• Elektrodli datchiklar
  • 2.15-rasm. Qalqovichli (a), gidrostatik (b) va elektrodli (v) sath datchiklari.
  • Avtomatika asoslari va ishlab cнiqarisн jarayonlarini avtomatlasнtirisн




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/135
    Sana31.05.2024
    Hajmi8,51 Mb.
    #258116
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   135
    Bog'liq
    dFc2KPzKYjzkRMlWLetGCmIRU16kCVMILzbtEBsA

    Gidrostatik
    datchiklarda
    suyuqlik sathini nazorat qilish maxsus tsilindrik 
    idishdagi suyuqlikning gidrostatik og‘irligi o‘zgarishiga asoslangan bo‘ladi (2.15, 
    b-rasm). Suyuqliq bosimi sathga (h) proportsional bo‘lib, membranani (1) egilishga 
    ta’sir qiladi va maxsus ko‘mir ustun (2) yordamida elektr signalga o‘zgartiriladi. 
    Bu signalni sath birligiga mos ravishda o‘lchov asbobi (P) yordamida o‘lchab 
    boriladi. Qalqovichli (poplovikli) va gidrostatik datchiklar suyuqlikning sathi 
    bo‘yicha emas, aslida uning massasi bo‘yicha o‘lchaydi, shuning uchun 
    haroratning va suyuqlik tarkibining o‘zgarishi natijasida o‘lchov xatoliklari kelib 
    chiqadi. 
    Elektrodli datchiklar
    suyuqlik ichiga tushiriladigan bir va bir necha 
    elektrodlardan tashkil topgan bo‘ladi. Bunday turdagi datchiklarda suyuqlik 
    sathining o‘zgarishi natijasida elektrodlar orasidagi muhitning aktiv va sig‘im 
    o‘tkazuvchanligi o‘zgaradi. Suyuqlik muhitining aktiv o‘tkazuvchanligi 
    o‘zgarishiga asoslangan elektrodli sath datchigining sxemasi 2.16, v-rasmda 
    keltirilgan.
    a)
    b) v) 
    2.15-rasm. Qalqovichli (a), gidrostatik (b) va elektrodli (v) sath 
    datchiklari.
     
    Sochiluvchan mahsulotlarni, shu jumladan don mahsulotlarining sathini 
    nazorat 
    qilish 
    suyuqlik 
    sathini 
    nazorat 
    qilishga 
    nisbatan 
    anchagina 


    32 
    murakkabrokdir, chunki bu mahsulotlar anchagina elektr qarshiligiga ega hamda 
    ular don bunkeri to‘lishi bilan gorizontal tekislik hosil qilmaydi. Bundan tashqari 
    bunkerlarni don bilan to‘lishida datchiklarning sezgirlik elementlari shikastlanishi
    mumkin. 
    Don sathini elektrodli datchik yordamida nazorat qilishning printsipial 
    sxemasi 2.16, b-rasmda keltirilgan. Bunday datchikning ishlash pritsipi 
    quyidagicha: elektrodlararo oraliqning (E) don bilan tulishi natijasida elektrodlar 
    orasidagi o‘tkazuvchanlik oshadi, natijada gazorazryadli lampa (YeL) yonadi va 
    releni (R) ishga tushiradi hamda don uzatish liniyasiga signalni uzatadi. Sxemaga 
    R3 va R2 rezistorlardan tashkil topgan kuchlanish taqsimlagichi orqali 220 V 
    o‘zgaruvchan kuchlanish beriladi. Bunday datchiklar namligi 13 foizdan yuqori
    bo‘lgan donlar uchun qo‘llaniladi.

    Download 8,51 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   135




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomatika asoslari va ishlab cнiqarisн jarayonlarini avtomatlasнtirisн

    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish