47
4-izolyatsion o‘tkazgich, 6-sharik.
P’ezokvarts manometrning tuzilish sxemasi 2.30-rasmda keltirilgan.
O‘lchanayotgan bosim membrana 1
orqali kvarts plastinkalar
7
ga ta’sir qiladi. Bu
plastinkalarning metall qistirma
2
ga tegib turgan ichki tomonida bir xil ishorali
zaryadlar paydo bo‘ladi. Plastinkalarning ichki tomonidagi potentsial qistirma
3
bilan ulangan va izolyatsiyalangan o‘tkazgich
4
orqali olinadi, plastinkalarning
ustki tomonidagi potentsial esa korpus, metall qistirmalar
2
va
5,
membrana
1
va
sharik
6
orqali olinadi. O‘lchanayotgan bosimga proportsional bo‘lgan potentsiallar
farqi plastinalardan olinib, kuchaytiruvchi lampa setkasiga uzatiladi.