3
O‘
quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘
rni
Tа’lim sоhаsidаgi tub islоhаtlаrning аsоsiy mаqsаdi jаhоn аndоzаlаri аsоsidа bilimlаr bеrish
vа rаqоbаtdаsh kаdrlаr tаyyorlаshdir. SHuning uchun tа’lim tizimidаgi 5110700 –
Infоrmаtikа
o’qitish mеtоdikаsi yo’nаlishidа o’qitilаdigаn fаnlаr hаm zаmоnаviy fаnlаrdаn hisоblаnаdi. Ushbu
nаmunаviy dаstur bugungi kunning zаmоnаviy bilimlаri bilаn yangilаngаn vа qаytа ishlаngаn dаstur
bo’lib, undа fаnning nаzаriy vа аmаliy jihаtlаrigа аlоhidа e’tibоr qаrаtilgаn. Mazkur fan dasturi
bakalavriat barcha ta’lim yo‘nalishlarida o‘qiladigan «Ta’limda axborot texnologiyalari» o‘quv fani
bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, bo‘lajak fan o‘qituvchisi egallashi kerak bo‘lgan bilimlar va ko‘nikmalar
majmuini o‘z ichiga oladi.
«Ta’limda axborot texnologiyalari» fani insonlarda axborot muhitida ma’lum bir
dunyoqarashni shakllantirishga hizmat qilishi bilan bir qatorda, uning axboriy madaniyatni
egallashida asosiy rol o‘ynaydi. Bugungi «Axborot» asrida yoshlarning kompyuter savodxonligini
oshiribgina qolmay, balki ma’lumotlar bazalari bilan ishlash imkoniyatlarini oshiradi.
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanni o‘qitishdan maqsad -
zamonaviy axborot texnologiyalari asoslari, zamonaviy shaxsiy
komp’yuterlar va ularning atrof qurilmalari, sistemali dasturiy ta’minoti, amaliy dasturiy vositalar,
zamonaviy kommunikasion texnologiyalar,
Web-dizayn asoslari, dasturlash, Microsoft Officening
dasturiy vositalari haqidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.
Informatika va axborot texnologiyalari fanining
vazifasi:
- informatika va axborot texnologiyalari haqida bir butun tasavvur hosil qilish;
- informatika va axborot texnologiyalarining har bir inson
hayotidagi va jamiyatning
rivojidagi rolini ochib berish;
- informatikaning texnik va dasturiy vositalarining mohiyati va imkoniyatlarining ochib
berish;
- axborot tizimlari va texnologiyalarini nima maqsadida va qanday qo‘llash haqida tushuncha
hosil qilishdan iborat.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quydagi talablar qo’yiladi:
zamonaviy axborot texnologiyalari, zamonaviy dasturlash texnologiyalari kompyuter
tarmoqlari, axborot tizimlari va ularning turli sohalarda qo‘llanilishi,
axborot xavfsizligi va
axborotlarni himoyalash, elektron tijoratga doir
bilimga;
- axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o‘lchovlari, axborot jarayonlarining apparat
va dasturiy ta’minoti, operatsion tizimlar, algoritmlash va dasturlash,
vizual dasturlash
texnologiyalari, amaliy dasturlar bilan ishlash texnologiyalari, kompyuter tarmoqlari va ularning
turlari, tarmoq resruslari, axborot tizimlari,
ularning mohiyati, qo‘llanilishi va vazifalari, elektron
hujjat aylanishi tizimi, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari,
zamonaviy multimedia tizimlari,
axborot xavfsizligining tashkiliy va huquqiy asoslari, axborotlarni himoyalashning texnik va
dasturiy vositalaridan, elektron tijoratlardan foydalanish
ko‘nikmasiga;
-axborotlarga ishlov berish qurilmalari, axborot jarayonlarining dasturiy ta’minoti, operasion
tizimlar, xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar va utilitalar bilan ishlash, dasturlash
tillari va vizual
dasturlash orqali dastur tuzish, amaliy dasturlar bilan ishlash (matnli, elektron jadval, taqdimotlar,
grafik, ma’lumotlar bazalari va ularni boshqarish tizimlari), kompyuter tarmoqlaridan foydalanish,
turli veb sahifalar yaratish dasturlari bilan ishlash, elektron hujjat aylanishi tizimi,
zamonaviy
multimedia tizimlari imkoniyatlaridan foydalanish
malakasiga ega bo‘lishi kerak.