|
Internetga ulanish tartibi
|
bet | 78/225 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 1,49 Mb. | | #105226 |
Bog'liq 3 02 Informatika fanini o\'qitish metodikasi(1) (2)Internetga ulanish tartibi.
Internetga bog’lanish uchun avvalambor kompyuter, aloqa kanali, modem va programma ta’minotiga ega bo’lish kerak. Provayder telefon raqamlarini olish hamda mijozning qayd qilingan takrorlanmas nomi–login va paroli–Passwordga ega bo’lish zarur. Ulanish tartibi quyidagicha:
1).Windows ish stolidan Moy kompyuter belgisini izlab topish va unda
«sichqoncha» chap tugmasini 2 marta bosish lozim. Ekranda «Moy kompyuter» darchasi ochiladi. Unda «Udalenno’y dostup k seti» belgisini topib, «sichqoncha» chap tugmachasini 2 marta ketma-ket bosiladi. Natijada «Udalenniy dostup k seti» darchasi paydo bo’ladi.
2). Ushbu darchada «Novoe soedinenie» belgisini topib «sichqoncha» chap tugmasini 2 marta bosiladi. Kompyuter ekranida endi «Novoe soedinenie» muloqot oynasi paydo bo’ladi. Unda «Vvedite nazvanie soedineniya» yozuv tagidagi joyga yangi bog’lanish nomi kiritiladi(masalan, Sarkor Telecom). Keyin darchaning «Nastroyka» tugmachasi yordamida kompyuterga o’rnatilgan modem modeli va turi tanlanadi. So’ngra darchadagi Dalee tugmachasida «sichqoncha» chap tugmasini 2 marta bosiladi. U holda kompyuter ekranida «kod goroda», «telefon», «kod stran» joylariga foydalanuvchi manzili yoziladi.
Masalan, O’zbekiston-998, Toshkent shahri-371(2), Sarkor Telekom -1386000. Keyin
«Gotovo» tugmachasini bosib ish yuritiladi. Ushbu tashkil etilgan bog’lanish internet xizmati ko’rsatuvchi provayderga avtomatik ravishda qo’ng’iroq qilib ulanish imkoniyatini beradi.
Web-sahifa tushunchasi va shakli.
Internet manzili (URL) bilan bir xil ma’noda belgilanuvchi mantiqiy birlik. U Websaytning tarkibiy qismidir. Web sahifa biror voqelik, xodisa yoki ob’ekt to’g’risida ma’lumotlarni o’zida jamlagan ma’lumotlar faylidir. Web serverlar bazasi Web saytlardan iborat bo’lsa, Web saytlar esa o’z navbatida sahifalardan iborat bo’ladi. Fizik nuqtai nazardan u HTML turidagi fayldir. Web sahifalar matn, tasvirlar, animatsiya va dastur kodlari va boshqa elementlardan iborat bo’lishi mumkin. Sahifa statik va dinamik shakllantirilgan bo’lishi mumkin. Freymlardan (qismlar) iborat sahifalarda har bir freymga alohida sahifa mos keladi.
|
| |