, archa, tilog‘och, oq qarag‘ay, kedr, zirk, arg‘uvon, oq qayin, qora qayin, tog‘ teragi, terak, yong‘oq chinor, nok, zarang, eman, shumtol, qayrag‘och kabi bir necha turlari xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladi. (Bunday daraxt turlarining ba’zi xossalari, xususiyatlarini bilish uchun J. Ramizov va S. Mahkamovlar avtorligida yozilgan «O‘quv ustaxonalarida o‘tkaziladigan praktikum», «O‘qituvchi», T., 1978 kitobining 4- bobiga qaralsin.)
Yog’ochlarning ishlatilishi ularning fizik va mexanik xossalariga, ishlatilish sharoitiga, miqdoriga va hokazolarga bog‘liq bo‘ladi. Texnika yuksak taraqqiy etgan hozirgi davrda sanoatda yog’och materiallardan foydalanish doirasi yanada kengayib bormoqda. Yog’ochlarning xususiyatlari. Xalq xo‘jaligida turli konstruksion materiallar sifatida yog’ochlar ma’lum fizik, mexanik xususiyatlari bilan harakterlanadi.
|
| |