Avtomatika asoslari va ishlab cнiqarisн jarayonlarini avtomatlasнtirisн




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/135
Sana31.05.2024
Hajmi8,51 Mb.
#258116
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   135
Bog'liq
dFc2KPzKYjzkRMlWLetGCmIRU16kCVMILzbtEBsA

5.2.
 
Topshirish va taqqoslash elementlari 
 
Bundan oldingi bo‘limlarda turli tipdagi va har xil ishlarga mo‘ljallangan 
datchiklar ko‘rib chiqildi. Shunda bu datchiklar rostlanuvchi miqdorni o‘lchash 
uchun, qaysi ob’ektda ishlatilishidan qat’iy nazar alohida olib ko‘rildi.
Shuni qayd qilish kerakki, yuqorida bayon etilgan datchiklar va turli elektr 
o‘zgartirgichlarning xillari juda ko‘p, jumladan elektrolitik, magnitostriktsion, 
elektrokinetik, polyarografik va boshqa o‘zgartirgichlar ko‘rib chiqilmadi. Bular 
maxsus adabiyotlarda yoritilgan. 
Texnologik 
jarayonlarni 
avtomatlashtirishda 
nazorat 
qilinayotgan 
kattaliklarni topshirilgan sathda yoki kattaliklarni topshirilgan funktsiya bo‘yicha 
o‘zgartirish yoki kirish signali o‘zgarilishi bilan boshqarish signallarini hosil qilish
uchun tizimlardan topshirish va taqqoslash vositalari keng qo‘llanadi. 
Topshirish vositasi (zadatchik) - boshqarilayotgan kattalikni topshirilgan 
belgiga o‘rnatish uchun xizmat qiladi. Topshiruvchi qurilmalar beradigan 
signalining xarakteriga qarab ikki asosiy sinfga: analogli va raqamli qurilmalarga 
bo‘linadi. Analogli qurilmalar o‘z navbatida, uzluksiz va diskret topshiruvchi 
qurilmalarga ajraladi. Diskretlik vaqt bo‘yicha xam, ishlab chiqiladigan signalning 
qiymati bo‘yicha ham bo‘lishi mumkin. Raqamli topshiruvchi qurilmalar diskretli 
signallar ishlab chiqaradi. 


65 
Bundan tashqari, topshiruvchi qurilmalar ishlab chiqiladigan signallar 
energiyasining turiga qarab ham farqlanadi. Elektr, pnevmatik, gidravlik va 
mexanikaviy (kuchishlar yoki kuch tarzida) signallar ishlab chiqaruvchi 
topshiruvchi qurilmalar ishlatilmoqda. 
Rostlagich tomonidan realizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan programma yoki 
topshirilgan funktsional bog‘lanish turlicha olinishi mumkin. Masalan, uzluksiz 
ishlaydigan topshiruvchi qurilmalarda ko‘pincha qulachoqli mexanizmlar (bikr va 
rostlanuvchi), funktsional potentsiometrlar, qog‘ozga yozilgan diagramma va 
richagli mexanizmlar ishlatiladi. Diskret ishlaydigan topshiruvchi qurilmalarda 
programma elitgich sifatida ko‘p zanjirli almashlab ulagichlar, perfokartalar, 
magnitli plyonkalar, kino plyonkalar va hokazolar ishlatilmoqda. 
Barcha tipdagi topshiruvchi qurilmalarni ko‘rib chiqish qiyin. Misol 
tariqasida qator elektr programma tashigichlarini va funktsional bog‘lanishlarni 
ko‘rib chiqamiz. 5.2-rasmda turli funktsional o‘zgartirgichlar ko‘rsatilgan. 

Download 8,51 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   135




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomatika asoslari va ishlab cнiqarisн jarayonlarini avtomatlasнtirisн

Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish