(3-ilova).
(4-ilova)
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1.
Rul boshqarmasining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashini
tushuntiring?.
2.Rul yuritmasiga nimalar kiradi?.
3. Rul kuchaytirgichlarinima vazifani bajaradi?
Kichik guruhlarda ishlash texnologiyasi
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan kichik guruhlarda ishlashni tashkil
etish uchun faoliyat yo‘nalishi aniqlanadi.
Muammodan bir-biriga
bog‘liq bo‘lgan masalalar belgilanadi. Mavzuning kerakli asosi
yaratiladi. Mavzuni o‘rganishdan oldin o‘quvchilar
mazkur muammo
haqida tushunchaga ega bo‘lishlari lozim. Keyin guruh o‘quvchilari
kichik guruhlarga, ya’ni 3-5 kishidan bo‘linishlari kerak. O‘qituvchi
tomonidan o‘quvchilarga aniq ko‘rsatmalar beriladi.
Berilgan
muammoni yechishda o‘qituvchi o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlab va
yo‘naltirib turadi. Mavzu so‘ngida muhokama qilinadi.
O‘quvchi kichik guruhlarda ishlaganida, darsda faol ishtirok etish
huquqiga, boshlovchi rolida bo‘lishga, bir-biridan o‘rganishga va turli
nuqtai-nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi.