• 16-Mavzu: Elektron jadvallarning maqsadi va vazifalari. MS Excel interfeysi va uning konfiguratsiyasi
  • Nazorat savollari
  • -osqich. Yakuniybosqich




    Download 34,86 Kb.
    bet2/2
    Sana03.02.2024
    Hajmi34,86 Kb.
    #150961
    1   2
    Bog'liq
    16-Mavzu K.T.D.T
    Kukharenko A book of Practice in Stylistics-108, 4-lab, Farrux, Farrux 12, Windows Server 2016, UMK Statistika 1 qism 2020-2021, 2. Ўрта гуруҳ ривож.харитаси, gzgzdg, loyiha yakuniy, amaliy o\'quv qo\'llanma, ozoda 2, 13 мактаб Муассасани тахлил килиш буйича саволном, Maktabni boshqarishda maktab direktorining vazifalari, 1-ma`ruza ped naz va tarixi, Bellashuv.uz - Tarbiyaviy soat sinf 9
    3-osqich.

    Yakuniybosqich

    (10 daq.)



    Mashg’ulot yakuni
    Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izohlab baholahdi va rag’batlantiradi.
    Uyga vazifani berilishi
    Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yuriqnoma beradi. (7-ilova)



    Baholari bilan tanishadilar.


    Topshiriqni yozib oladilar





    16-Mavzu: Elektron jadvallarning maqsadi va vazifalari. MS Excel interfeysi va uning konfiguratsiyasi

    Reja
    1.MS Excel dasturining interfeysi bilan ishlash


    2.MS Excel dasturida fayllar bilan ishlash
    3.Ishchi kitobida satr va ustunda amallar bajarish

    MS Excel dasturining interfeysi bilan ishlash



    Ko’pincha ma’lumotlarni qayta ishlashda ularni jadval ko’rinishda tasvirlashga to’g’ri keladi. Jadvalli ma’lumotlarni faqat saqlash emas, balki ularni qayta ishlash ham mumkin. Jadval satr va ustunlardan tashkil topadi. Ma’lumotlar ustun va satrlar kesishmasidan hosil bo’lgan yacheykalar (katakchalar) ga yoziladi. Bu holda, jadvalning bir qism yacheykalari oldindan berilgan ma’lumotlar bilan, boshqa qism yacheykalari esa, oldindan ma’lum bo’lgan ma’lumotlar ustida bajarilgan turli xil arifmetik va boshqa amallar natijasida to’ldiriladi. Jadvaldan foydalanishga hayotdan ko’plab misollar keltirish mumkin. Masalan, sinf jurnalini olaylik. Undagi dars o’tilgan sanalar ustunni, har bir o’quvchining o’zlashtirishi satrni belgilaydi.
    Jadval ko’rinishdagi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun maxsus dasturlar paketi, ya’ni elektron jadvallar (spreadsheet) yoki elektron prosessorlar ishlab chiqilgan. Elektron jadvallar asosan iqtisodiy xarakterga ega bo’lgan masalalarni yechish uchun mo’ljallangan. Lekin bu elektron jadvallar yordamida boshqa masalalarni, masalan formulalar bo’yicha hisoblashlar bajarish, grafikli bog’lanishni qurish va hokazolarni ham bajarish mumkin. Elektron jadvallarda ishlashni o’rganish masalani dasturlovchi yordamisiz yechishni amalga oshirish imkonini beradi. Elektron jadvallar shaxsiy kompyuterlarda, asosan, 1980 yildan keyin qo’llanila boshlagan. Dastlab, asosan Lotus 1-2-3 elektron jadvali qo’llanilgan. Keyinchalik, kompyuterlarda SuperCals elektron jadvali qo’llanilgan. Hozirgi vaqtda zamonaviy kompyuterlarda ancha takomillashgan elektron jadvallar qo’llanilmoqda, xususan Microsoft Excel.
    Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo’lib, u Windows operasion qobiq dasturi boshqaruvida ishlovchi hamda ma’lumotli elektron jadvallarni tayyorlash va qayta ishlashga mo’ljallangan.
    Excelda tayyorlangan har bir hujjat (ma’lumotli jadval) ixtiyoriy nom va .xls kengaytmadan iborat fayl bo’ladi. Excel atamasida bunday fayl “Ish kitobi” (Workbook) deb yuritiladi.
    Microsoft Excelning asosiy ish maydoni - bu “Ish kitobi” bo’lib, u bir yoki bir nechta ish varaqlaridan iborat. Ish varag’ida buxgalter (hisobchi) kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, hisoblar qator va ustunlarda joylashgan bo’ladi. Excel ning buxgalter kitobidan asosiy farqi shundaki, barcha hisob ishlarini uning o’zi bajaradi, lekin ma’lumotlarni kiritish foydalanuvchi zimmasida qoladi.
    Microsoft Excel 2003 elektron jadvali 65536 ta satr (row) va 256 ta ustun (column) dan iborat. Qatorlar 1 dan 65536 gacha bo’lgan butun sonlar bilan tartiblangan, ustunlar esa, lotin alifbosining harflari bilan belgilanadi: A, B, ... , Z. Agar harflar yetishmasa, ikkita harflar birikmasidan foydalaniladi: AA, AB, ... , IV. Qator va ustun kesishmasida elektron jadvalning asosiy tarkibiy elementi - yacheyka (cell) joylashgan. Yacheyka nomeri ustun va satr nomerlarining birikmasidan tashkil topadi. Har bir yacheykaga son, matn yoki formula tarzidagi ma’lumotlar kiritiladi. Ustun yoki satrning o’lchamini o’zgartirish ham mumkin. Jadvalning tanlangan yacheykasiga o’tish uchun aniq manzil (adres) ko’rsatilishi kerak. U qator va ustun kesishmasida, masalan A1, B4, F9, AB3 kabi ko’rsatiladi.
    Excel dasturini ishga tushirish va undan chiqish
    Excel dasturini ishga tushirish uchun "sichqoncha" ko’rsatkichi dastlab, Puskka keltiriladi, ekranda paydo bo’lgan asosiy vertikal menyu qatoridan Programmы bo’limi tanlanadi va undagi mavjud dasturlar ro’yxatidan Microsoft Excel tanlanadi va «sichqoncha» tugmachasi bosiladi.
    Excel dasturi yuklangandan so’ng, ekranda uning umumiy ko’rinishdagi ishchi stoli ekranga chiqadi.

    Ishchi stolning birinchi qatorida dastur sarlavhasi ishga tushirilgan fayl nomi bilan birgalikda (Microsoft Excel-Kniga1) hamda oynani boshqarish tugmachalari joylashgan.


    Ikkinchi qatorida Excel dasturining buyruqlarini saqlovchi menyu satri joylashgan.

    Menyu satridan keyingi bir nechta qatorda Excel dasturi bilan ishlashni osonlashtiruvchi Standartnaya va Formatirovaniye

    uskunalar majmuasi joylashgan. Agar dastur bilan ishlash jarayonida boshqa uskunalar majmuasi bilan ishlash zaruriyati tug’ilsa, uni ham oynaning ixtiyoriy chegarasiga o’rnatish mumkin.
    Buning uchun menyuning Vid bo’limidan Paneli instrumentov bandidan Nastroyka tanlanadi. Ekranda quyidagi muloqot oynasi paydo bo’ladi.

    Bu yerdan kerakli uskuna «sichqoncha» ko’rsatkichi yordamida tanlanadi. Tanlangan uskuna «sichqoncha» tugmachasini qo’yib yubormasdan oyna chegarasiga o’rnatiladi.


    Oynaning asosiy qismini jadval egallaydi va [A1] yacheykada kursor turadi. Kursorni [],[],[],[] ko’rsatkichlar yordamida jadval bo’ylab siljitish mumkin.
    Excel dasturi bilan ishni tugallash quyidagi usullarning biri bilan bajariladi:
    1. [ALT][F4] tugmachalarini birgalikda bosish bilan.
    2. Excel ishchi stolining yuqori o’ng burchagida joylashgan [x] belgida «sichqoncha» tugmachasini bosish bilan.
    3. Menyuning Fayl bo’limidan Vыxod buyrug’ini tanlash bilan.
    Agar Excel dasturidan chiqishda ekranda saqlanmagan fayl bo’lsa, u holda, ekranda muloqot oynasi paydo bo’ladi va undagi so’rovga javob beriladi: Yes (Da) - faylni saqlash, No (Net) - faylni saqlamasdan chiqish, Cancel (Otmena) -dasturga qaytish.

    EXCEL menyusi bilan ishlash


    EXCEL ekranining yuqori qatorida matn va uning qismlari ustida turli xil amallar bajarish uchun mo’ljallangan uning menyusi joylashgan.

    Excel dasturining menyusi Fayl, Pravka, Vid, Vstavka, Format, Servis, Dannыye, Okno, ? bo’limlaridan iborat. Menyu bo’limi bilan ishlash uchun «sichqoncha» ko’rsatkichi shu bo’limga keltiriladi va chap tugmachasi bosiladi. Natijada, ekranda vertikal holatda shu menyu bo’limining buyruqlari paydo bo’ladi va kerakli buyruq tanlanadi.


    Excel menyusi bo’limlari bilan qisqacha tanishib chiqamiz:
    Fayl bo’limi. Bu menyu bo’limi yordamida yangi elektron jadvalni tayyorlash uchun oyna ochish (Sozdat), xotiradagi faylni ekranga chaqirish (Otkrыt), joriy faylni yopish (Zakrыt), tayyorlangan ma’lumotli hujjatni kompyuter taklif qilgan nom bilan (Soxranit) yoki foydalanuvchi o’zi hohlagan nom bilan (Soxranit kak...) fayl ko’rinishda diskda saqlash, sahifalar parametrlarini o’rnatish (Parametrы stranisы), faylni printerda chop qilishdan oldin sahifalarda qanday joylashganligini ekranda ko’rish (Predvaritelnыy prosmotr), faylni printerda chop qilish (Pechat), Excel dasturidan chiqish va hokazo ishlarni bajarish mumkin.
    Pravka bo’limi. Bu menyu bo’limi yordamida jadvalning biror bir bo’lagini qirqib olish (Vыrezat) yoki nusxa ko’chirish (Kopirovat), qirqib olingan jadval bo’lagini kerakli joyga qo’yish (Vstavit), jadvalni to’ldirish (Zapolnit), jadval yacheykasini tozalash (Ochistit), yacheykadagi ma’lumotlarni o’chirish (Udalit), jadval varaqlarini o’chirish (Udalit list) va hokazo ishlarni bajarish mumkin.
    Vid bo’limi. Bu menyu bo’limi yordamida sahifa o’lchamlari, sahifaga belgi qo’yish, formulalar yozish uchun maxsus bo’limlar bilan ishlash, asboblar uskunalarni olib tashlash yoki o’rnatish, jadval masshtabini berish kabi ishlarni bajarish mumkin.
    Vstavka bo’limi. Bu menyu bo’limi yordamida jadvalga satr yoki ustun bo’yicha yacheyka qo’shish (Yacheyki), jadvalga ustun (Stolbsы) yoki satr (Stroki) qo’shish, diagramma hosil qilish (Diagramma), rasm qo’yish (Risunok), funksiyalar bilan ishlash va hokazo bir qator amallarni bajarish mumkin.
    Format bo’limi. Bu menyu bo’limi yordamida jadval ustunining eni (StolbesShirina), satrning balandligini (StrokaVыsota) o’zgartirish, yacheyka formatlarini o’rnatish (Yacheyki), avtoformatlash (Avtoformat), shartli formatlash (Uslovnoye formatirovaniye) va hokazo buyruqlarni bajarish mumkin.
    Servis bo’limi. Bu menyu bo’limi yordamida xatolarni aniqlash (Orfografiya), yacheykada belgi va so’zlarni almashtirish (Avtozamena), jadvalni himoyalash (Zaщita), parametrlarni tanlash (Podbor parametrы) kabi ishlarni amalga oshirish mumkin.
    Dannыye bo’limi. Bu menyu bo’limi yordamida jadvaldagi ma’lumotlarni sonli ma’lumotlari o’sib yoki kamayib borish tartibida saralash (Sortirovka), ma’lumotlarni filtrlash, natijaviy jadval tashkil etish, ma’lumotlarni tekshirish kabi ishlarni amalga oshirish mumkin.
    Okno bo’limi. Bu menyu bo’limi yordamida yangi oyna ochish (Novoye), oynani yashirish (Skrыt), oynani bo’lish (Razdelit), oynani ko’rsatish (Otobrazit) kabi ishlarni amalga oshirish mumkin. Okno bo’limida foydalanuvchi ishlayotgan fayllar ro’yxati ham joylashadi.
    ? bo’limi. Bu menyu bo’limi yordamida Excel dasturi to’g’risida ma’lumot olish mumkin.
    Uskunalar majmuasi bilan ishlash
    Excel dasturi bilan ishlashni osonlashtirish maqsadida uskunalar majmuasidan foydalaniladi. Excel dasturi bilan ishlash jarayonida, asosan, Standartnaya va Formatirovaniye uskunalar majmuasidan foydalaniladi.

    Standartnaya uskunalar majmuasini shartli ravishda 7 guruhga bo’lish mumkin:


    Standartnaya uskunalar majmuasidan quyidagilarni bajarish mumkin.
    1-guruh:
    - yangi ishchi kitobini tashkil qilish;
    - mavjud bo’lgan faylni ishga tushirish;
    - hujjatni saqlash;
    - hujjatni chop qilish;
    - hujjatni chop qilishdan oldin ko’rib chiqish;
    - yozilgan ma’lumotlarni tekshirish;
    2-guruh uskunalar majmuasidan quyidagilar bajariladi:
    - jadvaldan biror bir fragmentni qirqib olish (Cut);
    - fragmentni nusxalash (Copy);
    - fragmentni qo’yish (Paste)
    3 -guruh uskunalar majmuasi yordamida
    kiritilgan buyruqlarni qaytarish yoki bekor qilish mumkin.
    4- guruh uskunalar majmuasida amallar bajarish mumkin.  - da «sichqoncha» tugmachasi bosilganda, joriy yacheykada =Summ() funksiyasi paydo bo’ladi. - da «sichqoncha» tugmachasi bosilganda, quyidagi “Master funksiya” muloqot oynasi paydo bo’ladi.

    va uning yordamida joriy yacheykadagi funksiyani tahrir qilish va tanlash mumkin.


    5-guruh uskunalar majmuasida quyidagilarni amalga oshirish mumkin: tugmachalari yordamida ajratilgan ustun va satrlarni AYa o’sish yoki YaA kamayish tartibida joylashtirish mumkin.
    6-guruh uskunalar majmuasida quyidagilar bajariladi:
    - ixtiyoriy turdagi diagramma tuzish;
    - jadvalga rasm qo’yish(xuddi Worddagidek).
    7-guruh uskunalar majmuasida quyidagilar bajariladi:
    - elektron jadvalning ekrandagi ko’rinishini o’zgartirish
    (kichraytirish yoki kattalashtirish);
    - Excel dasturidan yordam olish.
    Formatirovaniye uskunalar majmuasida quyidagi tugmachalar joylashgan:
    (1)
    (2)

    (3)
    - Shriftlarni va uning o’lchamlarini tanlash (jirnыy, kursiv va podchyorknutыy)


    - Matnli ma’lumotlarni tartiblash;
    - Yacheykadagi sonli ma’lumotlar foizini hisoblash;
    - Sonlarning aniqligini oshirish yoki.

    MS Excel dasturida fayllar bilan ishlash

    Agar foydalanuvchi dastlab Excel dasturida ma’lumotlarni qayta ishlashda fayl nomini kiritmagan bo’lsa, u holda, kompyuter yangi faylni Kniga1(1-kitob) nomi bilan saqlashni tavsiya qiladi. Foydalanuvchi dastlab jadvaldagi ma’lumotni qayta ishlashi, keyin esa, uni ixtiyoriy nom bilan fayl ko’rinishda diskda saqlashi mumkin. Foydalanuvchi faylga yangi nom kiritmoqchi bo’lsa, menyudan FaylSoxranit kak... buyrug’i tanlanadi va ekranda muloqot oynasi paydo bo’ladi. Oynaning Imya fayla darchasiga fayl nomi kiritiladi hamda Soxranit tugmachasi bosiladi va natijada, jadval yangi nom bilan diskda saqlanadi.
    Fayl bir marta nomlanadi. Xotirada saqlangan faylga kiritilgan keyingi har bir o’zgarishni saqlash uchun menyuning Fayl bo’limidan Soxranit buyrug’i yoki uskunalar majmuasidagi belgida «sichqoncha» tugmachasi bosiladi.
    Agar foydalanuvchi oldindan mavjud bo’lgan fayllar bilan ishlamoqchi bo’lsa, u holda FaylOtkrыt buyrug’i tanlanadi yoki uskunalar majmuasidagi belgida «sichqoncha» tugmachasi bosiladi va ekranda quyidagi muloqot oynasi paydo bo’ladi.
    Ekranda fayllar ro’yxati paydo bo’ladi va “sichqoncha” ko’rsatkichi bilan fayl nomi tanlanadi va Otkrыt tugmachasi bosiladi. Umuman olganda, fayllarni ishga tushirish va saqlash Word dasturi kabi amalga oshiriladi. Excel dasturi ham Word dasturi kabi ko’p oynali dastur hisoblanadi.
    Faylni chop qilish
    Faylni chop qilishda ko’pchilik foydalanuvchilar menyuning Fayl  Pechat buyrug’idan yoki [Ctrl]  [R] tugmachalar majmuasidan foydalanadi. Bu holda ekranda quyidagi muloqot oynasi paydo bo’ladi.

    Bu oynada foydalanuvchi chop qilish parametrlarini va printer xossalarini o’rnatishi mumkin. Jadvalning barcha varaqlarini chop qilish uchun «vse» buyrug’i tanlanadi. Agar jadvalning ba’zi varaqlarini chop qilish kerak bo’lsa, u holda «stranisы» darchasiga, masalan, 1-15 kiritiladi va OK bosiladi. Chislo kopiy bo’limida jadvalning necha nusxada chop qilinishi ko’rsatiladi.


    3.Ishchi kitobida satr va ustunda amallar bajarish


    Excel dasturida tuzilgan jadvalga asosan 3 turdagi ma’lumotlar kiritiladi: matnli, sonli va formula. Jadvalga ma’lumotlar klaviatura tugmachalari yordamida kiritiladi. Qaysi yacheykaga ma’lumot kiritilishi kerak bo’lsa, kursor o’sha yacheykada turishi kerak.
    Sonlar. Kiritilgan ma’lumotlar faqat raqamlar ketma-ketligidan iborat va raqamlar oldida “+” (qo’shish), “-” (ayirish) arifmetik amal belgilari hamda “.” (nuqta) (sonning butun va kasr qismini ajratish uchun) simvollaridan iborat bo’lsa, bunday ma’lumot sonli ma’lumot deb tushuniladi. Masalan: 555; -45.6; 76.9 va hokazo.
    Formula. Ba’zan yacheykalardagi sonli ma’lumotlar ustida ayrim hisoblashlarni bajarish zaruriyati tug’iladi. Bunday vaziyatda formulalardan foydalaniladi.
    Excel yacheykasidagi formulaning dastlabki simvoli hamma vaqt “=“ (tenglik) belgisi hisoblanadi. So’ngra, arifmetik amal belgilari bilan o’zaro bog’langan ifodalar yoziladi. Masalan N8 yacheykasida
    = A5+ 4*V6
    formula yozilgan bo’lsa, B6 yacheykadagi sonli qiymat 4 ga ko’paytiriladi va A5 yacheykadagi songa qo’shilib, N8 yacheykaga yoziladi.
    Excel da ishlatiladigan arifmetik amal belgilari quyidagilar:
    + (qo’shish);
    - (ayirish);
    * (ko’paytirish);
    / (bo’lish)
    ^ (darajaga ko’tarish).
    Matn. Agar jadvalga yozilgan ma’lumot sonli yoki formula bo’lmasa, qolgan barcha hollarda kiritilgan ma’lumotlar matn deb tushuniladi. Masalan: =V1+V5 – bu formula, V1+V5 – bu matnli ma’lumot.
    Foydalanuvchi yacheykaga ma’lumotlar kiritgandan so’ng, ular ustida quyidagilarni bajarish mumkin.

    o’chirish;

    almashtirish;

    tahrir qilish.

    Yacheykadagi ma’lumotlarni o’chirish uchun uni aktivlashtirish, so’ngra, [Delete] tugmachasini bosish kerak. Agar bir nechta yacheykadagi ma’lumotlarni o’chirish kerak bo’lsa, dastlab, bu yacheykalar belgilanadi (bu «sichqoncha» yoki Shift hamda strelkalar yordamida) va [Delete] tugmachasi bosiladi.
    Yacheykadagi ma’lumotni boshqasiga almashtirish uchun, yacheyka aktivlashtiriladi va yangi ma’lumot kiritiladi.

    Satrning balandligini o’zgartirish uchun FormatStrokaVыsota buyruqlari tanlanadi va ekranda paydo bo’lgan so’rovga satr balandligi (sonlarda) kiritiladi va OK tugmachasi bosiladi. Odatda jadval satrining balandligi standart holatda 12,75 o’lchamda bo’ladi. Foydalanuvchi bu sonning o’rniga kerakli o’lchamni o’rnatishi mumkin. Masalan, 12,75 sonining o’rniga 18,50 sonini kiritishi mumkin. U holda jadvalning kursor turgan satrining balandligi o’zgaradi.



    Nazorat savollari:

    MS Excel dasturining interfeysi bilan ishlash

    MS Excel dasturining menyulari

    MS Excel dasturida fayllar ustida bajariladigan amallar va ularning usullari

    Microsoft Excelning asosiy ish maydoni

    Ishchi kitobida satr va ustunda amallar bajarish



    Sonlar, formula va matnga ta’rif bering
    Download 34,86 Kb.
    1   2




    Download 34,86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -osqich. Yakuniybosqich

    Download 34,86 Kb.