|
Masofaviy ta’lim haqida umumiy ma’lumotlar
|
bet | 223/225 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 1,49 Mb. | | #105226 |
Bog'liq 3 02 Informatika fanini o\'qitish metodikasi(1) (2) Masofaviy ta’lim haqida umumiy ma’lumotlar
Masofadan o’qitish - maxsus psixologo-pedagogik va axborot- kommunikatsiya texnologiyalar muhitida, bir-biridan uzoqda bo’lgan qatnashchilarining bilvosita aloqasiga asoslangan holda bilim, malaka, ko’nikma va ularni egallash usullarini uzatish va o’zlashtirish jarayonidir.
Yangi axborot texnologiyalaridan foydalanib masofadan o’qitishni, xususan masofadan qayta tayyorlash va malaka oshirishning yana bir muhim xususiyati shundaki, u o’qituvchining intellektual, ijodiy potentsialini, uni analitik va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.
Masofadan o’qitish, an’anaviy o’qitishdan avvalambor:
o’qituvchining o’z ustida o’ziga qulay bo’lgan vaqtda va joyda, hamda o’ziga qulay va mos bo’lgan jadallikda shug’ullanish imkoniyatiga egaligi; - materialni o’zlashtirish uchun vaqtni chegaralanmaganligi;
o’qish, ishdan ajralmagan holda olib borilishi mumkinligi;
ko’p sondagi o’qituvchilarni bir paytning o’zida juda keng axborot bazalaridan foydalanish imkoniyatiga egaligi;
an’anaviy qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun qilinayotgan sarf-xarajatlarni keskin qisqarishi;
o’qish jarayonida axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarining eng yangi yutuqlaridan foydalanish va bu orqali jahon axborot makoniga kirish va uni bilish imkoniga ega bo’lishlik; - sog’ligi va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitidan qat’iy nazar qayta tayyorlash va malaka oshirishda hamma uchun sharoit va imkoniyatning bir xilligi;
ta’lim xizmati bozoridagi jahon yutuqlarini eksport va import imkoniyatlarini mavjudligi kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Masofadan o’qitishni joriy qilish natijasida:
xalq ta’limi muassasalari rahbar va pedagoglarini har 3 yilda malaka oshirish bilan to’liq qamrab olishning imkoniyati kengayadi;
O’zR VMning 16.02.06 dagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi 25- sonli qarorida ko’rsatilgan malaka oshirishning 3+1 yoki 2+2 sxemalarini joriy etishning real imkoniyati yaratiladi;
o’qituvchining o’z ustida o’ziga qulay bo’lgan vaqtda va joyda, hamda o’ziga qulay va mos bo’lgan jadallikda shug’ullanish imkoniyatiga ega bo’ladi;
materialni o’zlashtirish uchun vaqt chegaralanmagan bo’ladi;
o’qish, ishdan ajralmagan holda olib borilishi mumkin bo’ladi;
ko’p sondagi o’qituvchilarni bir paytning o’zida juda keng axborot bazalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi;
an’anaviy qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun qilinayotgan sarf-xarajatlarni keskin qisqaradi;
o’qish jarayonida axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarining eng yangi yutuqlaridan foydalanish va bu orqali jahon axborot makoniga kirish va uni bilish imkoniga ega bo’linadi;
sog’ligi va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitidan qat’iy nazar qayta tayyorlash va malaka oshirishda hamma uchun bir xildagi sharoit va imkoniyat yaratiladi;
Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi 25-son qarori bilan kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning bazaviy ta’lim muassasalari, ta’lim muassasalariga ega bo’lgan vazirliklar va idoralarning ilmiy-tadqiqot va metodik markazlari zimmasiga, jumladan: kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida masofadan turib o’qitishni ishlab chiqish va joriy etish vazifasi yuklandi.
Xozirgi kunda umumiy o’rta ta’lim maktablari o’qituvchilarini masofadan qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish bo’yicha bir qator izlanishlar, tadbirlar, loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan Osiyo Taraqqiyot Bankining moliyaviy ko’magi bilan amalga oshirilgan O’ZB-1961 raqamli “Ta’lim sektorini rivojlantirish dasturi” loyihasini ko’rsatish mumkin. Mazkur loyiha, jumladan, O’zbekistonda o’qituvchilarni masofadan qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini barpo etishga ko’maklashdi.
Masofadan o’qitishning yana bir afzallik tomoni unda o’qish muddatini o’kuvchi o’zi belgilaydi, ya’ni talaba ixtiyoriy paytda o’qishni boshlaydi, materiallarni o’qituvchi nazoratida o’zlashtiradi. O’zlashtirish topshiriqlarni, testlarni bajarishiga qarab aniqlanadi. O’quvchi berilgan programmani qanchalik tez o’zlashtirsa, shunchalik tez o’qishni tugatadi va guvoxnoma oladi.
Programmani o’zlashtira olmasa, unga mustaqil ishlab, o’qishni davom ettirishga imkoniyat beriladi.
Masofadan o’qitish tashkiliy iqtisodiy afzalliklarga xam ega. Masofadan o’qitish uchun talabalar uchun auditoriyalar, yotoqxonalar zarur emas. Masofadan o’qitishda moliyaviy xarajatlar asosan o’quv uslubiy materiallar tayyorlash uchun, maxsus auditoriyalar uchun sarflanadi. Bu xarajatlar ning asosiy qismi bu jarayonni tashkil etish bosqichida sarflanadi.
Keyinchalik moliyaviy xarajatlar kamayadi. SHuning uchun talabalar sonini oshishi bilan o’qish narxi xam pasayadi. Masofadan o’qitishda asosiy e’tiborni o’kuv uslubiy materiallarni tayyorlashga qaratish darkor. CHunki o’quv uslubiy materiallarning sifati masofadan o’qitish sifatining eng asosiy omillaridan biridir. O’quv uslubiy material qanchalik tushunarli va batafsil bo’lsa, shunchalik u o’quvchiga foydali bo’ladi. Ya’ni material uslubiy jixatdan puxta bo’lmog’i zarur.
Masofadan o’qitish uslubiy materiallari quyidagilardir:
Darslik
Audio va video darsliklar
Onlayn darslar (Internet saxifa)
Elektron kutubxonalar
Testlar
Multimedia elektron darsliklar
Xozirgi kunda respublikamizda xam masofadan o’qitish uslubiy materiallari ayrim fanlarni o’qitishda foydalanilmoqda va yaxshi natijalar bermokda.
Multimedia darslik o’zida ko’pgina ma’lumotlarni mujassamlash bilan birga, bu ma’lumotlarni ekranda namoyish etadi, xamda ovoz yordamida izoxlaydi. Multimedia darslikning xususiyati u voqea va ma’lumotlarni yaqqol aks ettiradi. Ya’ni multimedia voqea va ma’lumotlarni xayotiylashtiradi. Bu matn, videotasvir, multiplikatsiya, ovoz va musiqa yordamida amalga oshiriladi.
Masofadan o’qitishda virtual kutubxonalar, sputnik orqali videokonferentsiyalar, darslar, Internet yordamida muloqot va informatsiya olish imkoniyatlari paydo bo’ldi. Bu esa o’quvchi uchun maxsus o’qish doirasini berdi. O’quvchining fanni o’zlashtirish tezligi va sifati keskin yaxshilandi.
|
| |