|
Yangi mavzu : Murakkab tuzilishdagi algoritmlar
|
bet | 2/4 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 232,5 Kb. | | #262489 |
Bog'liq ochiq dars senariysiYangi mavzu : Murakkab tuzilishdagi algoritmlar .
REJA
1.Takrorlanuvchi algoritmlar va turlari.
2.Tarmoqlanuvchi algoritmlar va turlari.
3. Takrorlanuvchi xamda tarmoqlanuvchi algoritmlarning bir vaqtda kelishi
Algoritm hozirgi zamon matematikasining eng keng tushunchalaridan biri hisoblanadi.
Algoritm (algorifm) so‘zi o‘rta asrlarda paydo bo‘lgan bo‘lib, buyuk mutafakkir bobokalonimiz Al-Xorazmiyning (783-855) ishlari bilan yevropaliklarning birinchi bor tanishishi bilan bog‘liqdir. Bu ishlar ularda juda chuqur taassurot qoldirib algoritm (algorithmi) so‘zining kelib chiqishiga sabab bo‘ldiki, u Al-Xorazmiy ismining lotincha aytilishidir. U paytlarda bu so‘z arablarda qo‘llaniladigan o‘nlik sanoq tizimi (sistemasi) va bu sanoq tizimida hisoblash usulini bildirar edi. Shuni ta’kidlash lozimki, yevropaliklar tomonidan arab sanoq tizimining Al-Xorazmiy ishlari orqali o‘zlashtirishga, keyinchalik hisoblash usullarining rivojlanishiga katta turtki bo’ldi.
Shunaday qilib, biz algoritm deganda, berilgan masalani yechish uchun ma’lum tartib bilan bajarilishi kerak bo‘lgan chekli sondagi buyruqlar ketma-ketligini tushunamiz.
Biror sohaga tegishli masalani yechish algoritmini tuzish algoritm tuzuvchidan shu sohani mukammal bilgan holda, qo‘yilgan masalani chuqur tahlil qilishni talab qiladi. Bunda masalani chuqur tahlil qilishni talab qiladi. Bunda masalani yechish uchun kerak bo‘lgan ishlarning rejasini tuza bilish muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, masalani yechishda ishtirok etadigan ob’ektlarning qaysilari boshlang‘ich ma’lumot va qaysilari natijaligini aniqlash, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishni aniq va to‘la ko‘rsata bilish, yoki dastur (programma ) tuzuvchilar tili bilan aytganda, masalaning ma’lumotlar modelini berish lozim.
Berilgan masala algoritmini yozishning turli usullari mavjud bo‘lib , ular qatoriga so‘z bilan, blok-tarh (blok-sxema) shaklida , formulalar , operatorlar yordamida, algoritmik yoki dasturlash tillarida yozish va xokazolarni kiritish mumkin .
Algoritm so‘zlar, matematik fo‘rmulalar, algoritmik tillar, geometrik tarhlar(sxemalar), dasturlash tillari va boshqalar yordamida tavsiflanadi.
Amalda yechiladigon masalalar va demak, algoritmlar turlari ham juda ko‘p bo‘lishiga qaramasdan ular asosan besh xil:
1-chiziqli
2-tarmoqlanuvchi
3-sikllik
4-iteratsion
5-cheksiz takrorlanuvchi shakllarda bo‘ladi deb aytish mumkin.
|
| |