2.7.4.
Termoelektr datchiklar
Haroratni o‘lchashning termoelektr usuli termoelektr termometrning
(termoparaning) termoelektr yurituvchi kuchi (TEYUK) haroratiga bog‘likligiga
asoslangan. Bu asbob -200
0
S dan 2500
0
S gacha bo‘lgan haroratlarni o‘lchashda
texnikaning turli sohalari va ilmiy tekshirish ishlarida keng qo‘llaniladi.
Termoelektr termometrlar yordamida haroratni o‘lchash 1821 yilda Zeebek
tomonidan kashf etilgan termoelektr hodisalarga asoslangan. Bu hodisalarning
haroratlarni o‘lchashda qo‘llanilishi ikki xil metall simdan iborat zanjirda
ularning kavsharlangan joyida haroratlar farqi hisobiga hosil bo‘ladigan EYUK
effektidan iborat. TEYUK hosil bo‘lishining sababi erkin elektronlar zichligi
kamroq metallga diffuziyasi bilan izoxlanadi. Shu paytda ikki xil metallning
birikish joyida paydo bo‘ladigan elektr maydon diffuziyaga qarshilik ko‘rsatadi.
Elektronlarning diffuzion o‘tish tezligi paydo bo‘lgan elektr maydon ta’siridagi
ularning qayta o‘tish tezligiga teng bo‘lganda harakatli muvozanat holati
o‘rnatiladi. Bu muvozanatda A va V metallar orasida potentsiallar ayirmasi
paydo bo‘ladi. Elektronlar diffuziyasining intensivligi o‘tkazgichlar birikkan
joyning haroratiga ham bog‘liq bo‘lgani sababli birinchi va ikkinchi ulanmalarda
hosil bo‘lgan EYUK ham turlicha bo‘ladi.
Termoelektr termometrlarni yaratish uchun ishlatiladigan termoelektrod
materiallar bir qator xususiyatlarga ega bo‘lishi shart, chunonchi: issiqqa
48
chidamlilik va mexanikaviy mustaxkamlik; kimeviy inertlik; termoelektr bir xillik;
stabillik va termoelektr tavsifnomani tiklash; t.e.yu.k.ning temperaturaga bo‘lgan
(chiziqli tavsifnomasiga yaqin va bir ishorali) bog‘lanishi; yuqori sezgirlik.
Termoparalarning quyidagi turlari mavjud: Platinarodiy - platina termopara
(TPP)- neytral va oksidlanadigan muhitda ishonchli ishlaydi, ammo tiklanish
atmosferasida, ayniqsa, metall oksidlari termoparaga yaqin joylashgan yerda tez
ishdan chiqadi. Metall bug‘lari va uglerod (ayniqsa uning oksidi) platinaga zararli
ta’sir ko‘rsatadi; Platinarodiy (30%- platina-rodiy), (6%- rodiy) termopara (TPR-
306); Xromel - alyumel (TXA tip) termopara nodir bo‘lmagan metallardan
tayyorlangan termoparalar orasida eng turg‘uni hisoblanadi. TXA termopara 1300
0
S gacha bo‘lgan temperaturani o‘lchash uchun qo‘llaniladi; Xromel-kopel
termopara (TXK)- turli muhitlarning temperaturasini o‘lchash uchun ishlatiladi.
TXK termopara 800
0
S gacha temperaturani o‘lchash uchun ishlatiladi, uning
t.e.yu.k. boshqa termoparalarnikiga qaraganda ancha katta; NK - SA
qotishmalaridan tayyorlangan (TNS tipidagi) termopara erkin uchining
temperaturasiga tuzatish kiritishni talab qilmaydi, chunki 200
0
S gacha
temperaturani o‘lchaydigan termoparaning t.e.yu.k. amalda nolga teng. Yuqorigi
temperatura chegarasi 1000
0
S. Platina gruppasidagi TPP va TPR termoparalari 0,5
yeki 1mm diametrda tayerlanib, chinni munchoq yoki trubka bilan
izolyatsiyalanadi. TXA, TXK va TNS termoparalar 0,7...3,2 mm diametrlik simdan
tayerlanib, sopol munchoq bilan izolyatsiya qilinadi.
Mexanikaviy tayziq va o‘lchanaetgan muhit ta’siridan saqlash uchun
termopara elektrodi himoya armaturasi ichiga olinadi.
Yuqorida aytilganidek, termopara bilan ni o‘lchash paytida termoparaning
erkin uchlaridagi temperaturaning o‘zgarishiga qarab tuzatish kiritiladi. Sanoatda
avtomatik ravishda tuzatish kiritish uchun elektr ko‘prik sxemalar qo‘llaniladi.
|