|
-mavzu.Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish shakli va uslublari
|
bet | 125/225 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 1,49 Mb. | | #105226 |
Bog'liq 3 02 Informatika fanini o\'qitish metodikasi(1) (2)8-mavzu.Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish shakli va uslublari(2 soat amaliy).
Darsning maqsadi
|
|
Tinglovchilarga Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari kurslarini o’qitish shakli va uslublari haqida bilim berish va ko`nikmalarini rivojlantirish, mustahkamlash.
|
Darsning rejasi
|
|
Reja
Informatika o’qitishning tashkiliy shakllari
O’qitishning guruhli shakli
Informatikadan laboratoriya mashulotlarini o’tkazish
|
Dars turi
|
|
Ma’ruza, amaliy mashg`ulot, bahs-munozara.
|
Dars bosqichlari
dars taqsimoti
|
va
|
Tashkiliy qism
Yang mavzu bayoni
III.Mavzuni mustahkamlash
IV. Darsga yakun yasash
|
O`quv jarayonining mazmuni
|
Metod: hamkorlikda o`rganish, jamoada, guruhlarda.
Jihoz : Kompyuterlar, proyektor, tarqatma materiallar, flipchat.
Usul: og`zaki, Yoz ma, taqdimot.
|
|
Baholash: reyting tizimda.
|
Uyga vazifa
|
Keyingi o`tiladigan dars mavzusiga tayyorlanish.Mavzuga doir adabiyotlar bilan tanishish.
|
Informatika o’qitishning tashkiliy shakllari
Informatika didaktikasi va o’qitish metodikasida o’qitishning tashkiliy shakllari markaziy o’rinlardan birini egallaydi.
O’qitishning tashkiliy shakllari deganda o’qituvchi va o’quvchining o’zaro munosabatlarini tashkil etish yo’llari tushuniladi.
O’qitishning tashkiliy shakllari bir qator mezonlar bo’yicha tasniflanadi: o’quvchilar soni, o’qish joyi va boshqalar. Birinchi mezon bo’yicha tasnifni ko’rib chiqamiz.
O’quvchi faoliyati ta’lim jarayoni qatnashchilari orasidagi o’zaro munosabatlarning bir bo’lagidir. O’quvchilarning individual faoliyatini nazarda tutuvchi shakllar ham mavjuddir.
Boshqa shakllar esa, masalan EHMda amaliy mashg’ulot, guruhda ishlashni talab etadi.
O’qitishning tashkiliy shakllari ko’pligi frontaldir.
O’qib o’rganilgan har bitta hunar, hunarmandga bir kun foyda keltirar. Nizomiy Ganjaviy O’qish olib boriladigan joyiga qarab maktaba va maktabdan tashqari shakllarga ajratiladi. Birinchilarga ustaxonada, laboratoriyada ishlash shakllari kirsa, ikkinchisiga uy, ekskursiyalar va boshqalar kiradi.
«AQSHda ta’lim bo’yicha instrukturalar guruhli ish olib borishni tavsiya etadilar. Zamonaviy tadqiqotlar, o’qitishning ushbu shakli o’quvchilar orasidagi dushmanlik munosabatlarining oldini olishning samarali taktikasi ekanligini ko’rsatmoqda. Guruhda ishlash tajribasi tafakkur uslubini «biz va ular»dan «biz» ko’rinishiga o’zgartiradi. Guruhda ishlaganda avvalo sinfning o’quv makoniga e’tibor berish lozim. Kichik guruhlarda ishlash yuzma-yuz ishlashni taqozo etadi. SHu sababli o’tirish joylarini an’anaviy, ya’ni o’quvchilar o’zidan oldingi o’quvchi boshining orqa tomonini va o’qituvchining yuzini ko’radigan holatda joylashtirliishi maqsadga muvofiq emas. O’tirish joylarining o’rnini o’zgartirish, guruhda muomala qilish imkonini beradigan kichik zonalar tashkil etish kerak bo’ladi. Bunda kichik guruhlar va har bir guruhdagi o’quvchilar sonini hisobga olish lozim (uch, to’rt, yetti va hokazo). Guruh bilan ishlash usuliga bog’liq holda o’tirish joylarini joylashtirishning quyidagi variantlari mavjud:
E’tibor berilishi lozim bo’lgan navbatdagi masala kichik guruhlarni shakllantirish jarayonini yaxshilab o’rganib chiqishdan iborat. O’quvchilar guruhlarda nafaqat o’quv masalasini yechishi, balki kommunikativ ko’nikmalarni ko’rsata olishi va mustahkamlashlari ham kerakligini yodda saqlash lozim. SHuning uchun avval boshdan bir-birining boshlagan ishini qo’llab quvvatlashga xohishi borligi va tayyor ekanligi o’z aksini topadigan guruhning emotsional iqlimi to’g’risida ham qayg’urish kerak bo’ladi.
Bilagi zo’r birni yiqar, bilimi zo’r – mingni.
|
| |