|
O‘quv – uslubiy majmua
|
bet | 68/225 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 1,49 Mb. | | #105226 |
Bog'liq 3 02 Informatika fanini o\'qitish metodikasi(1) (2)2. Dasturlash.
O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari zarur: Dasturlash tillarining turlari. Dastur, dasturchi va dasturlash haqida tushuncha. Dasturlash tilining umumiy qoidalari. Miqdorlar va operatorlar haqida tushuncha.
Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur: Dasturlash tilida ifodalarni to’g’ri yoza olish. Dasturlash tilida standart funksiyalarni yoza olish. CHiziqli algoritmlarni dasturlash tilida yoza bilish. Tarmoqlanish operatorlarini qo’llay olish. Takrorlash operatorlarini qo’llay olish.
Dasturlash tilining operator va funksiyalarini qo’llay olish. Dasturlarni xotirada saqlash.
Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim: Sodda hayotiy masalalarni kompyuter yordamida hal etish.
3.Web-sahifa yaratish.
O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari zarur: Gipermurojaat, shaxsiy Web-sahifa, Web – sahifa, HTML – hujjat, deskriptor, Web-brauzer, forma. Websahifaga jadval va ro’yxat, rasm va gipermurojaat joylashtirish.
Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur: Web – sahifaga matn joylashtirish. Web – sahifaga jadval va ro’yxat joylashtirish. Web – sahifada gipermurojaat. Web – sahifaga rasm joylashtirish. Web – sahifada rasm yordamida o’tishni tashkil etish. Boshqa Web-sahifalar bilan aloqa va tarkibiy Web-sahifalar tashkil etish. Web-sahifaga formalar joylashtirish. Interaktiv Web – sahifani tashkil etish.
Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim: Gipermurojaatlarni ishlatgan holda shaxsiy Websahifa yarata olish.
Avvolo biror masala yechimiga kelishdan, qaror qilishdan oldin ushbu masala (soha) ga aloqador bo’lgan, juda ko’plab ma’lumotlarni to’plash, ularni qayta ishlash va tahlil qilish zarur bo’ladi. Ba’zan bunday ma’lumotlar to’plami shunday ko’payib ketadiki, ularni qayta ishlash va tahlil qilishni maxsus texnik tizimlari yordamisiz amalga oshirib bo’lmay qoldi. Bundan tashqari kundalik hayotda qabul qilishga ham ulgarmay qolamiz. Axborotlar va ma’lumotlar hajmining bu qadar ko’payib ketishi, oqimning tezlashib borishi EHM qurilmalarining yaratilishiga olib keldi. Bu qurilma esa, o’z navbatida jamiyatning yuqori darajali axborotlarni, ma’lumotlarni boshqarish va inson mehnatini yengillashtirishga asoslangan bo’lish kerak edi.
Informatika fanining ildizi boshqa fan bo’lgan kibernetika faniga borib taqaladi. Kibernetika haqida tushuncha dastlab XX asrning yarmida paydo bo’ldi. Maktabda fizika kursidan ma’lum bo’lgan fizik olim A.M.Amper o’zicha mavjud bo’lgan jami fanlarni yagona guruhlash masalasini yechishga urindi. Uning fikricha qandaydir yana bir fan borki, bu fan boshqarish sa’natini o’rganish bilan shug’ullanadi. Amper texnik tizimlarini yechish murakkab texnik tizimlarni boshqarishni nazarda tutmagan edi. CHunki u vaqtda bunday tizimlar mavjud emas edi. U boshqaruv sa’nati deganda odamlarni, ya’ni mavjud jamiyatni boshqarishni nazarda tutgan edi, bu fanni yunoncha so’z kibernetikos, ya’ni «boshqaruvchidagi san’at» degan ma’noni beruvchi so’zdan olib, kibernetika deb atadi.
SHundan buyon deyarli 100 yil kibernetika hakida eslashmadi. 1948 yilda amerikalik olim
N.Viner hozirgi zamon kibernetika fanini paydo bo’lishiga sababchi bo’ldi hamda ushbu fan texnik tizimlarda va tabiatdagi boshqaruv haqidagi fan deb tan olindi. Ma’lum vaqt ushbu fan ancha qarshiliklarga baxslashuvlarga duch keldi.
Lekin, o’tgan vaqt ichida ushbu fan hamma uchun kerakli fan deb kelindi. Hozirda kibernetika sun’iy tafakkur yaratish uslublarini ishlab chiqishda matematik mantiq bilan psixologiya o’rtasidagi o’zaro aloqani, shuningdek axborotlar bilan ishlash uchun XT vositalarini tatbiq etish muommolarini o’rganmoqda. Hozirda Buyuk Britaniya va AQSHda ushbu fanni computer science (XT haqidagi fan), Rossiyada esa informatique (informatika) deb atashadi. Ushbu fan xorijiy davlatlardan bizga O’zbekstonga ham informatika nomi bilan kirib keldi. O’zbekistonda mazkur fanning taraqqiyotida "Kibernetika" ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasining yetuk olimlari, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari V.K.Qobulov, M.M.Komilov, F.B.Abutaliev, T.F.Bekmurodov, N.B.Bondarenko va boshqa bir qancha olimlarning hissalari katta bo’ldi.
Informatika-axborotlarni olish, saqlash, ishlov berish,uzatish va undan foydalanishni hamma qirralarini o’rganuvchi fandir.
Umumiy o’rta ta’limda informatika kursining maqsadi – o’quvchilarga axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari, ulardan foydalanish jarayonlari puxta va ongli ravishda o’zlashtirish uchun bilim asoslarini berishni ta’minlashdan, ularga o’quv va keyingi ish faoliyatlarida kompyuterlardan oqilona foydalanish ko’nikma va malakalarini berishdan, shular asosida yangi axborot texnologiyalarining mamlakatimiz taraqqiyotiga qo’shadigan hissasi to’g’risida tasavvur hosil qilishdan iborat. Informatika o’rganish o’quvchilarni amaliy faoliyatda qo’llash, o’zoro bog’liq fanlarni o’rganish, ta’limni davom ettirish uchun zarur bo’lgan informatikaga oid aniq bilimlar bilan qurollantiradi. U o’quvchilarning intellektual rivojlanishiga muhim hissa qo’shadi. O’quvchilarning informatika fani bo’yicha tayyorgarligiga qo’yiladigan talablar: UO’T maktablarida o’qitiladigan informatika kursining asosiy vazifasi o’quvchilarni kelajak amaliy faoliyatida kompyuterlardan foydalana olishga tayyorlashdan iborat. Ushbu predmetni maktabda o’rganishdan asosiy maqsad kompyuter texnikasi imkoniyatini va uni hayotga qo’llashni biladigan, dasturlashning asosiy printsiplariini o’zlashtirgan, dasturlashning asosiy printsiplarini o’zlashtirgan, kompyuter bilan muloqatda bo’la olish ko’nikmasiga ega bo’lgan va yangi axborot texnologiyasini tasavvur qila oladigan foydalanuvchini tayyorlashdan iborat.
Informatika o’qitish jarayonida ketma-ket va tizimli ravishda sifat jihatidan yangi darajada aqliy mehnat madaniyati hamda o’z ishini rejalashtirishni bilish, uni ratsional bajarish jarayoni bilan tanqidiy qiyoslay olish kabi zarur umummehnat malakalari shakllanadi. Informatikani o’rganish informatika haqida haqiqatni bilishni tavsiflash shakli va bilish metodi sifatida tasavvur hosil qilib, insonning gumanitar madaniyati paydo bo’lishiga zamin yaratadi. Informatika kursining asosiy vazifalari:
Zamonaviy kompyuter texnikasining asosiy qurilmalari va ularning ish printsiplari
bilan tanishtirish;
Axborotni tasvirlash, kodlash, o’lchash va qayta ishlash usullari bilan tanishtirish va oddiy ko’nikmalarni shakllantirish;
SHaxsiy kompyuterlar bilan amaliy ishlash ko’nikmalarini hosil qilish;
Algoritimlashning asosiy ko’nikmalarini shakllantirish;
Kompyuterda masalalar yechish bosqichlari haqida tasavvur hosil qilish;
Kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishtirish, amaliy va pedagogik dastur vositalari bilan ishlash ko’nikmalarini hosil qilish;
Zamonaviy axborot texnologiyasining jamiyatimizdagi ahamiyati va istiqbolidagi taraqqiyoti haqida tasavvurlar hosil qilish;
Dasturlash tillarining xillari, tuzilishi va qo’llanishi haqida tasavvur hosil qilish hamda ularning birida oddiy dasturlar tuzish malakalarini hosil qilish;
Kompyuter savodxonligning asosini tashkil etgan o’quvchilarning algoritmik madaniyatini bosh kompanentlarini shakllantirishini tugatish;
O’quvchilar tomonidan zamonaviy kompyuterlarning imkoniyati va chegaralarini tushinishni ta’minlash;
Inson faoliyatining turli sohalariga kirayotgan zamonaviy axborot texnologiyasini namoyon qilish;
Dasturlash asoslarini o’rgatgan holda turli masalalarni yechishda kompyuterli yondoshishni ko’rsatish;
O’quvchilarga mustaqil respublikamizning turli jabhalarida kompyuterlarning hozirgi va kelajakdagi ahamiyatini ochib berish;
Turli jarayon algoritimlari dasturlash tili orqali ifodalanishini ko’rsatish;
O’quvchilarga kompyuter inson faoliyatining samaradorligini oshiruvchi vosita ekanligini ochib berish;
O’quvchilarni kompyuter amaliy dasturli ta’minoti bilan tanishtirish;
O’quvchilarda informatika va axborot texnologiyalari haqida tasavvur hosil qilish;
O’quvchilarni kompyuterdan foydalanuvchi darajasiga olib chiqish.
EHM jamiyat taraqqiyoti uchun juda kata ahamiyatga egadir. U XX asrning buyuk kashfiyoti va jamiyatning hamma sohasini boshqara oladigan universal qurilma sifatida tan olindi. Hozirgi kunda qaysi soha bo’lmasin, hoh u iqtisodiy-siyosiy, korxona-tashkilotlar, soliqchi, o’qituvchi, rahbar-xodim, harbiy soha, davlat organlari va boshqa soha bo’lsin EHM qurilmasisiz ishlash imkoniyatlari samaradorligini oshira olmaydi. Oddiygina bir misol, kosmik kemani uchirish uchun juda katta mablag’ talab etiladi. Uni uchirishdan avval uning har tomonlama chidamliligini tekshirib ko’rish zarur bo’ladi. Bu ishni ya’ni fazoga uchirmasdan turib, uni kompyuter yordamida tekshirib ko’rish mumkin. O’tkazilgan tekshiruv natijalari yaxshi ko’rsatgich bergandan so’ng uchirish mumkin bo’ladi. Endi tasavvur etib qaraydigan bo’lsak, ya’ni uni fazoga uchirib tekshirib ko’rmoqchi bo’lsak, u texnik nosoz bo’lib, fazoga uchirilgandan so’ng biz kutgan natijani bermasachi? Unda o’sha mamlakat qancha iqtisodiy zarar ko’radi. Bu kabi ko’plab sohada EHM juda kata yutuq bermoqda.
Yosh avlodga zamonaviy fan va texnika yangiliklari haqida chuqur va har tomonlama puxta bilim berish maqsadida qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida» gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda prezidentimiz I.A.Karimovning «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida» (2002 yil, 30 may) gi Farmonlarining mohiyatidan kelib chiqgan holda o’quv jarayoniga kompyuter va axborot texnologiyalarini olib kirish, fanlar bo’yicha elektron darsliklar yaratish, elektron kutubxonalar tashkil etish kabi g’oyalar oldinga surilganki, bular shak-shubhasiz umumumiy o’rta ta’lim maktablari, kollejlar va litseylar, oliy o’quv yurtlarining o’quv jarayonini rivojlantirish borasidagi birinchi ustuvor vazifa deb belgilash mumkin.
O’quv jarayoniga yangi kompyuter va axborot texnologiyalarning joriy etilishi barcha fanlarni o’qitish uslubiyotiga ham bir qator o’zgartirishlar, yangiliklar kiritishni talab etmoqda. Jumladan, bugungi kunda malaka oshirish institutlari va oliy ta’lim muasasalarida axborot texnologiyalari fanini o’qitish bilan bog’liq bir qator yangidan-yangi metodik muammolar ham tug’ilmoqdaki, ularni tezkorlik bilan hal etish kechiktirib bo’lmaydigan masaladir. SHuningdek, umumiy o’rta ta’limning yangicha tizimi va mazmunini shakllantirish uchun ta’lim berishning ilg’or pedagogik texnologiyalarini yaratish asosiy vazifalar qatorida keltirilgan.
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» da ta’lim tizimidagi muammolar to’g’risida alohida to’xtalgan bo’lib, o’quv jarayonining moddiy-texnika bazasi yetarli darajada emasligi va sifatli o’quv-uslubiy, ilmiy adabiyotlar hamda zamonaviy texnologiyalarga asoslangan qo’llanmalarning yetarli emasligi ko’rsatilib o’tilgan.
SHu bilan birga 2001-2005 yillarda Zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini iqtisodiyot, fan va ta’limning barcha sohalariga keng joriy etish, xalqaro axborot tizimlariga, shu jumladan Internetga keng kirib borishni kengaytirish, yuqori malakali dasturchi mutaxassislar tayyorlash darajasini oshirish maqsadida 2001 yilning 23 mayida Vazirlar Mahkamasining Qarori qabul qilingan edi. Unga ko’ra Respublikada kompyuter va Axborot texnologiyalarini tashkil etish va rivojlantirish, dasturiy ta’minlash, kompyuter asbob uskunalari va axborot tarmoqlari sohasida kadrlar tayyorlash muhim vazifa deb belgilangan. Umumta’lim maktablarida, kollejlar va litseylar, oliy o’quv yurtlarining o’quv jarayonida zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, Internetning xalqoro axborot tarmoqlariga keng kirib borish holatlarini va ularning amaliy qo’llanish darajasini oshirish ko’zda tutilgan.
SHu munosabat bilan barcha o’quv muassasalarida, malaka oshirish institutlarida o’quv tizimini yangidan isloh qilish, zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqish va ularni amaliyotga keng jalb qilish, rivojlangan mamlakatlar o’quv tizimidagi yangiliklar va yutuqlarni o’rganish va ularni o’zimizda tadbiq etish maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi vaqtda yangi bosqichdagi o’qitish uslubining paydo bo’lishi jamiyatning, fanning va ilg’or pedagogik, axborot texnologiyalarning rivojlanishiga, ayniqsa «Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy g’oyasi bo’lmish uzliksiz ta’lim tizimi maqsadlariga» mos keladigan qonuniy xodisadir.
Bunday bosqichning bo’lishini xarakterlovchi asosiy tamoyillar quyidagilardan iborat:
jamiyat va fanning global rivojlanishining o’sish darajasi;
ilmiy, uslubiy va boshqa turdagi materiallarning chop etish suratining o’sishi va ilmiy izlanishlarning murakkablashib borishi.
Ma’lumki dunyoda ilmiy izlanishlar bo’yicha axborotlar doim o’sib, ularni tahlil qilish jarayoni tobora murakkablashib bormoqda.
Hozirgi zamon mutaxassisi qaysi sohada ishlamasin, uning oldida o’zining sohasiga tegishli hodisa va voqealarni bilib turishi va bilim saviyasini doimiy ravishda oshirib borishini talab etmoqda.
SHuning bilan bir qatorda yangi texnologiyalarni o’quv jarayoniga tatbiq etish uning samaradorligini oshirish va takomillashtirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Umuman Informatika va axborot texnologiyalari tizimi – ta’lim tizimining rivojlantirilgan ko’rinishi bo’lib unda o’qitish «o’quvchi-o’quvchi» va «o’quvchi-o’qituvchi» orasida ma’lumotlar almashishning zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil qilinadi. Hozirgi kompyuter asosidagi telekommunikatsion aloqa orqali an’anaviy o’qitish uslubidan ko’ra yuqori saviyada o’quvchilarga bilim berish va har-xil ko’rinishdagi o’quv materiallarni yetkazib berish imkoniyati mavjud.
Internet informatsiyani tarqatishdagi vaqt, makon va moliyaviy to’siqlarni yo’qotdi yoki sezilarli pasaytirdi. Tabiiyki, bu ta’lim tizimi uchun katta ahamiyatga ega.
Hozirgi kunda bu soha bo’yicha ta’lim beruvchi O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan bir qancha ta’lim saytlari yaratilgan. Jumladan, ZiyoNet tarmog’i, eduportal.uz saytlarini aytishimiz mumkin.
Barcha ta’lim muassasa o’qituvchilari uchun F.Distervergning «Nemis o’qituvchilarining ta’limdagi qo’llanmasi» asaridagi ko’rsatmalari foydalidir. Ular hatto hozirgi eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar davrida ham aktual bo’lib qolmoqda. Mana ularning ayrimlari:
Xar-bir materialni ma’lum darajalarga va kichik tugallangan qismga ajrat.
Keyingi materialning alohida qismlarining har-bir darajasini ko’rsat va ozgina tanaffus berib, o’kuvchiga qiziqish uyg’otish uchun ulardan alohida ma’lumotlar keltir.
Materialni shunday taqsimslash va ishlatish kerakki, yangisini o’rganayotganda oldingisi takrorlansin.
Material o’quvchini qamrab olishi muhimdir. Har-xil grafiklar, animatsiyalar va imtihonlarni qo’llash distantsion kurslarga e’tiborni tortishiga olib kelishi kerak. O’quv-texnologiyalarning elektron darsliklar yaratishdagi qo’llanilishi o’z qonunlarini talab qiladi, yaratish metodlari bilan ma’lum bir talablar qo’yadi. Birinchidan, agar biz o’quv qo’llanmasini Web-saytda ifodalanishini hohlasak, umumiy tarmoqqa kirish kerak, informatsion tarmoqdan olingan giperizohlar bilan, avvalambor real iqtisodiy ko’rsatkichlar bilan bog’langan bo’lishi kerak. Ikkinchidan, xar-qanday Web-sayt kabi, bunday darslik turg’un bo’lmay, rivojlanishi kerak.
Bunday yondashish o’quv qo’llanmasini qadamba-qadam yaratish imkonini beradi, u qandaydir «yadro»dan boshlanib, yangicha ko’rinish asosida o’sa boshlaydi, mikdoran ko’payadi va tirik organizm kabi sifati o’zgara boradi. Internet texnologiyalar har-bir Websaytga qilingan murojaatlar statistikasini olishga imkon beradi. Tinglovchilarni Web-sahifalar bo’yicha ko’proq e’tiborga molik xarakat marshrutlarini olishga imkon beradi.
Internetning ustunligi shundaki, siz Web-saytga joylashtirilgan kursning mazmunini oson o’zgartirishingiz mumkin, oxirgi ma’lumotlarni kiritish, o’rgatish natijasiga ko’ra kursni korrektirovka qilish, foydalanuvchilarning o’zlashtirishini operativ tarzda namoyish qila olasiz. Qidirish mashinalaridan foydalanib, yangilik saytlariga ta’lim materiallarining eng oxirgilarini kiritishingiz mumkin. Gipermatn, matnni yanada kichik bo’lgan strukturaviy birliklarmashqlarga ajratish imkonini beradi. Har-bir bo’lim va mashq nomga ega bo’lishi kerak.
Masofaviy o’qitish kurslari modul asosida yaratiladi: har-bir modul standart o’quv mahsuloti bo’lib, bilim va tajribaning belgilangan hajmini o’z ichiga oladi va ma’lum vakt oralig’ida o’rganishga mo’ljallangan. Bunday strukturani ko’rishdagi asosiy talab: strukturaviy birliklarni ajratishdagi mantiqiylik, tinglovchining bir strukturaviy birlikdan ikkinchisiga to’g’ridan-to’g’ri o’ta olishi.
Metodik qo’llanmalar shunday ko’rilishi kerakki, tinglovchi o’qituvchi qo’l ostida bajariladigan ishlardan mustaqil faoliyatga o’ta olishi kerak. SHuning uchun ular yozilgan faoliyat turlarini qabul qilishning ratsional usullari bilan to’ldirilishi kerak.
Hozirgi kunda axborot texnologiyalarni o’quv jarayoniga qo’llashda o’qitishning mazmunini takomillashtiruvchi shakl va metodlarni izlab topish masalasi muhim o’rin tutadi.
Pedogog xodimlarning asosiy maqsadlaridan biri har bir ta’lim oluvchilarga rejalashtirilgan o’quv-materiallarini yetkazib berish va uni o’zlashtirish darajasini oshirishga erishishdan iborat. SHu bois ma’ruza darslariga mavzularni tushuntirishning murakkab emasligi va qabul qilishning osonligi kabi xususiyatlar xos bo’lishi lozim. Ma’ruza darslarida mavzular bo’yicha o’quv materiallariga tegishli hamma savollar qamrab olingan va ular juda sinchkovlik bilan tanlangan bo’lishi kerak.
Har bir fan o’qitilishi uchun, odatda belgilangan maqsadga ko’ra, uning mazmuni tanlanadi. Uni o’zlashtirish uchun mos metodlar, o’quv vositalari va nihoyat bularga mos o’qitish shakli tanlanadi.
Ta’limda uzliksizlikni ta’minlash, metodik tizim deb ataluvchi maqsad, mazmun, metod, vosita, shakl kabi uning tarkibiy qismlari orasidagi uzviy aloqalarga bog’liq.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, uzluksiz ta’lim tizimida dars jarayonini tashkil etishda multimedia vositalaridan va gipermatn texnologiyalaridan keng foydalanish yuqori samara beradi.
Bu jarayonni sifatining oshiribgina qolmay, balki o’quvchilarning muayyan fan sohalarini chuqur o’rganishlarida muhim omil sanaladi. Informatika fanidano’quvchilar bilimini nazorat qilish usullari.
O’quvchi bilimi, malaka va mahoratini tekshirish va baholash ta’lim jarayonining muhim tuzilishi komponentidir va butun o’quv yili davomida sistemali izchillik va ta’limning puxtaligi printsiplariga muvofiq olib boriladi. SHu bilan bilimni tekshirish va baholash turlari mavjud.
Qanday yechilayotganiga, ya’ni o’quvchi qanday bilimga, malaka va mahoratga, dunyo qarashi va axlokiy-estetik qarashlar holda ijodiy faoliyatiga ega ekanligiga e’tibor qaratish muhim. Asl moxiyati yana o’quvchini o’qishga qanday munosabatda bo’lishiga, qanday shug’ullanyapti va hokazalarga bog’liq.
Bularning barchasi bilimni tekshirish va baholashning turli usullarini qo’llashning zarurligini ko’rsatadi. Informatika bo’yicha bir davrda o’quvchilar bilimini joriy nazorat qilishning turlarini klassifikatsiyasini ko’rib chiqamiz:
ogzaki so’roq,
uy ishi,
o’quvchilarning o’quv faoliyatini kuzatish, – laboratoriya ishi nazoratining ijodiy shakli. O’quvchilarning bilimini nazoratning qiziqarli shakllari sifatidaturli informatikadan referatlar, krossvordlar, rebuslar taklif qilishmumkin.
Oraliq nazorat joriyga qaraganida ko’proq mustaqil nazorat turi.Unda o’quv dasturlarini va aniq o’quv fanining o’ziga xos xususiyatlarini chuqur hisobga olish imkoniyati bor. Oraliq, joriy vayakuniy nazoratning turli maqsadlari ularning turli funktsiyalarida o’zaksini topadi. Oraliq nazoratning quyidagi funktsiyalari bor: o’quvfaoliyatining samara darajasini (baxolash) tekshiruv, diagnostik(orqada qolish sabablarini e’lon qilish); tashkiliy (qo’llanilayotganmetodlar samaralari); tarbiyaviy-motivatsion (oraliq nazoratnatijalari bilan o’quvchilarning o’zlarini o’zlari baholashnimustahkamlash.)
Oraliq nazoratning maqsadi o’quvchilarning o’quv sohasida ma’lumbir mavzularining o’zlashtirilgaligini tekshirish. Oraliq nazorato’qituvchi tomonidan og’zaki va yozma shaklda o’tkazilishi mumkin.
|
| |