36
Suyuqlikli bosim datchiklari aniq va bir me’yorda ishlashi bilan bir qatorda
ularning ishlatish noqulayliklari (kichik oraliqlarda o‘lchash sharoitlari,
faqatgina
vertikal holatda ishlashi, katta o‘lchamlarga ega bo‘lganligi kabilar) sababli oxirgi
paytlarda ularni o‘rnini takomillashgan datchiklar egallamoqda.
Membranali datchiklarda (2.18,a-rasm) elastik plastina (membrana) nazorat
qilinayotgan muhit bosimi ta’sirida bo‘ladi va kontaktli
tizim bilan mustaxkam
bog‘langan shtokka ta’sir ko‘rsatadi. Bunday turdagi datchiklar sodda tuzilishi,
puxtaligi, o‘lchovlarni yetarlicha aniqlik bilan o‘lchashi sababli ularni qo‘llash yil
sayin ko‘payib bormoqda.
Silfonli
datchiklar
(2.18,b-rasm)
egiluvchan
materialdan
yasalgan
gofrirovanli yupqa devorli trubkadan tashkil topgan bo‘ladi.
Tashqi va ichki
bosimlar farqini unga ta’sir qilayotgan kuch hosil qiladi. Bu kuch ta’sirida
silfonning cho‘zilishi va qisilishi hosil bo‘ladi. Silfonning bo‘sh uchini siljishi
ko‘rsatgich strelkasi va harakatlanuvchan kontaktlari orqali amalga oshiriladi.
2.6.3.
Sarf datchiklari
Sarf datchiklarini qo‘llashda turli xil fizikaviy printsiplardan foydalaniladi.
Uzluksiz oquvchan suyuqliklar va gazlarning sarfini aniqlashning eng ko‘p
tarqalgani drosselli qurilmalarda bosimning o‘zgarishi bo‘yicha o‘lchash
usuli
hisoblanadi (2.19-rasm). Drosselli qurilmalar sifatida diafragmalar, sopla va
Venturi trubkalari qo‘llaniladi.
Drossel-diafragmali suyuqlik datchiklarida (2.19,a-rasm) unga o‘rnatilgan
trubkaning 1 ikkala tomonida 2 impulsli trubkalar joylashgan bo‘ladi.
Rezistor R
suyuqlik bilan shuntlanadi hamda bosim va tok o‘zgarishini proportsionalligini
ta’minlaydi. Ikkilamchi jihozdagi tok Iu quyidagicha aniqlanadi: