O‘quv – uslubiy majmua




Download 1,49 Mb.
bet197/225
Sana25.11.2023
Hajmi1,49 Mb.
#105226
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   225
Bog'liq
3 02 Informatika fanini o\'qitish metodikasi(1) (2)

Mavzuni mustaqil o’zlashtirish. Faning xususiyati, o’quvchilarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab tanlangan hamda ishchi o’quv dasturiga kiritilgan holda alohida mavzular o’quvchilarga mustaqil ravishda o’zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalashga va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralarga e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan vaziyatlarni aniqlashga va mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollar, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko’rsatish mumkin.
Topshiriqni bajarish jarayonida o’quvchilar mustaqil ravishda o’quv adabiyotlaridan foydalanib, ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o’zlashtirish qiyin bo’lsa, savollar paydo bo’lsa, adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va boshqa hollarda) o’qituvchidan maslahatlar oladilar.
Mustaqil o’zlashtirilgan mavzu bo’yicha tayyorlangan matn kafedrada himoya qilinadi.
Referat tayyorlash. O’quvchilarga qiyinlik darajasi o’quvchining shaxsiy imkoniyati, qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq bo’lgan biror mavzu bo’yicha referat tayyorlash topshiriladi. Bunda o’quvchi asosiy adabiyotlardan tashqari qo’shimcha adabiyotlar (monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, internet tarmog’i, elektron kutubxona materiallari va boshqalar) dan ham foydalanib materiallar yig’adi, tahlil qiladi, tizimlashtiradi va mavzu bo’yicha imkon darajasida to’liq, keng ma’lumot berishga harakat qiladi. Zarur holda o’qituvchidan maslahat va ko’rsatmalar oladi.
Yakunlangan referat kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya qilinadi.
Ko’rgazmali vositalar tayyorlash. O’quvchiga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq o’zlashtirish uchun yordam beradigan ko’rgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, rasmlar, modellar va boshqalar) tayyorlash topshiriladi. Mavzu o’qituvchi tomonidan aniqlanib, o’quvchiga ma’lum ko’rsatmalar, yo’l-yo’riqlar beriladi. Ko’rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni o’quvchi tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo’yicha bir necha o’quvchiga berish mumkin.
O’quvchi ko’rgazmali materiallardan foydalanish bo’yicha yozma ravishda tavsiyalar tayyorlaydi va kafedrada himoya qiladi.
Mavzu bo’yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash. O’quvchiga muayyan mavzu bo’yicha testlar, qiyinchilik darajasi har xil bo’lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo’ladigan savollar tuzish topshiriladi.
Bunda o’qituvchi tomonidan o’quvchiga testga qo’yiladigan talablar va uni tuzish qonunqoidalari, qanday maqsad ko’zda tutilayotganligi, muammoli savollar tuzishda mavzuning munozarali momentlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari bo’yicha yo’lyo’riq beriladi. Konsultasiya paytlarida bajarilgan ishlarning qo’yilgan vazifa va talablarga javob berish darajasi nazorat qilinadi (qayta ishlab kelish, aniqlashtirish, to’ldirish taklif etilishi mumkin).
Test, savol va topshiriqlar majmuasi kafedrada eskpertlar ishtirokida himoya qilinadi.
Ilmiy maqola, tezis va ma’ruzalar tayyorlash. O’quvchiga biron bir mavzu bo’yicha ilmiy
yoki referativ harakterga ega bo’lgan maqola, tezis yoki ma’ruza matni tayyorlash topshiriladi. Bunda o’quvchi o’quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertasiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to’playdi, tahlil qiladi, zarurlarini ajratib olib tartibga soladi, shaxsiy tajribasi va bilimi, ilmiy natijalariga asoslangan holda qo’shimchalar, izohlar kiritadi, o’z nuqtai-nazarini bayon etadi va asoslaydi.
Bunda o’quvchi o’qituvchi bilan hamkorlikda ishlaydi.
Tayyorlangan maqola, tezis yoki ma’ruza kafedrada himoya qilinadi.
Amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va unga ijodiy yondoshish. Bunda o’quvchiga biror mavzu yoki bo’lim bo’yicha nostandart, ya’ni alohida yondashuv talab qilinadigan, nazariy ahamiyatga ega bo’lgan amaliy topshiriqlar, ijodiy yondashuv talab qilinadigan ilmiy-ijodiy vazifalar topshiriladi. Amaliy topshiriqlar masalani hal qilishning optimal variantlarini qidirib topishga qaratilgan bo’lishi kerak.
Mavzu yoki bo’lim bo’yicha berilgan topshiriqlar natijasi kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya qilinadi.
Bundan tashqari o’quvchining qiziqishi va qobiliyatiga qarab, unga ilmiy harakterdagi topshiriqlarni berish, o’qituvchi bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar tayyorlash va chop ettirish mumkin.
O’quvchilarning mustaqil ta’limini samarali tashkil etish uchun quyidagilar bajarilishi kerak:

  • berilgan topshiriqni bajarishga tizimli yondashuv;

  • topshiriqni bajarishning barcha bosqichlarini muvofiqlashtirish va uzviylashtirish;

  • topshiriqning bajarilishi ustidan qat’iy nazorat o’rnatish;

  • topshiriq bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish mexanizmini takomillashtirib borish zarur.

Mustaqil ish topshiriqlari muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun quyidagi talablar bajarilishi lozim:

  • maqsadning aniq asoslanishi (bilimni mustahkamlash, yangi bilimlarni o’zlashtirish, ijodiy faollikni oshirish, amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish va boshqalar);

  • vazifa va topshiriqlarning aniq-ravshan belgilanishi;

  • topshiriqlarni bajarish algoritmi va metodlaridan o’quvchilarning yetarli darajada xabardor bo’lishi;

  • maslahat va boshqa yordam turlarining to’g’ri belgilanishi (yo’llanma va ko’rsatma berish, mavzuning mazmuni va mohiyatini tushuntirish, muammoli topshiriqlarni bajarish usullari bo’yicha tushuncha berish, ayrim muammoli vaziyatlarni birgalikda hal qilish va boshqalar);

  • hisobot shakli va baholash mezonini aniq belgilash;

  • nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olish (amaliy, laboratoriya mashg’ulotlari, konsultasiya uchun yoki nazorat uchun maxsus ajratilgan vaqt; ma’ruza yoki referat matni, bajarilgan topshiriqlar daftari, nazorat ishlari, uy vazifasi daftari, kurs ishlari, test, maqola, nostandart topshiriqlar, savollar, ko’rgazmali jixozlar va ijodiy ishlar; savol-javob, bajarilgan ish mazmuni va mohiyatini tushuntirib berish, yozma shaklda bayon qilish va boshqalar).

O’quvchilar mustaqil ishini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin:

Download 1,49 Mb.
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   225




Download 1,49 Mb.