2
UDK 621.211 – 52(075.8)
Takrizchilar: t.f.d. prof. S.F. Amirov. t.f.n. dots., R.T.Gazieva
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizning
o‘z davlat mustaqqiligini qo‘lga kiritish arafasida
va undan keyingi dastlabki
oylarda olib borgan jo‘shqin va serqirra siyosiy-ijtimoiy faoliyatini aks ettiradigan,
“O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” deb nomlangan kitobi tayyorlanib,
2011 yilda nashrdan chiqdi. Unda davlatimiz rahbarining ayni shu murakkab
tarixiy davrda so‘zlagan ma’ruza va nutqlari, suhbat, maqola va intervyulari o‘rin
olgan /1/.
Ushbu kitobdan o‘rin olgan chiqishlarning ahamiyatga loyiq g‘oyat muhim
jihati shundaki, ularda muallif doimo o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘yib, marrani
baland olib faoliyat yuritgani alohida ko‘zga tashlanadi. Yurtimizdagi mavjud
holatini shunchaki nomiga emas,
aksincha, tubdan o‘zgartirish, O‘zbekistonni
nafaqat iqtisodiy, balki tom ma’nodagi suveren va mustaqil, kelajagi buyuk
davlatga aylantirish, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lib,
dunyo hamjamiyatidan mustahkam o‘rin
egallash, xalqimiz uchun dunyoda hech
kimdan kam bo‘lmagan hayot sharoitlari yaratishdek bugungi kunda real voqelikka
aylangan ulug‘ maqsadlarni bu mard va jasur inson o‘sha yillardayoq ko‘ngliga jo
etib, shu yo‘lda butun borlig‘i bilan intilib yashaganini ana shu chiqishlar isbotlab
turibdi.
Yuqoridagilarni amaldagi isboti sifatida Muhtaram Prezidentimiz Islom
Karimovning
mamlakatimizni 2013 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari
va 2014 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida
quyidagilar ta’kidlab o‘tildi.
3
Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foizga o‘sdi, sanoat mahsulotlari
ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga, qishloq xo‘jaligi – 6,8 foizga,
chakana savdo
aylanmasi – 14,8 foizga oshdi. Inflyatsiya darajasi prognoz ko‘rsatgichidan past
bo‘ldi va 6,8 foizni tashkil etdi.
Yurtimizda qabul qilingan 2011-2015 yillarda sanoatni ustuvor darajada
rivojlantirish dasturi va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik yangilashga doir tarmoq dasturlarining izchil amalga oshirilishi
natijasida sanoat tarkibida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan,
raqobatdosh
mahsulotlar tayyorlayotgan qayta ishlash tarmoqlarining o‘rni tobora ortib
bormoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat
mahsulotlarining 78 foizdan ortig‘i aynan ana shu tarmoqlar hissasiga to‘g‘ri
kelmoqda.
2013 yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2000 yilga
nisbatan 2,3 barobar ko‘paydi. Faqat o‘tgan yilning o‘zida qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari ishlab chiqarish 6,8 foizga, jumladan, dehqonchilik – 6,4 foizga,
chorvachilik – 7,4 foizga o‘sdi.
Qishloq xo‘jaligining o‘zida keng ko‘lamli o‘zgarishlar
va sifat jihatdan
yangilanishlar yuz bermoqda. Yurtimizda ekin maydonlarini optimallashtirish va
qishloq xo‘jaligi ekinlarini rayonlashtirish borasida har tomonlama puxta
o‘ylangan siyosat olib borilayotgani eng muhim xomashyo va eksportbop mahsulot
bo‘lmish paxta yetishtirishning nisbatan barqaror hajmini saqlagan holda, boshqa
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni bir necha barobar ko‘paytirish
imkonini berdi. Eng muhimi, xalqimizni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘liq
ta’minlashga zamin tug‘dirdi, kerak bo‘lsa, ularni chet mamlakatlarga eksport
qilishga imkon bermoqda. Xususan, g‘alla yetishtirish 2000 yilga nisbatan 2
barobar, kartoshka – 3,1 marta, sabzavot – 3,2 barobar, uzum – 2 marta, go‘sht va
sut – 2,1 karra, tuxum – 3,4 barobar oshdi.
O‘tgan 2013 yilda mirishkor dehqon va fermerlarimizning
fidokorona
mehnati bilan misli ko‘rilmagan natijalarga erishildi – 7 million 800 ming tonna
g‘alla, 8 million 400 ming tonna sabzavot yetishtirildi. Mamlakatimizning ulkan
4
xirmoniga 3 million 360 ming tonnadan ortiq paxta xomashyosi yetkazib berildi
/ 2
/.
Agrar sohada ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, uning moddiy - texnik
bazasini rivojlantirish ilmiy-texnik taraqqiyotning asosiy omillaridan biri
hisoblandi. Qishloq va suv xo‘jaligi tizimini boshqarishning texnik jixatlarini,
bugungi kunda,
energiyaning eng qulay, shu bilan birga noyob turi hisoblangan
elektr
energiyasisiz,
va
o‘z navbatida ishlab chikarish jarayonlarini
avtomatlashtirishsiz tasavvur etish qiyin.
Qishloq va suv xo‘jaligidagi ko‘plab tarmoqlarda qo‘llanilayotgan ilg‘or
texnologiyalar ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlaridan
foydalanishni talab qiladi. Shuning uchun soha bo‘yicha tayyorlanayotgan
mutaxassislar
avtomatika asoslari, texnik vositalari, funktsional elementlari,
avtomatik nazorat, avtomatik rostlash, avtomatik boshqaruv tizimlari,
operativ
xizmat tarmog‘i xamda kishlok xujaligi ishlab chikarish jarayonlarini
avtomatlashtirish haqida maxsus bilimga ega bo‘lishlari zarur.