|
-mavzu.Informatika va axborot texnologiyalaridan mustaqil ishlarning mazmuni va o’tkazish metodikasi
|
bet | 196/225 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 1,49 Mb. | | #105226 |
Bog'liq 3 02 Informatika fanini o\'qitish metodikasi(1) (2)4-mavzu.Informatika va axborot texnologiyalaridan mustaqil ishlarning mazmuni va o’tkazish metodikasi (2 soat seminar).
Reja:
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari kurslari bo’yicha mustaqil ishlarining mazmuni.
Mustaqil ishlarni o’tkazish metodikasi.
Zamonaviy komputerlarda amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish, o’quvchilarning «Informatika va axborot texnologiyalari» fanini mukammal o’rganishlarida muhim rol o’ynaydi. Ikkinchi tomondan, ularning bilan ishlash bilim va ko’nikmalarini shakllantirishda amaliy va mustaqil mashg’ulotlari katta ahamiyatga ega.
Uslubiy ishlanmada mustaqil mashg’ulotlarini bajarish bo’yicha topshiriqni bajarish namunasi, topshiriqni bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar, o’quvchilarning mustaqil bajarishlari uchun topshiriqlar, referat mavzulari, foydalanish uchun adabiyotlar ro’yxati va yakuniy nazorat savollari berilgan.
Referat mavzulari va mustaqil ish variantlari o’quvchilarning har biri uchun alohida topshiriq sifatida taqsimlab beriladi, ya’ni o’quvchilar guruh jurnallaridagi tartib raqamlariga mos referat mavzularini va mustaqil topshiriq variantlarni bajaradilar. Referatning tuzilishi quyidagicha bo’ladi: Titul baraqasi.
Reja.
Kirish qismi.
Asosiy qismi.
Xulosa.
Ilovalar.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Har bir mustaqil topshiriq quyidagi bosqichlar orqali amalga oshiriladi:
Mashg’ulotning mavzusi.
Mashg’ulotning maqsadi.
Mavzu bo’yicha nazariy ma’lumotlar.
Topshiriqning mazmuni.
Topshiriqni bajarish algoritmi.
Topshiriqni bajarish dasturi.
Topshiriq natijasi.
O’quvchilar mustaqil topshiriqlarni bajarish bilan birga, topshiriqlarni bajarilishi bo’yicha hisobot yozib borishlari va bu hisobotlarni nazorat o’tkazish davrigacha topshirishlari lozim. Izoh: Topshiriqning bajarilish natijasi, printerda chop etilgan holda, hisobotga ilova qilinishi kerak.
Xozirgi davrda o’quvchilarning mustaqil o’qish va bilim olish qobiliyatlarini shakllantirish muammolari ta’lim tizimining muhim omillaridan biri xisoblanadi. O’quvchilarning mustaqil ishi, o’quv jarayonining ajralmas tashkil etuvchilaridan biri bo’lib, uni bajarishda o’quvchida bilish faoliyati shakllanadi va ijodiy ishga bo’lgan qiziqishi uyg’onadi.
O’quvchi qo’yilgan muammoni mustaqil yechishi natijasida o’zining qobiliyatiga bo’lgan ishonch tuyg’usi oshadi. SHunday ekan, o’quvchining mustaqil bilim olishi qobiliyatini shakllantirish dolzarb vazifa bo’lib, unga pedagogik jarayon sifatida qarash lozim. Bunday pedagogik jarayonda ikkita sub’ekt, ya’ni o’quvchi hamda o’qituvchi ishtirok etadi va mustaqil bilim olish uchun tashkil etilgan pedagogik jarayonning maqsad va tizimlarini belgilaydilar.
O’quvchilar mustaqil ishining asosiy maqsadi-malakaviy o’qituvchilarning bevosita rahbarligi va maslahati asosida o’qitilayotgan joriy fanlar bo’yicha qo’yilgan vazifalarining yechimini ijodiy ravishda mustaqil bajarishi uchun zaruriy bilim, malaka va ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, ijodiy fikrlash va bilim manbalaridan mustaqil foydalanish qobiliyatini yuksaltirishdir [10,26,30].
Quyidagilar o’quvchi mustaqil ishining vazifalarini belgilaydi:
fanlar bo’yicha bilimlarni mustaqil tarzda puxta o’zlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lish uchun o’quv-uslubiy adabiyotlardan maqsadli foydalanish;
mustaqil ishlarni bajarish jarayonida malakali o’qituvchilar maslahatidan foydalanish, mavjud muammolar xususida fikr almashish;
elektron o’quv adabiyotlardan samarali foydalanish texnologiyalarini o’qituvchi, muhandis yoki operatorlar ko’magida o’zlashtirish;
ta’lim portallari, Internet xizmatlari imkoniyatlarini va ulardan foydalanishni
o’zlashtirish;
mustaqil ravishda bajarilgan ijodiy ishlarni (maket, model, referat, masala yechimi, grafik algoritm, dastur, diagramma, krassvord, eksperiment, slayd, prezentatsiya va h.k) gurux o’quvchilari oldida namoyish etish;
mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda bilim va ko’nikmalarini qo’llay olish;
fanlar bo’yicha o’tkaziladigan litsey, viloyat, Respublika ko’riklarida, tanlovlarda faol ishtirok etish va h.k.
Demak, o’quvchi mustaqil ishining maqsadi va vazifalarini amalga oshirishda o’qituvchilarga ham ayrim didaktik talablar ko’yiladi. Jumladan:
mustaqil ish topshiriqlarini didaktik maqsadlar bo’yicha, bilimlar manbai bo’yicha, topshiriqlarning turlari bo’yicha, ishning mohiyati va murakkablik darajasi bo’yicha klassifikatsiyalash;
o’quvchilarga mustaqil ishlash usullarini o’rgatish, ularda aqliy mehnat madaniyatini shakllantirish;
mustaqil ishlarni bajarish bo’yicha o’quvchilar uchun zaruriy o’quv-uslubiy ko’rsatmalarni ishlab chiqish;
-mustaqil ish topshiriqlarini klassifikatsiyalash (didaktik maqsadlar bo’yicha, bilimlar manbai bo’yicha, topshiriqlarning turlari bo’yicha, mustaqil ishning mazmuni hamda moxiyati bo’yicha, murakkablik darajasi bo’yicha va h.k)
o’quvchilarga mustaqil ishlash usullarini o’rgatish, ularda aqliy ruhiyat madaniyatini shakllantirish;
o’quvchilarni kerakli adabiyotlar bilan ta’minlash va ularga uslubiy yordam berish;
xar bir o’quvchining individual qobiliyatini inobatga olgan holda shaxsga yunaltirilgan o’qitish tizimini qo’llash va h.k
O’quvchi mustaqil ishini tashkil etish asoslarini ko’rib chiqamiz.
Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilari uchun fanlardan mustaqil ishlarni tashkil etishda uning bir nechta turlarini qo’llashni tavsiya etimiz. Bizning fikrimizcha, mustaqil ishlarning tashkiliy shakllarini belgilashda «oddiydan-murakkabga» hamda «umumiydanxususiyga» printsiplariga amal qilish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari mustaqil ishlarning tashkiliy shakllarini ishlab chiqishda har bir o’quvchining shaxsiy imkoniyatlari, uning qobiliyati hamda o’zlashtirish darajasi inobatga olinishi, shuningdek shaxsga yo’naltirilgan o’qitish usullarini qo’llashimiz lozim.
elektron pochta orqali o’qituvchi bilan muloqot o’rnatish, masofaviy o’qitish tizimining elementlarini qo’llash;
immitatsion o’yinlar tashkil etish, ularning stsenariylarini tayyorlash, tahlil etish;
ishlab chiqarish tashkilotlari bilan tuzilgan xo’jalik shartnomalarida faol ishtirok etish va h.k.
Mustaqil ishlarning tashkiliy shakllarini ishlab chiqishda har bir topshiriq unga ajratilgan vaqt me’yoriga to’g’ri kelishi, o’zining yakuniy yechimiga ega bo’lishi va murakkabligi bo’yicha har bir o’quvchining akliy qobiliyati darajasida bo’lishi kerak.
Bu borada biz mustaqil ishlarning o’quv- uslubiy, tashkiliy va axborot ta’minotiga, ayniqsa AKT dan keng foydalanish masalalariga e’tibor qaratishimiz zarur.
Har bir mustaqil ishga ajratilgan vaqt me’yori uni to’la bajarish uchun yetarli bo’lishi lozim. Masalan, o’quvchiga aniq mavzu bo’yicha referat tayyorlash rejalashtirilganda mavzu bo’yicha o’quvchi o’quv-uslubiy adabiyotlar yoki Internet manbalari bilan tanishib chiqishi va kerakli ma’lumotlar to’plashi, shuningdek referatning rejasini ishlab chiqish hamda uni tayyorlashi uchun 4 yoki 6 soatgacha vaqt ajratilishi tavsiya etiladi. Bu borada mustaqil ishlarni nazorat kilish va baxolash mezonlarini ishlab chiqish ham o’qituvchi tomonidan bajarilishi kerak.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlagan sohasi bo’yicha mustaqil faoliyat ko’rsata oladigan, o’z bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondoshgan holda muammoli vaziyatlarni to’g’ri aniqlab, tahlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg’ulotlari paytida o’quvchilarga yetkazib bo’lmaydi.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, o’quvchi mustaqil ravishda shug’ullanganda va o’z ustida ishlagandagina bilimni chuqur o’zlashtirishi mumkin. O’quvchilarning asosiy bilim, ko’nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, ularda mustaqil faoliyat ko’rsatish qobiliyati rivojlanadi hamda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo’ladi. SHuning uchun o’quvchilarning mustaqil, ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va amalga oshirish, buning uchun barcha zaruriy imkoniyatlarni yaratish oliy ta’limning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
O’quvchilar mustaqil ishi – muayyan fan bo’yicha o’quv dasturida belgilangan, o’quvchi tomonidan o’zlashtirish lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakaning ma’lum bir qismi bo’lib, fan o’qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriyada va auditoriyadan tashqarida bajariladigan tizimli faoliyatdir.
O’qishning boshlang’ich bosqichlarida o’quvchi mustaqil ishini tashkil etish bir qator vazifalar bilan bog’liq. Ayniqsa, birinchi kurs o’quvchilari ta’limning navbatdagi turi, ya’ni oliy ta’lim talablariga ko’nikishi qiyin kechadi. CHunki, ular ta’lim olish jarayonida o’z mustaqil faoliyatlarini tashkil qilishini deyarli bilishmaydi. Ma’lumotlarni qaysi manbadan, qanday qilib topish, ularni tahlil qilish, eng zarurlarini ajratib olish va tartibga solish, konspektlashtirish, o’z fikrini aniq va yorqin ifodalash, o’z vaqtlarini to’g’ri taqsimlash, o’zlarining aqliy va jismoniy imkoniyatlarini to’g’ri baholash ular uchun katta muammo bo’ladi. Eng asosiysi, ular hali mustaqil ta’lim olishga ruhan tayyor bo’lishmaydi. SHuning uchun ham har bir professoro’qituvchi avvalo, o’quvchida o’z qobiliyati va aqliy imkoniyatlariga ishonch uyg’otishi, sabrtoqat bilan bosqichma-bosqich mustaqil bilim olishni to’g’ri tashkil qilishga o’rgatib borishi kerak bo’ladi. O’quvchilarning mustaqil ravishda o’zlashtiradigan bilimlari, ko’nikmalari kursdan-kursga murakkablashib, kengayib o’quvchilarning tashabbuskorligi va roli oshib boradi. SHunda mustaqil ta’limga ko’nika boshlagan o’quvchi faqat o’qituvchi tomonidan belgilab berilgan ishlarni bajaribgina qolmay, o’zining ehtiyoji, qiziqishi va qobiliyatiga qarab, o’zi zarur deb hisoblagan qo’shimcha bilimlarni ham mustaqil ravishda tanlab o’zlashtirishga o’rganib boradi.
O’quvchilar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi jihatlarni e’tiborga olish lozim:
o’qish bosqichi;
muayyan fanning o’ziga xos xususiyati va o’zlashtirishdagi qiyinchilik darajasi;
o’quvchining qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi (tayanch bilimi); - fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasi;
o’quvchining axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi.
Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli, hajmi, qiyinlik darajasi va bunga muvofiq ravishda o’quvchilarda hosil bo’lgan ko’nikmalar ham semestrdan-semestrga o’tgan sayin ortib borishi lozim, ya’ni o’quvchilarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqillik darajasini asta-sekin oshirib borish hamda ularni topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondoshishga o’rgatib borish kerak bo’ladi.
O’quvchilar mustaqil ishlarini tashkil etishda, o’quvchining akademik o’zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanilanish mumkin:
fanga oid ayrim mavzularni o’quv adabiyotlari yordamida o’zlashtirish, o’quv manbalari bilan ishlash;
amaliy, seminar va laboratoriya mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rib kelish;
ma’lum mavzu bo’yicha referat tayyorlash;
kurs ishi va loyihalarini bajarish;
bitiruv malakaviy ishi uchun materiallar to’plash;
hisob-kitob va grafik ishlarini bajarish;
amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish, test, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash;
ilmiy maqola, tezis va ma’ruzalar tayyorlash; - uy vazifalarini bajarish va boshqalar.
Fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda o’quvchilarga mustaqil ish uchun boshqa shakllardagi vazifalar ham topshirilishi mumkin. O’quvchilarga qaysi turdagi topshiriqlarni berish lozimligi kafedra tomonidan belgilanadi. Topshiriq puxta o’ylangan va ishlab chiqilgan, ma’lum maqsadga yo’naltirilgan hamda rejali bo’lib, o’quvchining auditoriya mashg’ulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va to’ldirishga xizmat qilishi kerak. O’quvchilarga mustaqil uchun beriladigan topshiriq turlari:
|
| |