SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
2296
Rolli o„yinda ham ishbop o„yin kabi muammoni yechish bo„yicha
ishtirokchilarning
birgalikda faol ish olib borishlari yo„lga qo„yilgan. Rolli o„yinlar ta‟lim oluvchilarda shaxslararo
muomala malakasini shakllantiradi.
“Rolli o„yin” metodida ta‟lim beruvchi ta‟lim oluvchilar haqida oldindan ma‟lumotga ega
bo„lishi lozim. Chunki rollarni o„ynashda har bir ta‟lim oluvchining individual xarakteri, xulq-
atvori muhim ahamiyat kasb etadi. Tanlangan mavzular ta‟lim oluvchilarning o„zlashtirish
darajasiga mos kelishi kerak. Rolli o„yinlar o„quv jarayonida ta‟lim oluvchilarda motivatsiyani
shakllantirishga yordam beradi.
“
Rolli o„yin” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Ta‟lim beruvchi mavzu bo„yicha o„yinning maqsad va natijalarini belgilaydi hamda rolli
o„yin ssenariysini ishlab chiqadi.
2. O„yinning maqsad va vazifalari tushuntiriladi.
3. O„yinning maqsadidan kelib chiqib, rollarni taqsimlaydi.
4. Ta‟lim oluvchilar o„z rollarini ijro etadilar. Boshqa ta‟lim
oluvchilar ularni kuzatib
turadilar.
5. O„yin yakunida ta‟lim oluvchilardan ular ijro etgan rolni yana qanday ijro etish
mumkinligini izohlashga imkoniyat beriladi. Kuzatuvchi bo„lgan ta‟lim oluvchilar o„z yakuniy
mulohazalarini bildiradilar va o„yinga xulosa qilinadi.
Ushbu metodni qo„llash uchun ssenariy ta'lim beruvchi tomonidan ishlab chiqiladi. Ba‟zi
hollarda ta‟lim oluvchilarni ham ssenariy ishlab chiqishga jalb etish mumkin. Bu ta‟lim
oluvchilarning motivatsiyasini va ijodiy izlanuvchanligini oshirishga yordam beradi.
Ssenariy
maxsus fan bo„yicha o„tilayotgan mavzuga mos ravishda, hayotda yuz beradigan ba‟zi bir
holatlarni yoritishi kerak. Ta‟lim oluvchilar ushbu rolli o„yin ko„rinishidan so„ng o„z fikr-
mulohazalarini bildirib, kerakli xulosa chiqarishlari lozim.