|
Kompyuter nima va u qanday tuzilishga ega?
|
bet | 53/225 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 1,49 Mb. | | #105226 |
Bog'liq 3 02 Informatika fanini o\'qitish metodikasi(1) (2)Kompyuter nima va u qanday tuzilishga ega?
Kompyuter (ingl. Computer – «hisoblovchi») – dastur bilan boshqariladigan axborotlarni qayta ishlovchi elektron qurilmaga aytiladi. Hisoblashlar yordamida kompyuter ma’lumotni ma’lum bir algoritm asosida qayta ishlaydi. Kompyuter yordamida hisoblashlarni amalga oshirish – ketma-ket amallarni bajarish demakdir.
Kompyuter bajaradigan ishiga qarab bir necha turlarga bo’linadi: shaxsiy kompyuterlar (SHK), serverlar, superkompyuterlar. Biz shaxsiy kompyuterlarni o’rganib chiqamiz.
Kompyuterlar ham o’z navbatida bir nechta variantda bo’lishi mumkin: Statsionar kompyuterlar (rus. Nastolnыy kompyuter, ingl.
Desktop Computer) — ofis va uy sharoitlarida ishlash uchun mo’ljallangan.
Noutbuk (ingl. notebook – bloknot, bloknotli SHK) – portativ shaxsiy kompyuter. Uning korpusida SHKni tashkil etuvchi elementlar joylashgan: klaviatura, displey, boshqarish qurilmasi (sensorli panel, tachpad). Noutbuklar ixchamligi bilan ajralib turadi. Elektr ta’minoti batareyalardan amalga oshirilishi mumkin (1-10 soatgacha ishlashi mumkin), shuning uchun bunday kompyuterlardan safarlarda, elektr manbalari yo’q joylarda foydalanish qulay.
Netbuk (ingl. netbook) – kichik o’lchamdagi noutbuk. Uning ish unumdorligi nisbatan past, asosan Internettarmog’ida va ofis dasturlari bilan ishlash uchun mo’ljallangan.
Server tarmoq orqali unga ulangan kompyuterlarga xizmat ko’rsatuvchi, imkoniyati tarmoqdagi boshqa kompyuterlardan ancha baland bo’lgan kompyuter.
Server sifatida amaliy dastur ham bo’lishi mumkin.
Kompyuterning tuzilishi.
Kompyuterning tuzilishi "kompyuter arxitekturasi" deb ataladi.
Kompyuter quyidagi qismlardan iborat bo’ladi: asosiy qurilmalar, qo’shimcha qurilmalar, kiritish va chiqarish qurilmalari.
-
Monitor
Asosiy plata
Protsessor
ATA port
Tezkor xotira Qo’shimcha platalar
Manba bloki
CD/DVD o’quvchi qurilma
Qattiq disk
Klaviatura
"Sichqoncha"
Bu yerda:
Asosiy qurilmalar: 2, 3, 4, 5, 6, 9
Qo’shimcha qurilmalar: 11 Kiritish qurilmalari: 10
CHiqarish qurilmalari: 1
Qo’shimcha qurilmalar sifatida Skaner, Karnay, Quloqchin, Modem va b. bo’lishi mumkin.
|
Rasm www.wikipedia.orgsaytidan olingan
|
|
|
| |