|
O‘quv – uslubiy majmua
|
bet | 75/225 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 1,49 Mb. | | #105226 |
Bog'liq 3 02 Informatika fanini o\'qitish metodikasi(1) (2)Mahalliy tarmoq bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o’zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi. Bunday tarmoqlarda axborot almashish aloqa kabellari, ba’zan telefon kanallari yoki radiokanal orqali amalga oshiriladi. Mahalliy tarmoqning asosiy vazifasi–barcha qurilmalardan va dasturlardan samarali foydalanish. Mahalliy tarmoqda kompyuterlarni programmalar boshqaradi.
Buning uchun barcha kompyuterlar bir-birini tushunish uchun bir «til»da muloqat qiladi. Bunday muloqot tilini tarmoq qaydnomasi(protokoli) deyiladi.
Tarmoq qaydnomasi. Tarmoqdagi barcha kompyuterlarda axborot almashuvi tarmoq qaydnomasi orqali amalga oshadi. Hozirgi kunda tarmoq qaydnomasining paketli turi keng qo’llanilmoqda. Bunda kompyuterlar almashadigan ma’lumotlar bloklarga ajratiladi (har bir blok go’yoki biror «konvert»ga solinadi-inkapsulyatsiya). Ulardan paket tashkil etiladi. Paket o’z ichiga ma’lumotlarni va xizmat (kimdan, kimga va undan keyin qaysi paket jo’natiladi va hokazo.) vazifasini o’tovchi axborotlarni oladi. Windows operatsion tizimida turli tarmoq qaydnomalari bilan ishlash imkoniyati mavjud. Buning uchun boshqaruv paketi oynasida «Set» belgisidan foydalaniladi:
Pusk Nastroyka Panel upravleniya Set Dobavit
Hududiy(mintaqaviy) tarmoq – biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o’zida mujassamlashtirgan tarmoq.. Bunday tarmoqlarda bir nechta markazlashgan,ya’ni mahalliy tarmoqlarni birlashtirgan juda quvvatli serverlar mavjud bo’ladi va ushbu serverlar o’rtasidagi axborot aloqa kabeli, optik tolali yoki sun’iy yo’ldosh radioaloqa kanallari yordamida havo orqali uzatiladi.
Global tarmoq - dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o’zida birlashtirish imkoniga ega bo’lgan tarmoq. Hattoki mahalliy tarmoqlarni bir-biri bilan bog’lasa (kommunikatsiya vositalari: telefon tarmoqlari, radiostantsiyalar, optik-tolali kabellar, kosmik sun’iy yo’ldoshlar, maxsus kabel vositalari) ham global tarmoq vujudga keladi. Bu tarmoq Internet deb yuritiladi. Bordiyu, ikki yoki undan ortiq tarmoqlar (turli qaydnomalar bilan ishlayotgan) kesishib qolinsa, u holda maxsus vazifani (buni shlyuz deb atash qabul qilingan) o’taydigan kompyuter kerak bo’lib qoladi. Bu kompyuter qaydnomalarni bir formatdan ikkinchisiga o’tkazishda shlyuz vazifasini o’taydi. Bir xil formatli qaydnomalar bilan ishlaydigan tarmoqlar kesishsa, bunday kompyuter ko’prik vositasini o’taydi.Demak, Internet o’z-o’zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo’lib, asosan uchta - texnik, dasturiy va axborotli tarkibiy qismlardan tashkil topgan.
SHuni qayd etish lozimki, shlyuz vazifasida ishlayotgan kompyuter faqat administratsiya ruxsati bilan ish yuritib, boshqa tashqi qaydnomalarni qabul qilmasa, u holda uni brandmauer vazifasida himoya qiladi.
Kompyuter tarmoqlari server(xizmatchi kompyuter), kontsentrator(HUB), axborot uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi.
|
| |