20
ON ni baholash
Oraliq nazorat (ON) “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanining bir necha mavzularini
qamrab olgan bo’limi bo’yicha, tegishli nazariy va amaliy mashg’ulotlar o’tib bo’lingandan so’ng
yozma ravishda amalga oshiriladi. Bundan maqsad talabalarning tegishli savollarni bilishi yoki
muammolarni echish ko’nikmalari va malakalari aniqlanadi. O’quv yilining
1-semestrida 1 ta
yozma ish va 11 ta mustaqil ish rejalashtirilgan bo’lib, yozma ishga 19 ball, mustaqil ishga 11 ball
ajratilgan.
2-semestrida 1 ta yozma ish va 6 ta mustaqil ish rejalashtirilgan bo’lib, yozma ishga 19
ball, mustaqil ishga 11 ball ajratilgan. ON nazorat ishlari yozma ish shaklda o’tkazilishi nazarda
tutilgan,
yozma ish savollari ishchi o’quv dastur asosida tayyorlanadi. ON ga ajratilgan balldan 55%
dan past ball to’plagan talaba o’zlashtirmagan hisoblanadi. ON ni o’zlashtirmagan talabalarga qayta
topshirish imkoniyati beriladi.
YaN ni baholash
Yakuniy nazorat (YaN) “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanining barcha mavzularini
qamrab olgan bo’lib, nazariy va amaliy mashg’ulotlar o’tib bo’lingandan so’ng test yoki yozma
ravishda amalga oshiriladi. Bundan maqsad talabalarning fan bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichlari,
ya’ni bilim darajasi yoki muammolarni echish ko’nikmalari va malakalari aniqlanadi. YaN nazorat
ishlari test usulida ham o’tkazilishi nazarda tutilgan, test sovollari ishchi o’quv dasturi asosida
tayyorlanadi. ON va JN larga ajratilgan balldan 55% dan past ball to’plagan talaba o’zlashtirmagan
hisoblanadi va YaN ga kiritilmaydi. YaN ni o’zlashtirmagan talabalarga qayta topshirish imkoniyati
beriladi. YaN bo’yicha olinadigan test yoki yozma ish variantlari kafedra mudiri rahbarligida
tuziladi va dekanatlarga topshiriladi.
101>68>