• 6. ISHNING UMUMIY HAJMINI BELGILASH
  • Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Nukus innovatsion instituti Dasturiy injinering bakalavr ta’lim yo’nalishi uchun Kurs ishlarini tayyorlash bo’yicha uslubiy qo’llanma Nukus-2023 kirish




    Download 0,6 Mb.
    bet9/9
    Sana13.05.2024
    Hajmi0,6 Mb.
    #229985
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Kurs ishi yozish metodikasi

    5. KURS ISHI HIMOYASI
    Kurs ishlari himoyasi uchun kafedra komissiya tarkibini tasdiqlaydi. Kurs ishi himoyasi tartibi. Talaba 10-15 daqiqa davomida komissiyaga kurs ishining maqsadi, vazifalari, mazmuni hamda o‘z tavsiyalari va takliflari to‘g‘risida axborot beradi. Shundan so‘ng talaba kurs ishi mavzusiga va u bilan bog‘liq bo‘lgan komissiya a’zolari savollariga javob beradi.
    Kurs ishi bahosi komissiya tomonidan ilmiy rahbar taqrizi va talaba javoblari asosida belgilanadi.


    6. ISHNING UMUMIY HAJMINI BELGILASH:
    1-kurs – ilmiy rahbar bilan kelishilgan holda; 2-3 kurs – 40 000 bosma belgidan kam bo‘lmagan holda (taxminan 14 kegel bilan 1,5 interval orqali 30 bet); 4 kurs – 50 000 bosma belgidan kam bo‘lmagan holda (taxminan bet 14 kegel bilan 1,5 interval orqali 35 bet). Bunda ilovalar umumiy hisobga kirmaydi. Matnda qisqartmalar (umumiy qabul qilinganlardan tashqari) bo‘lishi kerak emas.
    Zarvaraq yuqorida keltirilgan kabi rasmiylashtiriladi. Kurs ishining zarvarag‘iga sana ko‘rsatilgan holda o‘qituvchi va talaba tomonidan imzo qo‘yiladi.
    Oxirida kurs ishi imzolanib, tugatilgan sanasi ko‘rsatiladi va kafedraga taqriz uchun topshiriladi. Kurs ishini himoya qilish muddati tegishli dekanat tomonidan belgilanadi.
    Ilmiy rahbar (taqrizchi) kurs ishini himoya qilishga ruxsat berishi yoki bermasligi mumkin. Birinchi holatda, talaba, ishda ko‘rsatilgan barcha mulohazalarni hisobga olishi va qo‘yilgan savollar bo‘yicha himoyaga javoblarni tayyorlashi, kerakli dalillarni topishi zarur. Ikkinchi holatda, ish qayta ishlash uchun qaytariladi va ko‘rsatilgan barcha kamchiliklar bartaraf qilingandan keyin himoyaga ruxsat beriladi.
    Kurs ishi uchun baho qo‘yidagi mezonlardan kelib chiqib belgilanadi:

    • mavzuning ishlanganlik darajasi;

    • maxsus adabiyotlar, normativ materiallar va amaliyot misollaridan foydalanganlik darajasi;

    • kurs ishini yozishga ijodiy yondashuvning mavjudligi;

    • xulosalarning to‘g‘riligi va ilmiy asoslanganligi;

    • matnni bayon etish usulining talabga javob berishi;

    • kurs ishini rasmiylashtirishning belgilangan talablarga mosligi.

    Yuqoridagi talablar bilan birga baho ishning bajarilish sifati va himoya natijalarini hisobga olgan holda qo‘yiladi.
    O‘qituvchi kurs ishini 5 ballik baho tizim asosida baholaydi va tegishli bahoni talabaning sinov daftarchasiga yozib qo‘yadi. Kurs ishini tayyorlamagan, topshirmagan yoki himoyada qoniqarsiz baholangan talabalar kursdan kursga o‘tkazilmaydi va talabalar safidan chiqariladi.


    Download 0,6 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0,6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Nukus innovatsion instituti Dasturiy injinering bakalavr ta’lim yo’nalishi uchun Kurs ishlarini tayyorlash bo’yicha uslubiy qo’llanma Nukus-2023 kirish

    Download 0,6 Mb.