Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Nukus innovatsion instituti Dasturiy injinering bakalavr ta’lim yo’nalishi uchun Kurs ishlarini tayyorlash bo’yicha uslubiy qo’llanma Nukus-2023 kirish




Download 0,6 Mb.
bet1/9
Sana13.05.2024
Hajmi0,6 Mb.
#229985
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi yozish metodikasi


Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi
Nukus innovatsion instituti





Dasturiy injinering bakalavr ta’lim yo’nalishi uchun


Kurs ishlarini tayyorlash bo’yicha
uslubiy qo’llanma
Nukus-2023


KIRISH

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlagan sohasi bo’yicha mustaqil faoliyat ko’rsata oladigan, o’z bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondoshgan holda muammoli vaziyatlarni to’g’ri aniqlab, taxlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassisllarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.


Talaba mustaqil ravishda shug’ullansa va o’z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o’zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko’nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko’rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo’ladi.
Shuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg’ulotlarida talabalarni o’qitish bilan bir qatorda ularni ko’proq o’qishga o’rgatish, bilim olish yo’llarini ko’rsatish, mustaqil ta’lim olish uchun yo’llanma berish oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Bundan tashqari, kurs ishi o‘qituvchilar tomonidan talabalar bilimini nazorat qilish shakllaridan biri bo‘lib, bu talabalarning mustaqil ishlashi qay darajada muvaffaqiyatli ekanini va ularning o‘rganilayotgan predmetga nisbatan munosabatini aniqlashga imkon beradi.
Ta’lim olishning bu shakli oliy o‘quv yurti dasturini chuqur va mustahkam egallashga yo‘naltirilgan.
O‘quv rejaga muvofiq ravishda «Dasturiy injinering» yo‘nalishi talabalari o’tiladigan fanlardan kurs ishlarini bajarishadi.
Mustaqil ish sifatida metodik jihatdan to‘g‘ri bajarilgan turli xildagi referatlar talabalarning kurs va malakaviy bitiruv ishlari uchun zamin hozirlaydi va ularga ilmiy anjumanlarda qatnashishga imkon yaratadi. Natijada talabalar nafaqat ilmiy bilimlardan foydalanish, balki ma’lum ma’noda ularni ishlab chiqarishni ham o‘rganadilar. Ular mustaqil ravishda o‘quv-ijodiy ishlarni bajarishda muayyan mantiq va ilmiy madaniyatga rioya qilishlari lozim bo‘ladi. Jahon pedagogikasida shakllanib borayotgan yangi ta’limiy tizimda kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratilgan. Maskur uslubiy ko‘rsatmaning asosiy maqsadi talabalarga telekommunikatsiya vositasi bo‘lgan Internet, undagi interaktiv anjumanlar, axborot resurslaridan foydalangan holda referat va kurs ishlarini metodik jihatdan to‘g‘ri bajarishlariga yordam berishdan iborat.
O‘quv adabiyotlari, fond materiallari, Internet va Microsoft Word redaktoridan foydalanib referatlar tuzish hamda kurs ishlarini tayoyrlash metodikasini ko‘rib chiqamiz.



Download 0,6 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Nukus innovatsion instituti Dasturiy injinering bakalavr ta’lim yo’nalishi uchun Kurs ishlarini tayyorlash bo’yicha uslubiy qo’llanma Nukus-2023 kirish

Download 0,6 Mb.