|
Internet ga bog’lanish usullari
|
bet | 77/225 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 1,49 Mb. | | #105226 |
Bog'liq 3 02 Informatika fanini o\'qitish metodikasi(1) (2)Zamonaviy informatika xonasida Internet, Internetga ulanish tartibi
Internet ga bog’lanish usullari
Internetga bog’lanishning bir qator usullari mavjud bo’lib, ular bog’lanishning o’zaro imkoniyatlari va ma’lumotlarni uzatish tezligi bilan farqlanadi. Bog’lanish imkoniyati va tezligi Internetdan foydalanish narxini belgilaydi. Bog’lanish turlari narxi ortaborish tartibida quyidagicha ifodalanadi:
UUCP servisi ma’lumotlarni standart telefon tarmoqlari bo’yicha uzatish imkoniyatiga ega bo’lib, fayllarni bir sistemadan boshqasiga uzata oladi va Internet pochtasi ham USENET bilan ishlashga imkon beradi. Bu bog’lanish uchun telefon tarmog’i bilan modem zarur.
«CHaqiruv» («so’rov») yordamida bog’lanish (Dial-up Access, Dial-up)da foydalanuvchi mantiqiy nom (login) va parol yordamida Internetga to’g’ridan-to’g’ri kirib ishlay oladi. Ushbu bog’lanishning sifatli usuli ISDN (Integrated Service Digital Network) bo’lib, raqamli telefon tarmog’i orqali katta tezlik (128 kbit/sek) bilan ish yuritadi.ISDN turli ma’lumotlarni uzata oladi. Hozirgi kunda uning 2 ta standarti mavjud bo’lib, ular
B-ISDN -yuqori tezlikdagi Broadband ISDN va quyi tezlikka ega N-ISDN)
SLIP (Serial Line Internet Protocol) va PPP (Point to –Point Protocol) orqali bog’lanishda oddiy telefon tarmoqlarida standart modem yordamida to’g’ridan-to’g’ri Internetga kirib ishlashni ta’minlaydi. SLIP ga nisbatan PPP ning imkoniyatlari ko’proq, shuning uchun ham undan keng foydalaniladi.
To’g’ridan-to’g’ri Internetga ajratilgan kanal (vыdelennaya liniya) orqali kirishni amalga oshirishda provayder alohida tarmoq ajratadi. Foydalanuvchi kompyuteri server vazifasini o’taydi. Ma’lumotlarni uzatish tezligi 10 MB/sek bo’lib, har bir kompyuter Internetning barcha imkoniyatlaridan to’la foydalanish mumkin. Bundan tashqari, to’g’ridanto’g’ri aloqani Radio Ethernet orqali ham amalga oshirish mumkin. Bunda radiotexnika asosiy rol o’ynaydi va ma’lumotlarni uzatish tezligi 11 Mbit/sek ga yetadi.
|
| |