|
O‘quv – uslubiy majmua
|
bet | 126/225 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 1,49 Mb. | | #105226 |
Bog'liq 3 02 Informatika fanini o\'qitish metodikasi(1) (2)«Amir Temur o’gitlari» Kichik guruhlarga birlashishda o’quvchilarning o’z istaklariga qarash mumkin. Bunda yondashishning ijobiy tomoni o’quvchilarning o’zaro shaxsiy xayrixohliklarini hisobga olinishidir. Lekin salbiy tomonlari ham bor. Natijada kuch bo’yicha bir-biriga teng bo’lmagan guruhlar tashkil qilinishi mumkin va hamkorlikda olib borilgan faoliyat natijalari ham keskin farq qilishi mumkin. Bundan tashqari, guruhda do’stona, lekin o’zibo’larlikka asoslangan muhit yuzaga kelib, o’zaro muloqotda bo’lishga qiziqish, o’quv masalasini yechish jarayonini siqib chiqarishi mumkin.
Guruhlarni shakllantirganda yechiladigan masalaning mazmunini ham e’tiborga olish lozim. Masalan, o’qituvchi har bir guruhga masalaga qarama-qarshi nuqtai nazarda bo’lgan o’quvchilarni kiritishi mumkin. Natijada masalani yechish jarayonidagi muhokama jonli va qiziqarli chiqadi. Yoki aksincha, a’zolari bir sohaga qiziqishlari bo’lgan ta’vsirlanuvchi gamogen guruhlarni tuzish ham mumkin.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini qiziqarli tarzda kichik guruhlarga bo’lish yo’llaridan bir nechtasini keltirib o’tamiz. Ushbu usullar sinfning har birida 6-tadan o’quvchi bo’lgan 6-ta kichik guruhlarga bo’lishga imkon beradi. Guruhdagi o’quvchilar sonini 5, 7 yoki 8-taga o’zgartirib, sinfni 5, 7 yoki 8-ta guruhga ajratish ham mumkin:
Kichik bo’laklarga bo’lingan qog’ozlarga A1, A2, A3, A4, A5, A6, B1, B2, B3 belgilarni yozing. Stollarni A, B, V, G, D, Ye deb belgilang. SHundan so’ng qog’ozlarni ishtirokchilarga (o’quvchilarga) tarqating va unda yozilgan harfli stol atrofiga o’tirishni tavsiya eting.
6-ta rasm tayyorlang va har birini 6-ta bo’lakka bo’ling. Bo’lakchalarni aralashtirib stol ustiga qo’ying va ishtirokchidan (o’quvchidan) bittadan bo’lakchani tanlab olishni iltimos qiling. SHundan so’ng o’quvchilar bo’lakchalarni birlashtirib, yaxlit rasmni hosil qilishlari va bitta stol atrofiga o’tirishlari kerak bo’ladi.
Oltita ranglardan 6-ta qizil, 6-ta oq, 6-ta qora, 6-ta sariq, 6-ta ko’k, 6-ta yashil, jami 36ta kartochka tayyorlang. Sinfdagi o’quvchilarning har biri o’ziga yoqqan rangli kartochkani tanlab oladi va bir xil rangli kartochkani olgan o’quvchilar bitta stol atrofiga o’tirishadi.
Barcha o’quvchilar 1, 2, 3, 4, 5, 6 raqamlar bo’yicha tartib bilan sanalishadi. SHundan so’ng 1 raqamlilar bitta guruhga, 2 raqamlilar ikkinchi guruhga va hokazo birlashishadi.
O’qituvchi biror bir belgi bo’yicha jamlangan predmetlar nomi yozilgan yoki rasmlari tushirilgan kartochkalarni oldindan tayyorlaydi. Masalan:
daraxtlar - olma, olcha, o’rik, nok, xurmo, shaftoli; gullar – lola, atirgul, nartsiss, gladiolus, chinnigul, boychechak; idish-tovoqlar – qozon, choynak, piyola, likopcha, qoshiq, cho’mich va hokazo. O’quvchilar kartochkalarni tanlaydilar va belgilar bo’yicha (daraxtlar, gullar, idishtovoqlar va hokazo) guruhlarga birlashadilar.
|
| |