• Yog’ochning rangi
  • Yog’ochning tovlanishi (yaltirokligi).
  • O‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning nazariy asoslari




    Download 2,97 Mb.
    bet4/34
    Sana17.05.2024
    Hajmi2,97 Mb.
    #239477
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
    Bog'liq
    uymakorlik2

    Yog’ochning fizik xossalari. Tegishli materialning butunligiga ta’sir etmaydigan va uning ximiyaviy tarkibini o‘zgartirmaydigan xossalari, ya’ni uning rangi, tovlanishi, tob tashlashi, egilishi, tabiiy guli (teksturasi), hidi, nam tortishi, quruvchanligi, zichligi, nam o‘tkazuvchanligi, issiqlik va tovush o‘tkazuvchanligi, elektr o‘tkazuvchanligi yog’ochning fizik xossalari deb ataladi.
    Ana shu fizik xossalardan ba’zilari bilan qisqacha tanishamiz.
    Yog’ochning rangi yoroch materiallarning turlarini va ularning sifatlarini aniklashga imkon beradigan muhim xossalaridan biridir, Yog’ochning rangi, avvalo, uning turiga va o‘sish sharoitiga bog‘liq. Ko‘pchilik yog’ochlar (qayin, tol, arg‘uvon, terak, archa) oqish rangli bo‘lib, nursiz izlari bo‘ladi. Eman, shumtol — jigar rang, qora qayin, akatsiya — oq qizg‘ish yong‘oq, qayrog‘och-qoramtir bo‘ladi.
    Ko‘pchilik daraxtlar kesilgandan ssng ularning yog’ochligi qoramtir bo‘lib qoladi. Bu narsa havo tarkibidagi kislorodning ta’siri natijasidir.
    Yog’ochning tovlanishi (yaltirokligi). Yog’och nurlarning yunalishi va zichligiga bogliq holda tovlanadi. Yog’ochning tovlanishini sun’iy ravishda orgtirish uchun loklash, politurlash va mumlash mumkin.
    Yog’ochning teksturasi (tabiiy guli). Randalash, yo‘nish protsessida yog’och tolalari, o‘zak nurlari va yillik halqalarni kesish natijasida yog’ochniig teksturasi namoyon buladi. SHuni qayd qilish kerakki, yog’och materiallarning zichligi qanchalik yuqori bo‘lsa, ularning teksturasi (tabiiy guli) ko‘pincha bir xil ko‘rinishda bo‘ladi. Lekin turli bargli daraxtlarning tuzilishi bir-biridan farq qilganligi sababli ularning teksturasi ham har xil ko‘rinishda buladi. Yog’ochning teksturasi yillik halqalarining eniga, ertangi va kechki yogochlik qismining ranglaridagi farqiga, tolalarning yirik, mayinligi va yunalishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Yog’ochni kesish yo‘nalishi teksturaning o‘zgarishida katta rol uynaydi. Masalan, radial va tangental yo‘nalish buyicha tilingan taxtalarni randalash natijasida hosil bo‘ladigan tekstura turlicha ko‘rinishda buladi, radial yo‘nalish bo‘yicha, tekstura parallel to‘g‘ri chiziqlardan iborat bo‘lsa, tangental yo‘nalish buyicha esa burchak yoki konus shaklidagi teksturalar mavjud bo‘ladi. O‘zak nurlari va yillik halqalari aniq ko‘rinmaydigan yog’ochlarning teksturalari uncha aniq va chiroyli ko‘rinmaydi.
    O‘zak nurlari va yillik halqalari aniq bilinadigan yog’ochlarning tabiiy gullari juda chiroyli buladi. Teksturalari chiroyli bulgan yog’ochlardan mebel korxonalarida pardoz materiali sifatida, qoplovchi material—shpon tayyorlashda keng foydalaniladi. Yong‘oq, nok, chinor, shumtol, eman kabi yogochlar radial va tangental yunalishda tilinganda chiroyli kurinish (gul) lar xosil buladi.
    Yog’ochlarda sun’iy gullar ham hosil qilinadi. Buning uchun tolalarning yo‘nalishiga parallel qilib yoki ma’lum burchak ostida buyoqlar surtiladi.

    Download 2,97 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




    Download 2,97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning nazariy asoslari

    Download 2,97 Mb.