29
koeffitsienti kam bo‘lgan plastinka tomon og‘adi.
Plastinkalar uzayishining
harorat koeffitsienti farqi qancha katta bo‘lsa, prujinaning harorat o‘zgarishidagi
og‘ishi shuncha ko‘p bo‘ladi.
2.13, v-rasmda yassi plastinkali bimetallik termometrning tuzilish sxemasi
ko‘rsatilgan. Harorat o‘zgarishi bilan bimetall prujina pastga egiladi.
Tortqi
strelkani o‘q atrofida aylantiradi. Strelka shkalada o‘lchanaetgan harorat qiymatini
ko‘rsatadi va belgilangan ko‘rsatgichda kontaktlarning holatini o‘zgartiradi.
Sezgir elementlar sifatida yoysimon yoki vintsimon spirallar qo‘llaniladi.
Bimetalli termometrlar bilan haroratni o‘lchash chegarasi -150
0
S dan 700
0
S
gacha, xatosi - 1...1.5%.
Bu turdagi termometrlar haroratni ma’lum darajada
avtomatik saqlash va
signalizatsiya uchun qo‘llaniladi.
2.5.3.
Manometrik datchiklar
Sezgir elementining turiga qarab manometrik datchiklarni quyidagilarga
ajratiladi:
manometrik, silfonli va membranali (2.14-rasm).